×

Buyuk Brtinaiya: magistratura uchun 5000 funt sterling grant


Grant

MUHLAT

30.04.2019

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Buyuk Britaniya

O'QILGAN

2590 marta

Buyuk Britaniyada joylashgan York Universiteti magistratura kurslari uchun ajratilgan grant dasturiga arizalar qabul qilinmoqda. Grantlar Elektron Muhandislik fakulteti (electrical engineering)ning 2019-yil sentabrda boshlanadigan Taught Master of Science magistratura kurslariga o’qishga qabul qilingan iqtidorli talabalarga beriladi.  York universitetidagi ushbu fakultetda quyidagi kurslar uchun grant yutish mumkin:

  1. MSc in Audio and Music Technology
  2. MSc in Communications Engineering
  3. MSc in Digital Systems Engineering
  4. MSc in Embedded Wireless Systems
  5. MSc in Engineering Management
  6. MSc in Intelligent Robotics.

Grant dasturidan maqsad York universitetida tahsil olishni xohlovchi iqtidorli talabalarga moddiy jihatdan yengillik berish.

Grant kimlar uchun?

Magistraturada o’qishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Elektron muhandislik fakulteti mahsus grantini yutib olgan talabaga 5000 funt sterling mablag’ taqdim etiladi (magistratura kursining o’zi bir yil davom etadi). Magistratura kurslarida o’qish narxlari bilan batafsil bu yerda tanishishingiz mumkin.

Talablar:

Grantlar eng a’lochi va umidli xalqaro talabalarga beriladi. Grantga da’vogarlik qilish uchun oldin universitetdagi ko’rsatilgan kurslardan biriga o’qishga kirish kerak, bu kurslarga qabul talablari esa quyidagicha:

  1. Nomzod bakalavr darajasiga ega bo’lishi va baholari yaxshi bo’lishi shart.
  2. Nomzod o’qigan bakalavr yo’nalishi o’zi hujjat topshirayotgan magistratura kursi yo’nalishiga mos yoki aloqador bo’lishi kerak. Turli yo’nalishdagi kurslar uchun maxsus talablar ham mavjud, masalan, Audio va Musiqa Texnologiyasi yo’nalishidagi kurs boshqa yo’nalishdagi bakalavr kursida o’qigan bo’lishiga qaramay musiqaga yuksak qobiliyati bor nomzodlarni ham o’qishga qabul qiladi. Turli kurslar uchun maxsus talablar bilan bu yerda tanishishingiz mumkin (buning uchun qidiruv paneli orqali kurs nomini izlash kerak).
  3. Nomzod Buyuk Britaniyaga viza olish imkoniga ega bo’lishi kerak.
  4. Nomzod ingliz tilida erkin muloqot qila olishi kerak. U IELTS’dan kamida 6 yoki TOEFL’dan kamida 79 ball olgan bo’lishi shart. Batafsil

Dasturga qabul jarayoni:

Grantga ariza berish uchun nomzod avvaliga York Universitetidagi tegishli magistratura kurslaridan biriga o’qishga qabul qilinishi shart. O’qishga kirgach, talabalik ID raqami, kurs nomi va nomzodning ism-sharifini ko’rsatgan holda grant uchun 300-40 0so’zli shaxsiy bayonot (personal statement) yozish kerak bo’ladi. Bayonotda quyidagi savollarga javob berish zarur:

  1. Nomzodning akademik kelib chiqishi.
  2. U o’qishga kirgan kursning mazmuni va sifatlari.
  3. Nomzodning York universiteti va Buyuk Britaniyada o’qishni tanlagani sabablari.

York universitetidagi ko’rsatilgan kurslarga hujjatlar esa onlayn qabul qilinadi. Ariza topshirishda quyidagi hujjatlarni taqdim etish zarur:

  1. Baholar.
  2. CV.
  3. Shaxsiy bayonot.
  4. Til imtihoni sertifikati (IELTS,TOEFL kabi).
  5. Tavsiyanoma.

Ma’lumot uchun international@york.ac.uk electron  manziliga murojaat qilishingiz mumkin.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!