×

Buyuk Britaniya: Shotlandiyada bakalavr va magistratura bosqichi uchun qisman grant


Grant

MUHLAT

30.06.2020

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Buyuk Britaniya

O'QILGAN

1772 marta

Buyuk Britaniyaning Shotlandiya davlati Kardif shahrida joylashgan Cardiff University 2020-2021-oʻquv yili uchun Vice-Chancellor’s International Scholarships dasturiga arizalar qabul qilmoqda. Grant universitetda oʻqitiladigan bakalavriat va magistratura kurslariga oʻqishga kirgan talabalar uchun moʻljallangan. Grant bir yil davomida beriladi. Grantga nomzodlar yuqori salohiyatli, a’lochi boʻlishlari talab qilinadi.

Grant kimlar uchun?

Bakalavr va magistratura bosqichida oʻqishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Cardiff University kurslarida oʻqish uchun kontrakt toʻlovi 2020-oʻquv yili uchun bakalavriat kurslariga: shu yerda va magistratura uchun esa: shu yerda koʻrsatilgan. Kontrakt hajmi tanlangan kursga qarab farq qiladi, batafsil ma’lumotni sizni qiziqtirgan kurs sahifasidan oling.

Grant yutib olgan nomzodlarga kontrakt toʻlovidan bakalavriat uchun 2 000 funt-sterling, magistratura uchun esa 5 000 funt-sterling chegirma qilinadi. Magistraturaga qabul uchun alohida davlatlar ro’yxati mavjud, ammo O’zbekiston bu ro’yxatda kirmaydi, shunday bo’lsa ham, universitet barcha grantga hujjat topshirgan nomzodlarning arizalarini ko’rib chiqadi.

Dastur grant yutib olgan nomzodning boshqa xarajatlarini qoplamaydi. Shuning uchun ularni nomzodning oʻzi toʻlashi kerak boʻladi.

Talablar:

Nomzod quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  • Barcha davlatlardan nomzodlar ariza bera oladi.
  • Nomzod universitetning Cardiff kampusida 2020-yilning kuzida boshlanadigan bakalavriat yoki magistratura kurslaridan biriga oʻqishga taklifnomani qoʻlga kiritgan boʻlishi kerak.
  • Nomzod aʼlochi boʻlishi zarur.
  • Nomzod ingliz tilini yaxshi bilish kerak. Tilni qay darajada bilish zarurligi nomzod qaysi kursga hujjat topshirishiga qarab farq qiladi. Odatda IELTS kamida 6.0-7.0 boʻlishi talab qilinadi. Batafsil maʻlumotni sizni qiziqtirgan kurs sahifasidan olishingiz mumkin.
  • Nomzod attestat/kollej/litsey/bakalavr diplomiga ega boʻlishi lozim.
  • Nomzod visa talablariga mos boʻlishi kerak.

Grant talablari haqida barcha ma’lumot: shu yerda batafsil berilgan.

Dasturga qabul jarayoni:

Grantlar bakalavriat yoki magistratura kurslarida oʻqish uchun beriladi. Shuning uchun nomzod universitetdagi oʻzi tanlagan kursga ariza berishi kerak. Grantga alohida ariza berish talab qilinmaydi. Gʻoliblar kursga hujjat topshirgan nomzodlar ichidan tanlab olinadi. Oʻqishga hujjat topshirish uchun dedlayn muddatlari farq qiladi. Ayni vaqtda eng yaqin dedlayn – 2020-yil 30-iyungacha. Ammo grantga iloji boricha erta hujjat topshirgan maqsadga muvofiq.

Kursga hujjat topshirish uchun barcha ma’lumot, kirish talablari, ingliz tili talablari va hujjatlar haqida bakalavr kurslari uchun: shu yerdan, magistratura uchun esa: shu yerdan bilib olish mumkin. Oʻzbekistonlik nomzodlar uchun maxsus talablar: shu yerda koʻrsatilgan. Grant talablari esa: shu yerda batafsil berilgan.

Kerakli hujjatlar tarkibi (umumiy):

  • Toʻldirilgan ariza.
  • Pasport nusxasi.
  • Attestat/kollej/litsey/foundation programme/bakalavr/magistr diplomi va diplom ilovasi nusxasi.
  • Ingliz tili testi (kamida IELTS 6.5-7.0 yoki roʻyxatda berilgan ekvivalent) sertifikati.
  • Magistratura uchun Research proposal topshiriladi.
  • Magistratura uchun ikkita tavsiyanoma talab qilinadi.
  • Tanlangan sohaga qarab qoʻshimcha GRE/GMAT/ACT/GCSE kabilar soʻralishi mumkin. Qoʻshimcha hujjatlarni tanlagan kursingiz sahifasidan aniqlang.
  • Moliyaviy ahvolingiz haqida maʼlumotnoma soʻralishi mumkin.

Qaysi kursga hujjat topshirayotganingizga qarab boshqa hujjatlar ham soʻraladi. Shuning uchun oʻzingiz tanlagan kurs maʻlumotlarini batafsil oʻrganib chiqing.

Nomzodlar grantga salohiyati, ijtimoiy faolligi, aʼlo baholari, kabilarga asosida saralanadilar.

Natijalar dedlayndan keyin imkon qadar tez fursatda xabar qilinadi.

Maʻlumot uchun: international@cardiff.ac.uk

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!