×

Camera Work 2021 fotosuratlar tanlovi: mukofot – 3 000 yevro!


Grant

MUHLAT

20.12.2020

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Italiya

O'QILGAN

1718 marta

Italiyadagi Palazzo Rasponi 2 galereyasi tomonidan tashkil etilgan Camera Work 2021 fotosuratlar tanloviga arizalar qabul qilinmoqda. Tanlovda 35 yoshgacha bo’lgan professional yoki havaskor suratkashlar ishtirok etishlari mumkin. Tanlov mavzusi: “Life Renewed by Love in Its Many Forms And Possibilities”. Tanlovga hayotning muhabbat orqali yangilanishi, o’zgarishi, go’zallashishini turli nuqtayi nazarlardan ko’rsatib beruvchi fotosuratlar qabul qilinadi. 

Grant kimlar uchun?

35 yoshgacha bo'lgan professional va havaskor suratkashlar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

  • 1-o’rin uchun: 3 000 yevro pul mukofoti.
  • 2-o’rin uchun: 2 000 yevro pul mukofoti.
  • 3-o’rin uchun: 1 000 yevro pul mukofoti.

Pul mukofotidan tashqari, g’oliblar tushirgan suratlar Palazzo Rasponi 2 galereyasiga joylashtiriladi va ularga shaxsiy katalog yaratiladi. G’oliblar Italiyada bo’ladigan fotosuratlar festivaliga tegishli ko’rgazmada shaxsan ishtirok etishlari mumkin. Bunda yo’l xarajatlari ishtirokchi zimmasida bo’ladi. Ishtirok etish vaqtidagi xarajatlarni tashkilotchilar qoplab berishadi. Ko’rgazma 2021-yil aprel oyida bo’lib o’tadi. 

Talablar:

  • Tanlovning bir ishtirokchisi bitta arizasida 10-15 ta fotosurat bilan ishtirok etishi mumkin.
  • Tanlovda 35 yoshgacha bo’lganlar ishtirok etishlari mumkin.

Dasturga qabul jarayoni:

Ishtirok etish uchun quyidagi hujjatlarni 20-dekabrgacha palazzorasponi2@comune.ra.it manziliga yuboring:

  • Pasport nusxasi
  • 10-15 ta fotosurat. Suratlar ism.familiya_surat nomi_01,… 02,… 03 ko’rinishida nomlanishi kerak. Masalan, lola.anvarova_family_01, lola.anvarova_family_02, lola.anvarova_family_03, va hokazo.
  • Tanlov qoidalariga rozilik shakli (bu yerda yuklab oling)
  • Fotosuratlarni tushirish jarayoni va usullari haqida yozilgan izohlar (bu ixtiyoriy).

 

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!