Buyuk Britaniyaning Koventri shahrida joylashgan Coventry University Health Practitioner of the Year Scholarship September 2019 dasturiga arizalar qabul qilmoqda. Grantlar universitet Faculty of Health and Life Sciencesning bakalavriat va magistratura kurslariga 2019-yil sentabrdan qabul qilingan talabalarga bir marta berilishi moʻljallangan. Grant sogʻliqni saqlash hamda tabiiy fanlar sohalarini oʻrganayotgan talabalarga beriladi.
Grant kimlar uchun?
Bakalavriat va magistratura bosqichida oʻqishni xohlovchilar uchun
Batafsil ma'lumot uchun link
Grantning manfaatli jihatlari:
Universitetda oʻqish uchun chet ellik talaba bir yilga taxminan 13,350 -15 600 funt-sterling kontrakt toʻlaydi. Kontrakt narxlari tanlangan kursga qarab farq qiladi. Batafsil ma’lumot tanlangan kurs sahifasida berilgan.
Grant yutib olgan talabaga o‘qishning birinchi yili uchun kontraktdan 5000 funt sterling chegirma qilinadi.
Grant talabaning yashash va tibbiy sugʻurta kabi boshqa xarajatlarini qoplamaydi. Shuning uchun ularni talabaning oʻzi toʻlashi kerak.
Talablar:
Nomzod quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:
- Barcha davlatlar fuqarolari ariza bera oladi.
- Nomzod a’lo baholarga o‘qigan bo‘lishi kerak.
- Nomzod o‘z xarajatlarini o‘zi qoplaydigan chet ellik talaba statusida bo‘lishi lozim.
- Nomzod univeristet Faculty of Health and Life Sciencesning bakalavriat va magistratura kurslariga 2019-yil sentabrdan o‘qishga qabul uchun taklifnomani qo‘lga kiritgan bo‘lishi zarur.
- UCning boshqa grantlariga talabgorlar bu grantga ariza bera olmaydi. Ikkita grantga ham ariza berib, yutuqqa munosib deb topilgan nomzodga qaysi grant koʻproq mos kelsa, shunisi beriladi.
- UC oʻz xohishlaridan kelib chiqib, grant miqdorini oʻzgartirish yoki bekor qilish huquqiga ega.
- Nomzod ingliz tilini yaxshi bilishi kerak. Universitetga qabul uchin IELTS kamida 6,0-6,5 ball talab qilinadi.
- Cambridge Education Group yoki ISC London bilan hamkorlik qilayotgan nomzodlar bu grantga ariza bera olmaydi.
- Attestat/kollej/litsey yoki bakalavr diplomiga ega bo‘lishi lozim.
- Nomzod tanlagan kursining boshqa maxsus talablariga to‘liq javob berishi kerak.
Dasturga qabul jarayoni:
Grant univeristet Faculty of Health and Life Sciencesning bakalavriat va magistratura kurslarida o‘qish uchun beriladi. Shu sababli nomzod dastlab o‘qishga kirishga ariza berishi lozim. Grantga esa o‘qishga taklifnoma olingandan keyin alohida ariza topshiriladi. O‘qishga hujjat topshirish dedlayni farq qilishi mumkin. Dedlayn sanalarini tanlagan kursingiz sahifasidan tekshirib oling. Grantga hujjat topshirish uchun dedlayn: 2019-yilning 31-mayga qadar.
Oʻqishga kirish uchun hujjat topshirish haqida batafsil: shu yerda berilgan.
Grantga hujjat topshirish uchun ariza shaklini to‘ldirib, dedlaynga qadar scholarships.io@coventry.ac.uk elektron pochtasiga yoki pochta orqali quyidagi manzilga yuborish lozim:
International Scholarships Team
International Office
Coventry University
Priory Street
Coventry
CV1 5FB
Hujjatlarning taxminiy tarkibi:
- Onlayn yoki qogʻozda toʻldirilgan ariza.
- Attestat/Diplom va diplom ilovasi nusxasi.
- Ingliz tili imtihoni sertifikati. Universitetga qabul uchun umumiy talab boʻyicha IELTS kamida 6,0-6,5 boʻlishi kerak.
- Tanlangan kursga qarab qoʻshimcha GMAT/SAT/LSAT/GRE kabi sertifikatlar soʻralishi mumkin.
- Moliyaviy holat haqida ma’lumotnoma talab qilinishi mumkin.
Nomzodlar grantga aʼlo baholari, tanlangan mutaxassislik boʻyicha bilimlari, ijtimoiy faolligi, intiluvchanligi asosida saralanadilar.
Natijalar dedlayn muddatidan keyin iloji boricha tez fursatda elektron pochta orqali xabar qilinadi.
Maʻlumot uchun:
Coventry University
Priory Street
Coventry
United Kingdom
CV1 5FB
Telefon: +44(0)24 7765 7688
Elektron pochta: scholarships.io@coventry.ac.uk