×

Xitoy: Magistratura va doktorantura bosqichi uchun to’liq hamda qisman grantlar!


Grant

MUHLAT

10.04.2019

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Xitoy

O'QILGAN

2599 marta

Xitoyda joylashgan Shaanxi Normal University oliygohi International Student Scholarship Program dasturi orqali  2019-yilgi magistratura hamda doktorantura bosqichlarida o’qishni xohlovchi talabalarga grant o’rinlarini taklif etadi. Ushbu grant dasturi Shaanxi Normal University da o’qitiladigan magistratura va doktorantura kurslari uchun ajratilgan bo’lib , grantlar Full Scholarship (faqat doktorantura bosqichi talabalari uchun),  Tuition-Free Scholarship (o’quv kontraktini to’liq qoplash) yoki Outstanding Student  Scholarship (eng a’lochi talaba stipendiyasi) tariqasida taqdim etiladi. Grantlar shu kurslarga qabul qilingan eng a’lochi va iqtidorli talabalar uchun mo’ljallangan bo’lib, dasturdan asosiy maqsad universitetda o’qish istagidagi, lekin moddiy cheklovlar sababli o’qiy olmasligi mumkin bo’lgan iqtidorli talabalarni moddiy jihatdan q’ollab-quvvatlash.

Grant kimlar uchun?

Magistratura va doktoranturada o’qishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Ushbu dastur doirasida grant yutib olgan talabalar quyidagicha taqdirlanadilar:

Tuition-Free Scholarship mukofotini qolga kiritgan talabalar to’lov kontraktidan ozod etilish bilan bir qatorda tekin turar-joy hamda tibbiy sug’urta bilan ta’minlanadilar. Grant soni cheklangan bo’lib, faqat  10 nafar eng munosib talabaga taqdim etiladi.

Outstanding Student  Scholarship mukofotini qo’lga kiritgan talabalar to’lov kontraktining yarmidan ozod etiladilar hamda tekin – turar joy bilan ta’minlanadilar. Grant soni cheklanmagan.

Full Scholarship mukofoti faqat doktorantura bosqichi talabalari uchun mo’ljallangan bo’lib, grant sohiblari to’lov kontraktidan ozod etilishi bilan bir qatorda tekin turar-joy, tibbiy sug’urta hamda oyiga 246 AQSh dollari stipendiya bilan taminlanadi.

Shaanxi Normal University dagi to’lov kontraktlari haqida ma’lumot bilan bu yerda tanishib chiqishingiz mumkin.

Talablar:

Grant yutib olish uchun quyidagi talablarga eng mos nomzod bo’lish lozim:

  • Nomzod Xitoy davlati fuqarosi bo’lmasligi lozim.
  • Nomzodning sog’lig’ida jiddiy muammolari bo’lmasligi lozim.
  • Nomzod bakalavr darajasini tugallagan bo’lishi talab etiladi.
  • Magistratura bosqichiga hujjat topshirayotgan nomzodlar 40 yoshdan oshmagan bo’lishi lozim.
  • Doktorantura bosqichiga hujjat topshirayotgan nomzodlar 45 yoshdan oshmagan bo’lishi lozim.
  • Universitetning ko’pgina kurslari Xitoy tilida bo’lganligi sababli , nomzodlar HSK (Xitoy tili bilim darajasini tekshiruvchi davlat testi) yoki universitet tomonidan uyushtirladigan bir yillik xitoy tili kursidan so’ng mahsus imtixonni topshirishlari lozim.

Dasturga qabul jarayoni:

International Student Scholarship Program grant dasturiga hujjat topshirish uchun universitet sayti orqali ariza to’ldirib jo’natish hamda bosma nusxa olish lozim. Barcha hujjatlarni to’plab 2019-yil 10-apreldan kechiktirmasdan International Students Office (Xalqaro talabalar bo’limi)ga jo’natishingiz lozim.

Shundan so’ng barcha taqdim etilgan materiallar hamda intervyular China Scholarship Council tomonidan o’rganib chiqiladi va g’oliblar 2019-yilning Iyul-Avgust oylarida e’lon qilinadi.

Talab qilinadigan hujjatlar:

  • Shaanxi Normal University International Student Scholarship Program  dasturiga yozilgan Ariza. (Ariza ingliz yoki xitoy tilida bo’lishi mumkin, faqatgina ham online ham bosma nusxada topshirilishi lozim);
  • Notariusdan tasdiqlangan diplom nusxasi yoki o’qish joyidan rasmiy ma’lumotnoma (diplom Xitoy yoki ingliz tilida yozilmagan bo’lsa , tasdiqlangan tarjima holatida taqdim etishlari lozim);
  • Baholar ro’yhati (Ingliz yoki Xitoy tilida yozilgan bo’lishi lozim);
  • Ilmiy tadqiqot ishlari haqida ma’lumotlar;
  • Research Proposal (ilmiy tadqiqot rejasi): magistratura bosqichi nomzodlari uchun 800 so’z va doktorantura bosqichi nomzodlari uchun 1500 so’zdan iborat bo’lishi lozim. Research proposal Ingliz yoki Xitoy tilida bo’lishi lozim;
  • Ikkita tavsiyanoma;
  • Muddati o’tmagan HSK sertifikati;
  • Passport nusxasi;
  • Sudlanmaganligi to’g’risida ma’lumotnoma.

Barcha hujjatlar biriktirilgan holatda International Students Office ga taqdim etilishi lozim.  Topshirilgan hujjatlar qaytarib berilmaydi.

Qo’shimcha ma’lumot uchun iso@snnu.edu.cn  elektron manzili yoki +86-(0)29-85303761 raqamiga murojaat qilishingiz mumkin.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!