×

Chexiya: Bakalavriat va magistratura uchun grant


Grant

MUHLAT

30.04.2018

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Chexiya Respublikasi

O'QILGAN

5420 marta

Chexiyada joylashgan Charlz universiteti (Charles university) bakalavriat va magistratura bosqichlari uchun grant dasturini e’lon qildi. Dasturning maqsadi -iqtidorli va umidli talabalarni qo’llab quvvatlash.

Dasturga qabul qilinishi rejalashtirilgan talabalr soni: 6ta.

Grant kimlar uchun?

Bakalavr yoki magistraturada o’qishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Grantni qo’lga kiritganlar quyidagi iqtisodiy imkoniyatlar bilan ta’minlanadi:

  • Dastur doirasida talabaning birinchi o’quv yilining birinchi semestri uchun kontrakt to’lovi to’liq qoplab beriladi.
  • Bir martalik 50 000 CZK ( 2000 yevro atrofida) stipendiya bilan ta’minlanadi.

Talabaning keyingi xarajatlari grantga kiritilmagan.

Qaysi davlat fuqarolari qatnasha oladi:

O’zbekistan, Armaniston, Ozarbayjon, Belarus, Gruziya, Qozog’iston, Qirg’iziston, Moldova, Rossiya, Tojikiston, Turkmaniston, Ukraina.

Talablar:

Grant dasturida faqat  Armaniston, Ozarbayjon, Belarus, Gruziya, Qozog’iston, Qirg’iziston, Moldova, Rossiya, Tojikiston, Turkmaniston, Ukraina va O’zbekistan fuqarolari qatnasha oladilar.

Topshirilishi lozim bo’lgan hujjatlar:

  1. Grant uchun ariza.
  2. Nomzodning Charlz universitetida nimalarni o’rganishga umid qilayotgani va nima uchun grantga muhtoj ekanini bayon etuvchi insho (yozilgan so’zlar soni 1000tadan oshmasligi kerak).
  3. Nomzod bilan tanish bo’lgan o’qituvchilardan olingan ikkita tavsiyanoma.
  4. Nomzodning grantga muhtoj ekanini ko’rsatuvchi moliyaviy dalil.
  5. Onlayn holda to’ldirilgan ariza. (https://is.cuni.cz/studium/eng/prijimacky/index.php?KEY=Az1) Onlayn arizada nomzod o’zi tanlagan yo’nalish nomini aniq qilib ko’rsatishi kerak. Onlayn ariza topshirmagan nomzodlarning boshqa xujjatlari ko’rib chiqilmaydi.

Yo’nalishlar: 

Bakalavriat uchun: Bachelor in Economics and Finance (BEF).

Magistratura uchun: 

Xujjatlar Charlz universiteti Xalqaro bo’limi (International office) boshqaruvchisiga (manzil: https://fsv.cuni.cz/en/contact-us/international-office) jo’natilishi kerak. Barcha hujjatlar ingliz tilida (original yoki rasmiy tarjima) bo’lishi kerak.

Dasturga qabul jarayoni:

Qiziqtirgan savollar yuzasidan International Office boshlig’i Ms. Nina Bílovská ga e-mail orqali murojaat qilishingiz mumkin.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!