×

Central Asia Youth Dialogue Forum 2025: Issiqko‘lda 18-25 yoshli nomzodlar uchun to‘liq moliyalashtirilgan forum


Grant

MUHLAT

02.09.2025

QOLGAN VAQT

17 kun

HUDUD

Qirg'iziston

O'QILGAN

1231 marta

Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkilotining (OSCE) Iqtisodiy va atrof-muhit faoliyati idorasi (OCEEA) tomonidan tashkil etilgan Central Asia Youth Dialogue Forum “Youth for Prevention of Organized Crime and Corruption” dasturi Markaziy Osiyo yoshlari uchun mo‘ljallangan. Forum 2025-yil 13–17-oktabr kunlari Issiqko‘l (Qirg‘iziston)da o‘tkaziladi va ingliz tilida olib boriladi.

Ushbu forumning asosiy maqsadi mintaqadagi iqtidorli va faol yoshlarni tashkiliy jinoyatchilik va korrupsiyani oldini olish bo‘yicha bilim va ko‘nikmalar bilan oshirish, ularning mintaqaviy hamkorlikdagi ishtirokini yaxshilashdan iborat.

Forum davomida ishtirokchilar interaktiv mashg‘ulotlar, treninglar, loyiha ishlab chiqish jarayonlari va tarmoq tadbirlarida qatnashadilar. Ular o‘z bilimlarini oshirib, jamiyat xavfsizligini mustahkamlashga qaratilgan amaliy loyihalar ustida ishlashadi.

Grant kimlar uchun?

18–25 yoshdagi Markaziy Osiyo mamlakatlari fuqarolari uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Forumda qatnashish to‘liq moliyalashtiriladi:

  • Qirg‘izistonning Issiqko‘l shahriga borish-kelish xarajatlari qoplanadi.
  • Turar joy, oziq-ovqat va forum materiallari OSCE tomonidan ta’minlanadi.
  • Qatnashish va ariza topshirish uchun hech qanday to‘lov olinmaydi.

Talablar:

Dasturga topshirish uchun qo’yilgan talablar quyidagicha:

  • 18–25 yoshdagi Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston yoki O‘zbekiston fuqarolari ariza topshiroladi.
  • Ingliz tilini yetarli darajada bilishi kerak (tarjima xizmati taqdim etilmaydi).
  • Uyushgan jinoyatchilik va korrupsiyani oldini olishga kuchli qiziqish yoki tajribaga ega bo’lishi lozim.
  • Jamiyatda faol bo’lishi va mintaqaviy hamkorlikka tayyor bo’lishi kerak.
  • 2025-yil 13–17-oktabr kunlari Issiqko‘lda qatnasha olish imkoniyatiga ega bo’lishi lozim.

Dasturga qabul jarayoni:

Arizalar O’zbekiston vaqti bilan 2025-yil 1-sentabr soat 23:59 gacha BU YERDA onlayn qabul qilinadi. 

Qo’shimcha savol va murojaatlar uchun: Ulukbek.Abdubaliev@osce.org

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!