×

Cardiff University: PhD uchun toʻliq grant, yillik 14,777 funt-sterling stipendiya; tadqiqot xarajatlari qoplanadi!


Grant

MUHLAT

07.01.2020

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Buyuk Britaniya

O'QILGAN

1534 marta

Angliyaning London shahrida joylashgan Cardiff University PhD bosqichi uchun Vice-Chancellor’s International Scholarship for Research Excellence” dasturiga arizalar qabul qilmoqda. Grant rivojlanayogan mamlakatlar roʻyxatiga (roʻyxatda Oʻzbekiston ham bor) kiruvchi davlatdan boʻlgan, universitetda PhD tadqiqotini olib borishni xohlagan xorijlik tadqiqotchilar uchun moʻljallangan. Grant uch yilga beriladi.

Grant kimlar uchun?

PhD bosqichida oʻqishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Grant yutib olgan tadqiqotchiga uch yil davomida quyidagi imkoniyatlar beriladi:

  1. Oʻqish xarajatlari qoplab beriladi.
  2. Yillik 14 777 funt sterling (taxminan 17 936 AQS dollari) miqdoridagi mablagʻ ajratiladi.
  3. Tajriba olib borish uchun sarflanadigan xarajatlar qoplanadi.

Eslatma: grant shartlari bajarilgan taqdirdagina stipendiya keyingi yillarga uzaytiriladi.

Talablar:

Nomzod quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  • Dasturga barcha davlat fuqarolari ariza bera oladi.
  • Nomzod rivojlanayogan mamlakatlar roʻyxatiga kiruvchi davlatdan boʻlishi kerak (roʻyxatda Oʻzbekiston ham bor).
  • Nomzod universitetning PhD kurslaridan biriga hujjat topshirgan boʻlishi kerak.
  • Nomzod aʼlochi boʻlishi zarur.
  • Nomzod Cardiff universiteti talablariga mos boʻlishi kerak.
  • Nomzod ingliz tilini yaxshi bilishi kerak.
  • Nomzod mos keladigan soha boʻyicha magistr diplomiga ega boʻlishi kerak.

Dasturga qabul jarayoni:

Grant universitetning PhD kurslarida oʻqish uchun beriladi. Shuning uchun nomzod universitetdagi PhD kurslaridan biriga ariza berishi kerak. Buning uchun onlayn ariza toʻldiriladi. Unda tadqiqotchining moddiy yordamga muhtojligi belgilanadi. Qaysi grant dasturiga hujjat topshirishi haqidagi savolgaV-C’s International Scholarship for Research Excellence” granti belgilanadi. Dasturga alohida ariza topshirish shart emas. Dedlayn 2020-yil 7-yanvargacha.

Oʻqishga hujjat topshirish tartibi va talablari: bu yerda berilgan.

Savollar yuzasidan doctoral-academy@cardiff.ac.uk ga murojaat qiling.

Kerakli hujjatlar tarkibi (umumiy):

  • Personal statement.
  • Research proposal.
  • Magistrlik diplomi va diplom ilovasi nusxasi.
  • 2 ta tavsiyanoma.
  • CV/resume.
  • Ingliz tili testi (IELTS/TOEFL).
  • Boshqa sertifikatlar. Masalan, GRE/GMAT/ACT/GCSE kabilar soʻralishi mumkin.
  • Ish tajribangiz haqida ma’lumot.
  • Pasport nusxasi.
  • Moliyaviy ahvolingiz haqida maʼlumotnoma.
  • Viza haqida maʼlumot talab qilinishi mumkin.

Grantga hujjat topshirish va talablar haqida batafsil: bu yerda tanishing.

Nomzodlar grantga aʼlo baholari, ish tajribasi, tadqiqot ishining dolzarbligi, ilmiy tadqiqot faoliyati, kelajakdagi rejalari va research proposal kabilar asosida saralanadilar.

Natijalar dedlayn muddatidan keyin iloji boricha tez fursatda elektron pochta orqali xabar qilinadi.

Ma’lumot uchun: doctoral-academy@cardiff.ac.uk

Tel: +44 (0)29 2068 8482

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!