×

Central Asian Youth Simulation 2025: Markaziy Osiyo va Afg‘onistondagi yoshlar uchun 2 kunlik dastur


Grant

MUHLAT

15.05.2025

QOLGAN VAQT

20 kun

HUDUD

O'zbekiston

O'QILGAN

11 marta

C5+1 Youth Council tomonidan yetakchi yoshlar uchun tashkil etilayotgan  Model C5+1 — Central Asian Youth Simulation 2025 dasturi  ikki kunlik siyosiy simulyatsiya bo‘lib, bir vaqtning o‘zida uchta shahar: Bishkek, Toshkent va Dushanbeda 2025-yil 24-25-may kunlari bo‘lib o‘tadi. Har bir shahardan saralangan finalchilar Qozog‘istonning Olmaota shahrida 2025-yil 31-may – 1-iyun kunlari bo‘lib o‘tadigan Grand finalda ishtirok etadilar.

Dastur davomida ishtirokchilar siyosiy qarorlar qabul qilish, mintaqaviy hamkorlik va yetakchilik ko‘nikmalarini rivojlantirishlari mumkin bo‘ladi.

Dastur doirasida ishtirokchilar quyidagi mashg’ulotlarda qatnashadilar:

  • Mintaqaviy muammolar yuzasidan muhokama qilish.
  • Qaror loyihasini (resolution paper) ishlab chiqish.
  • Mutaxassislar bilan amaliy seminarlar.
  • Mintaqaviy hamkorlik asosida real muammolarga innovatsion yechimlar ishlab chiqish va boshqalar.

Dastur ingliz tilida olib boriladi va barcha mashg‘ulotlar oflayn formatda tashkil etiladi.

Grant kimlar uchun?

Ingliz tilida soʻzlasha oladigan 9-11-sinf maktab o’quvchilari hamda universitet talabalari uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

  • Ishtirokchilar dasturda bepul qatnashadi. Ammo safar va turar joy xarajatlari ishtirokchining o‘z hisobidan bo‘ladi.
  • Har bir shahardan saralangan finalchilar Qozog‘istonning Olmaota shahrida 2025-yil 31-may – 1-iyun kunlari bo‘lib o‘tadigan Grand finalda ishtirok etadi. Olmaotadagi final uchun yo‘l va yashash xarajatlari to‘liq qoplanadi.
  • Finalda Eng innovatsion siyosiy taklif — eng ijodiy, samarali va amalga oshirish mumkin bo‘lgan yechim mualliflari taqdirlanadi.

Barcha ishtirokchilar quyidagilarga ega bo’ladi:

  • Ishtirok etganligi haqida rasmiy sertifikat taqdim etiladi.
  • Tanlovda muvaffaqiyatli qatnashgan jamoalar uchun mukofotlar beriladi.
  • Mintaqaviy va xalqaro networking oshirish imkoniyatiga ega bo’ladilar.

Talablar:

Dasturda ishtirok etish uchun quyidagi talablarga javob berishi kerak:

  • Markaziy Osiyo va Afg’onistondan bo’lgan 9–11-sinf o’quvchilari (jumladan, kollej/akademik litsey o’quvchilari) yoki universitet talabalari qatnasha oladi.
  • Hozirda Qirg‘iziston, O‘zbekiston yoki Tojikistonda yashayotgan bo’lish kerak.
  • Ingliz tilini yaxshi tushunishi va muloqot qila olishi kerak. IELTS yoki boshqa til sertifikati talab qilinmaydi.
  • Model UN, Model OSCE yoki debat musobaqalariga qiziqishi lozim.

Dasturga qabul jarayoni:

Ariza topshirish uchun O’zbekiston vaqti bilan 2025-yil 14-may soat 22:59 gacha BU YERDA onlayn shaklni to‘ldiring. Saralangan nomzodlarga dasturda qatnashish manzili va tafsilotlari yuboriladi.

Dastur haqida batafsil BU YERDAN ma’lumot olishingiz mumkin.

Dasturga ariza yuborishdan avval rasmiy e’lon bilan yaxshilab tanishib chiqing. 

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!