×

Central European University: doktorantura uchun 100% grant va 1880 yevro oylik stipendiya!


Grant

MUHLAT

04.02.2025

QOLGAN VAQT

36 kun

HUDUD

Avstriya

O'QILGAN

9606 marta

Avstriya poytaxti – Vena va Vengriya poytaxti Budapesht shaharlarida o’quv kampuslariga ega Markaziy Yevropa universiteti (CEU) doktorantura (PhD) dasturlarida oʻqishni xohlovchi nomzodlarga CEU Doctoral Scholarship grantlarini taklif etadi. Ushbu grantlar universitetda mavjud barcha doktorantura dasturlari uchun taqdim etiladi. Hozirda 2025-yil kuzgi semestrda boshlanadigan oʻqish uchun arizalar qabul qilinmoqda.

Grant kimlar uchun?

PhD bosqichida oʻqishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Grantni qoʻlga kiritiganlar quyidagi imtiyozlarga ega boʻladi:

  • Koʻntrakt toʻlovidan toʻliq ozod qilinadi.
  • Tibbiy sugʻurta xarajatlari qoplanadi.
  • 1880 yevro miqdorida oylik stipendiya beriladi.

Grant 48 oy davomida beriladi.

Talablar:

Markaziy Yevropa universitetining doktorantura (PhD) bosqichi dasturlariga ariza topshirish uchun quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  • Nomzod bakalavrlik darajasi va oʻzi topshirmoqchi boʻlgan yoʻnalishga aloqador yoʻnalishda olingan magistrlik darajasiga ega boʻlishi kerak.  Kognitiv fanlar fakulteti, agar nomzodning bakalavriatdagi mutaxassisligi kognitiv fanlar sohasi bilan chuqura aloqador boʻlsa, faqat bakalavrlik diplomi bilan doktoranturaga ariza topshirganlarning arizasini ham qabul uchun koʻrib chiqadi. Shuningdek, 5 yillik magistratura dasturlarida oʻqiganlardan bakalavrlik diplomi (darajasi)ga ega boʻlish talab etilmaydi.
  • Nomzod ingliz tilini yaxshi bilishi kerak. Ariza topshirishda IELTS 7, TEOFL iBT 100 yoki shunga teng boshqa xalqaro ingliz tili sertifiati topshirilishi lozim. Pandemiya sababli bu yilgi qabulda IELTS Indicator 7.0 ball yoki Duolingo English Test 120 ball sertifikatlari ham istisno sifatida qabul qilinadi.
  • Iqtisodiyot va biznes fakultetidagi ba’zi yo’nalishlar GREyoki GMAT sertifikatinitalab qiladi.
  • Markaziy Yevropa universitetidagi doktorantura (PhD) dasturiga qabul qilingan talaba oʻqish boshlanganida bir vaqtning oʻzida yana boshqa oliy taʼlim muassasasida tahsil olishi (roʻyxatdan oʻtgan boʻlishi) mumkin emas.

Nomzodga qoʻyilgan talablar bilan BU YERDA kerakli doktorantura dasturini tanlash va shu dastur sahifasiga kirish orqali batafsil maʼlumot olishingiz mumkin.

Dasturga qabul jarayoni:

Grant uchun alohida ariza topshirish talab etilmaydi. 2025-yil 4-fevralgacha universitetdagi birorta doktorantura dasturiga ariza topshirgan barcha nomzodlar ushbu grantga talabgor sifatida koʻrib chiqiladi (4-fevraldan keyin ariza topshirganlar grantga talabgor sifatida koʻrib chiqilmaydi).

Nomzod bir vaqtning o’zida 5 tagacha doktorantura dasturi uchun ariza topshirish imkoniyatiga ega. Arizalar onlayn tarzda topshirilib, barcha hujjatlar elektron tarzda taqdim etiladi. Onlayn ariza to’lovi ham mavjud bo’lib, nechta dasturga ariza topshirishdan qat’iy nazar arizachidan 30 yevro to’lash talab qilinadi. Hujjatlar maxsus platformada topshiriladi.

Kerakli hujjatlar:

  • Akademik yozma ish –har bir fakultet arizachilardan esse, tadqiqot taklifi (research proposal), o’qish maqsadi (statement of purpose) kabilardan birini yozib topshirishni talab etadi. Fakultetlar bo’yicha akademik yozma ish talablari bilan bu yerda tanishing.
  • 2 ta tavsiyanoma (baʼzi doktorantura dasturlari uchun 3 ta). Tavsiyanoma siz o’qigan universitetdagi oʻqituvchi yoki ishlasangiz ishdagi nazoratchingiz (ish beruvchingiz) tomonidan berilishi kerak. Tavsiyanomalar ingliz tilida yozilishi hamda bevosita tavsiya beruvchi tomonidan onlayn tizimga orqali topshirilishi kerak. Bunda nomzod tavsiya beruvchilarni onlayn tizimda roʻyxatdan oʻtkazadi. Nomzod oʻqish uchun onlayn ariza topshirganidan soʻng tavsiya beruvchilarga email yuboriladi va ular 7 kun ichida tavsiyanomani topshirishi kerak.
  • Bakalavriat va magistraturada olgan baholar hamda bakalavrlik va magistrlik diplomi. Hali magistrauraning soʻnngi bosqichida oʻqiyotganlar hozirga qadar olgan baholari va universitetdan oʻqish boshlangunicha magistrlik diplomini qoʻlga kiritishi haqida maʼlumotnoma topshiradi.
  • CV yoki Resume.
  • Ingliz tili sertifikati. Kamida IELTS 7.0 yoki TOEFL iBT 100. Pandemiya sababli bu yilgi qabulda IELTS Indicator 7.0 ball yoki Duolingo English Test 120 ball sertifikatlari ham istisno sifatida qabul qilinadi.
  • GRE yoki GMAT sertifikati (agar talab qilinsa). Bu sertifikat faqat ayrim yoʻnalishlarga hujjat topshirish uchun talab etiladi.
  • Toʻldirilgan CEU ariza shakli.

Barcha hujjatlar ingliz tilida boʻlishi yoki ingliz tiliga rasmiy tarjima qilingan holda topshirilishi lozim.

Yuqorida sanalgan hujjatlar, ularning taʼrifi va ularga qoʻyilgan talablar bilan BU YERDA batafsil tanishing.

Doktorantura kurslari va ularning talablari bilan oʻzingizga kerakli doktorlik kursini tanlash orqali batafsil tanishishingiz mumkin.

MUHIM: Ariza topshirishga kirishishdan oldin universitet rasmiy saytidagi maʼlumotlar va koʻp beriladigan savollar bilan batafsil tanishib chiqing.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!