×

Toshkentda “Iqlim oʻzgarishi va ziddiyatlar” mavzusida trening: qatnashish bilan bogʻliq barcha xarajatlar qoplanadi!


Grant

MUHLAT

07.08.2022

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

O'zbekiston

O'QILGAN

2452 marta

Qirgʻizistoning Bishkek shahrida joylashgan OSCE Akademiyasi “Iqlim oʻzgarishi va ziddiyatlar (Climate Change & Conflict)” mavzusida sertifikat taqdim etiladigan trening tashkillashtirmoqda.

Trening 2022-yil 4-7-oktabr kunlari Toshkent shahrida oflayn tarzda boʻlib oʻtadi. Trening ishtirokchilari iqlim o‘zgarishining Markaziy Osiyo mintaqasiga ta’siri haqida keng ma’lumotga ega boʻladi. Treningda iqlim oʻzgarishining (ijtimoiy) ziddiyatlarga ta’siriga alohida e’tibor qaratiladi.

Trening mashgʻulotlari ingliz tilida olib boriladi.

Trening tashkilotchilari hamda mashgʻulotlarni olib boradigan xalqaro mutaxassislar haqida BU YERDA batafsi maʼlumot olishingiz mumkin.

Grant kimlar uchun?

Tadqiqotchilar, faollar, ekspertlar, shuningdek fuqarolik jamiyatlari, nodavlat-notijorat tashkilotlar hamda hukumat tashkilotlarida faoliyat yurituvchi kichik va oʻrta boʻgʻindagi mutaxassislar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Trening ishitrokchilari quyidagi imtiyozlarga ega boʻladi:

  • Safar, oziq-ovqat va turar joy xarajatlari tashkilotchilar tomonidan qoplanadi.
  • Treningni tamomlagan ishtirokchilarga maxsus sertifikat beriladi.

Talablar:

Nomzodlarga qoʻyilgan talablar quyidagicha:

  • Treningda Markaziy Osiyo davlatlari, Afgʻoniston va Moʻgulistondan boʻlgan tadqiqotchilar, faollar, ekspertlar, shuningdek fuqarolik jamiyatlari, nodavlat-notijorat tashkilotlar hamda hukumat tashkilotlarida faoliyat yurituvchi kichik va oʻrta boʻgʻindagi mutaxassislar qatnashishi mumkin.
  • Ijtimoiy fanlar yoki shu sohaga aloqador boshqa sohada olingan bakalavrlik yoki magistrlik diplomiga ega boʻlish lozim.
  • Ingliz tilini yetarli darajada bilish talab etiladi.
  • Toʻliq 4 kunlik intensiv treningda qatnashishga tayyor boʻlish va shunday ishtiyoqqa ega boʻlish lozim (maʼruzalarda ishtirok etish, tongi, tushki va ayrim kunlarda kechki topshiriqlarda qatnashish kerak).

Dasturga qabul jarayoni:

Arizalar 2022-yil 7-avgustgacha qabul qilinadi.

Treningda qatnashmoqchi bo‘lganlar training@osce-academy.net elektron pochta mazniliga quyidagi hujjatlarni bitta PDF faylga birlashtirgan holda yuborishi kerak:

  • CV (ingliz tilida, 2 sahifadan oshmagan holda).
  • Ushbu trening sizning kasbiy va akademik faoliyatingizga qanday ijobiy foyda keltirishi haqida yozilgan 600 so‘zdan oshmagan motivatsion xat. Xatda jinsingiz va millatingiz ham ko‘rsatilishi lozim.
  • Ushbu fayl ism-familiyangiz va davlatingiz nomi bilan nomlanishi kerak (masalan, EshmatToshmatovUzbekistan). Elektron pochta mavzusiga “Training in Climate change and Conflict” deb yozilishi lozim.
  • Shuningdek, iqlim o‘zgarishi jarayonida siz duch kelgan ziddiyatli vaziyat hamda uni hal etish borasida amalga oshirgan harakatlaringiz haqida qisqacha (2 daqiqalik) video ham yuborishingiz lozim.

Qisqa roʻyxatga kiritilgan nomzodlar bilan 2022-yil avgust oyi oxirida bogʻlaniladi.

MUHIM: Ariza topshirishdan oldin trening haqidagi rasmiy eʼlon bilan batafsil tanishib chiqing.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!