×

Charles Sturt University – magistratura va bakalavriatda o’qish uchun 22 ta qisman grantlar


Grant

MUHLAT

15.05.2019

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Avstraliya

O'QILGAN

3748 marta

Avstraliyaning Port Macquarie shahrida joylashgan Charles Sturt University (CSU) oliygohi 2019 – yil sentabrda boshlanadigan bakalavr kurslarining 14 yo’nalishi va magistratura kurslarining 3 yo’nalishi (batafsil) bo’yicha o’qishga qabul qilingan chet ellik talabalarga Vice-Chancellor International Scholarship grant dasturini e’lon qiladi. Grant dasturidan maqsad iqtidorli xorijlik talabalarni moddiy jihatdan qo’llab-quvvatlash. Dastur doirasida 22 nafar talabaga grant berish mo’ljallangan.

Grant beriladigan yo’nalishlar:

  • Bachelor of Accounting
  • Bachelor of Applied Science (Outdoor Recreation and Ecotourism)
  • Bachelor of Business Studies
  • Bachelor of Creative Arts and Design (Graphic Design)
  • Bachelor of Criminal Justice
  • Bachelor of Environmental Science Management
  • Bachelor of Exercise and Sports Science (With Specialisations)
  • Bachelor of Medical Radiations Science (With Specialisations)
  • Bachelor of Occupational Therapy
  • Bachelor of Paramedicine
  • Bachelor of Physiotherapy
  • Bachelor of Psychology
  • Bachelor of Social Science (Psychology)
  • Bachelor of Social Work (TAFE integrated)
  • Master of Customs Administration
  • Master of Professional Accounting
  • Master of Information Technology

 

Grant kimlar uchun?

Bakalavriat va magistratura bosqichida o’qishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Dastur doirasida grant yutib olgan talabaga kontrakt to’lovini to’lash uchun 10 ta har biri 5 000 AUD  (taxminan 3548 AQSh dollari) miqdoridagi hamda 12 ta har biri 10 000 AUD (taxminan 7095 AQSh dollari) miqdoridagi stipendiyalar ajratiladi.

University of Queensland oliygohida o’qish xarajatlari bilan bu yerda tanishishingiz mumkin.

Talablar:

  1. Nomzod Avstraliya fuqarosi bo’lmasligi kerak.
  2. Nomzod Charles Sturt University’ning Port Macquarie shahridagi bo’limiga sanab belgilangan 14 yo’nalishdan bo’yicha bakalavr/magistratura kursiga qabul qilingan bo’lishi/qilinishi kerak.
  3. Nomzodning baholari yig’indisi (GPA) 5/7 yoki 3/4 dan yuqori bo’lishi kerak.

Dasturga qabul jarayoni:

Grant dasturiga hujjat topshirish uchun nomzod onlayn arizani to’ldirib, shu yilning 15-mayiga qadar internationalclient@csu.edu.au manziliga yuborishi zarur. Yodda tuting grant dasturi va universitetga hujjatlar topshirish muhlati turlicha bo’lishi mumkin. Universitetga hujjatlar qabul qilish muhlatlari bulan bu yerda tanishing.

Grant dasturiga topshirilishi kerak bo’lgan hujjatlar:

  1. CSU oliygohining Port Macquarie shahridagi filialiga o’qishga qabul qilinganlik haqidagi hujjat nusxasi.
  2. Nomzodning a’lochi ekanligini tasdiqlivchi hujjatlar/baholar/diplom ilovalari nusxasi (baholarning 75%dan kam bo’lmasligi yoki GPA ko’rsatkichi 3/4 bo’lishi talab etiladi).
  3. Esse (1 000 ta so’zdan iborat).
  4. Shaxsiy bayonot (Personal Statement). Batafsil

Universitetga kirish uchun kerakli hujjatlar:

  1. Onlayn ariza. (ariza shakli tanlangan kurs va yo’nalishga qarab turlicha bo’ladi).
  2. Bakalavr bosqichi uchun yuqori maktab attestati.
  3. Magistratura bosqichi uchun bakalavr diplomi.
  4. Baholardan ko’chirma/diplom ilovasi.
  5. Tanlangan soha bo’yicha orttirilgan tajriba haqidagi hujjat (agar mavjud bo’lsa).
  6. Til sertifikatlari. IELTS 6.0 va undan baland, har bir bo’limdan kamida 5.5 ball (ayrim yo’nalishlar bo’yicha bundan baland ball talab qilinishi mumkin. batafsil)

Taqdim etilgan barcha hujjatlar ingliz tilida bo’lishi zarur. Qabul qilingan hujjatlar qaytarilamaydi. Ariza topshirish jarayoni haqida batafsil bu yerda bilib oling.

Grant haqidagi to’liq ma’lumotni unversitetning rasmiy saytidan­­­­­­­­­­ yoki savol–javoblardan olishingiz va savollar bilan quyidagi manzilga murojaat qilishingiz mumkin:

Delphine Swat

T: +61 1800 275 278

E: internationalclient@csu.edu.au

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!