×

Counter Balance: Germaniyada raqs sohasida tadqiqot va ijod qilish uchun to‘liq moliyalashtiriladigan dastur


Grant

MUHLAT

01.09.2025

QOLGAN VAQT

21 kun

HUDUD

Germaniya

O'QILGAN

36 marta

Counter Balance dasturi Germaniyaning Gamburg shahrida bo‘lib o‘tadigan Tanztriennale festivalining bir qismi sifatida ijodiy tajriba almashish va yangi usullar sinab ko‘rish uchun mo‘ljallangan tandem-rezidensiya (ikkita ishtirokchi birgalikda ishlaydi) dasturi hisoblanadi.

Bu dastur raqs sohasida ikki yo‘nalishda tadqiqot o‘tkazish uchun mo‘ljallangan:

  1. Cross experimentation – turli raqs janrlarini yoki madaniyatlarini birlashtirish.
    Masalan, Breaking, Butoh, Ballet, Whacking, Kathak, ijtimoiy raqslar, yangi sirk san’ati, freestyle, improvizatsiya yoki zamonaviy raqs tili va mahalliy raqslarni birlashtirish.
  2. Breaking borders – raqsni boshqa sohalar bilan bog‘lash. Masalan: neyrofan, boshlang‘ich ta’lim, yangi texnologiyalar, shaharsozlik, qurilish va boshqalar.

Dastur maqsadi raqs san’atini rivojlantirish, turli madaniyat va janrlarni birlashtirish orqali yangi yondashuvlar ishlab chiqish hamda raqsning jamiyatdagi o‘rnini kengroq o‘rganishdan iborat.

Dastur ikki formatda tashkil etiladi:

  • Research (Tadqiqot) – 4 haftalik tandem tadqiqot, natijalar 2026-yil 14–21-iyun kunlari festivalda taqdim etiladi.
  • Short Creation (Qisqa asar yaratish) – 6 haftalik, yakuniy ishlar (30 daqiqagacha) 2026-yil 14–21-iyun kunlari festivalda Opera Stabile sahnasida namoyish etiladi.

Dastur 2026-yil yanvar–iyun oylarida Germaniyaning turli hududlarida bo‘lib o‘tadi.

Grant kimlar uchun?

Professional raqqoslar va raqsni boshqa soha bilan bogʻlamoqchi boʻlgan mutaxassislar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Ishtirokchilar quyidagi imkoniyatlarga ega bo’ladi:

Research (4 hafta) formatidagi ishtirokchilar:

  • Har bir ishtirokchiga 5000 yevro ajratiladi. Bu qatnashuvchilarning Tanztriennale festivalida (2026-yil 14–21-iyun) tadqiqot natijalarini taqdim etishdagi ishtirokini ham qoplaydi.
  • Maksimum 4 hafta davomida bepul studiya yoki tadqiqot maydoni, texnik yordam hamda turar joy bilan ta’minlanadi.
  • Safar xarajatlari, jumladan, xalqaro borish-kelish va festival davomidagi Germaniya ichidagi sayohatlar hamda turar joy va kirish chiptalari xarajatlari moliyalashtiriladi.
  • Agar zarur bo‘lsa, viza xarajatlari qoplanadi.
  • Dasturda qatnashishda sharoit yaratish uchun qo‘shimcha 1000 yevrogacha mablag‘ beriladi.

Short Creation (6 hafta) formatidagi ishtirokchilar:

  • Har bir ishtirokchiga 7500 yevro ajratiladi. Bu Tanztriennale festivalida (2026-yil 14–21-iyun) 2 marotaba ishtirok etish xarajatlarini ham o’z ichiga oladi.
  • 5 hafta davomida studiya, qo‘shimcha 1 hafta esa texnik sahna yordami bilan ta’minlanadi.
  • Opera Stabile sahnasida qisqa asarni namoyish qilish uchun o’rta miqdorda moddiy yordam ajratiladi.
  • Nogironligi bor tomoshabinlar uchun namoyishni qulaylashtirish  maqsadida 2 000 yevrogacha qo‘shimcha mablag‘ berilishi mumkin (masalan, audio tavsif, imo-ishora tarjimalari uchun).
  • 6 haftagacha turar joy bilan ta’minlandi.
  • Safar xarajatlari jumladan, xalqaro borish-kelish va Germaniya ichidagi sayohatlar hamda festival davomida turar joy va kirish chiptalari qoplab beriladi.
  • Agar zarur bo‘lsa, viza xarajatlari qoplanadi.
  • Dasturda qatnashishda sharoit yaratish uchun qo‘shimcha 1 000 yevro gacha mablag‘ beriladi.

Talablar:

Ishtirokchilar uchun talablar quyidagicha:

  • Har qanday yoshdagi professional ishtirokchilar ariza topshirishi mumkin. Talabalar ariza bera olmaydi, lekin PhD talabalari topshirishi mumkin.
  • Faqat 2 kishidan iborat tandem qabul qilinadi (ikkalasi ham raqqos yoki biri raqqos, biri boshqa soha mutaxassisi bo‘lishi mumkin). Ko’p kishilik guruhlar qatnasha olmaydi.
  • Ikki ishtirokchi faqat bir formatni tanlashi va tanlangan formatning davomida to’liq qatnashishi kerak (4 hafta — Research, 6 hafta — Short Creation).
  • 2026-yil 14–21-iyun oralig‘ida Gamburgdagi festivalga kelish majburiy.
  • Ishtirokchilar ochiq studiyalarda qatnashish yoki ommaga taqdimot bilan muloqot qilishga tayyor bo‘lishi lozim.
  • Ingliz tilini yetarli daraja bilish talab etiladi.

Dasturga qabul jarayoni:

Dasturda qatnashish uchun nomzodlar O’zbeiston vaqti bilan 2025-yil 1-sentabr tonggi 2:59 gacha onlayn tarzda ariza topshirishlari kerak:

Eslatib oʻtamiz, arizani ikki kishi birgalikda (2 nafar raqqos yoki bir nafar raqqos va bir bafar boshqa soha vakili) tandem sifatida topshishiri mumkin.

Agar ariza topshirishda qiyinchilik bo‘lsa, e-mail yoki telefon orqali yordam olish mumkin:
Email: residency@tanztriennale.de
Tel: +49 1512 9575070

To’liq bo’lmagan va muddatdan keyin topshirilgan arizalar ko’rib chiqilmaydi.

Saralash jarayoni:

  • Har ikki format uchun 2 tadan tandem tanlanadi (jami 4 tandem).
  • Natijalar 2025-yil oktyabr oyida e’lon qilinadi.

Dasturga ariza topshirishdan avval rasmiy e’lon bilan batafsil tanishib chiqing. 

Dastur haqida ko’p berilgan savollar va ularning javobi bilan BU YERDA tanishing.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!