Buyuk Britaniyaning Sheffield universiteti PhD bosqichida o’qishni xohlovchilar uchun grant dasturini e’lon qiladi. Ushbu dasturdan maqsad – iqtidorli talabalrni iqtisodiy jihatdan qo’llab-quvvatlash.
O’qish sohasi: Nomzodlar quyidagi yo’nalishlardan biriga hujjat topshirishlari lozim:
- Animal and Plant Sciences;
- Biomedical Science;
- Chemistry;
- Mathematics and Statistics;
- Molecular Biology and Biotechnology;
- Physics and Astronomy;
- Psychology.
Dasturga qabul qilinishi mo’ljallangan talabalar soni: 5 ta.
Grant kimlar uchun?
PhD bosqichida o'qishni xohlovchilar uchun
Batafsil ma'lumot uchun link
Grantning manfaatli jihatlari:
Ushbu dasturni qo’lga kiritganlarga kontrakt puli to’liq qolab beriladi.
Talablar:
Nomzodga qo’yilgan talablar yo’nalishga qarab farq qilishi mumkin. Shu sababli nomzod universitet rasmiy vebsaytiga kirib, kerakli yo’nalishni tanlab, talablar bilan mustaqil tanishib chiqishi lozim. Barcha yo’nalishlarda magistrlik diplomining «upper second class (2:1)», ya’ni o’rtacha baholari 80% va undan yuqori bo’lishi kerak hamda ingliz tilni bilish darajasini isbotlovchi hujjat (IELTS, TOEFL) ga ega bo’lishi lozim. IELTS ballariga qo’yilgan talab: IELTS overall grade of 7.0 with a minimum of 6.5 in each component, or equivalent. Shuningdek, nomzodning magistrlik yo’nalishidan olgan diplomi tanlangan PhD yo’nalishiga mos kelishi kerak.
Dasturga qabul jarayoni:
Dastlab soha tanlanishi va ilmiy rahbar bilan gaplashib olinishi lozim. So’ng «the University’s postgraduate online application form» onlayn tarzda to’ldiriladi, so’ralgan hujjatlar ilova qilinadi. Hujjat topshirish onlayn tarzda amalga oshiriladi.