×

CRG Summer Internship Programme: Bakalavriat talabalari uchun Ispaniyda barcha xarajatlari qoplanadigan 2 oylik amaliyot dasturi!


Grant

MUHLAT

20.03.2022

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Ispaniya

O'QILGAN

7234 marta

Ispaniyaning Barselona shahrida joylashgan Centre for Genomic Regulation (CRG) tadqiqot markazi bakalavriat talabalariga mazkur markazda yozgi tadqiqot olib borish imkonini beruvchi 10-yozgi amaliyot dasturini eʼlon qildi. Dasturning maqsadi barcha davlatlardan boʻlgan talabalarning ilmiy karyera yoʻlidan borishini ragʻbatlantirish va ularni xalqaro laboratoriya tajribasi bilan tanishtirishdir.

Bu dasturga hayot haqdagi fanlar yoki ularga aloqador sohalar (yaʼni bioinformatika, biotibbyot, tibbiyot, biokimyo, kimyo) boʻyicha oʻqiyotgan bakalavriat talabalari ariza topshirishi mumkin.

Dastur davomida ishtirokchilar ajoyib xalqari ilmiy muhitda ish olib boradi hamda maʼruzalar, seminarlar, ixtisoslashtirilgan ilmiy va texnologik kurslar, qoʻshimcha koʻnikmalar taʼlimi va kasbiy rivojlanish mashgʻulotlarida qatnashadi.

2022-yilda tadqiqot olib borish mumkin boʻlgan tadqiqot guruhlari (yoʻnalishlari) bilan BU YERDA tanishing.

Ushbu dastur jamida 320 ish soati (haftasiga 40 soat)dan iborat boʻlib, 2022-yilning iyun va sentabr oylari oraligʻida 2 oy davom etadi (qaysi oylarda boʻlishi talaba bilan kelishiladi/aytiladi). Biroq barcha ishtirokchilar 2022-yil 18-iyuldan boshlab 1 hafta davomida bir vaqtning oʻzida CRGda boʻlishi kerak, chunki shu hafada barcha ishtirokchilarga moʻljallangan ayrim maxsus taʼlim mashgʻulotlari tashkillashtiriladi.

Talabalar barcha rejalashtirilgan mashgʻulotlarda qatnashisi va yakuniy ilmiy hisobot taqdim etishi kerak.

2022-yilgi amaliyot uchun maksimal 6 nafar nomzod qabul qilinadi.

Grant kimlar uchun?

Bakalavriat talabalari uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Dasturga qabul qilingan talabalar quyidagi imtiyozlar bilan taʼminlanadi:

  • Oyiga 600 yevro stipendiya.
  • Agar talaba Barselonada boʻlmasa, Barselonaga borish va qaytish uchun mablagʻ ajratiladi (Yevropadagi talabalarga 300, Yevropadan tashqaridagi davlatlardagi talabalarga 800 yevrogacha).
  • 2 oy davomida Barselona jamoat transportidan (zona 1) foydalanish uchun chipta beriladi.

Nomzodlar tibbiy va baxstsiz hodisalarga qarshi sugʻurta hamda turar joy xarajatlari uchun oʻzlari masʼuldir (oʻzlari toʻlashi kerak).

Agar qabul qilingan talaba oʻz ixtiyoriyga koʻra dasturda qatnashishni rad etsa yoki dastur oʻrtasida qatnashishni toʻxtatsa, unga asossiz toʻlangan moddiy mablagʻlarni qaytarishi kerak.

Talablar:

Nomzodlarga qoʻyilgan talablar quyidagicha:

  • Hayot haqdagi fanlar yoki ularga aloqador sohalar (yaʼni bioinformatika, biotibbyot, tibbiyot, biokimyo, kimyo) boʻyicha bakalavriat bosqichida tahsil olayotgan boʻlishi va baholari aʼlo boʻlishi kerak.
  • Magistratura talabalari dasturga ariza topshira olmaydi.
  • Amaliyot boshlanguniga qadar kamida bakalavriatning 2 yilini (4 semestr) tamomlagan boʻlishi kerak.
  • Amaliyot davrida (2022-yil yozda) bakalavrlik diplomini olmagan boʻlishi kerak.
  • Bundan oldin CRG markazining yozgi amaliyot dasturida qatnashmagan boʻlishi kerak.
  • Ingliz tilini yaxshi bilishi kerak.
  • Oʻzi oʻqiyotgan universitet orqali amaliyot shartnomasini tuzish imkoniga ega boʻlishi kerak (buni universitetning xalqaro boʻlimidan soʻraysiz. Amaliyot yozgi taʼtil davomida boʻlishini tushuntirib, oʻqishga xalal bermasligini aytsangiz, universitetingiz rozi boʻladi odatda).

Nomzodlar baholari, motivatsiyasi va ularga berilgan tavsiyanoma(lar) asosida saralab olinadi.

Dasturga qabul jarayoni:

CRG yozgi amaliyot dasturga arizalar maxsus onlayn platforma orqali qabul qilinadi. Ariza topshira olish uchun dastlab platformada roʻyxatdan oʻtish kerak (register). Arizalar 2022-yil 20-martga qadar topshirilishi lozim. Ariza topshirishda qaysi tadqiqot guruhi bilan tadqiqot olib bormoqchi ekaningizni ham tanlaysiz. Tadqiqot guruhlarini BU YERDAN topasiz.

Onlayn ariza quyidagilarni oʻz ichiga oladi:

  • Ingliz tilida toʻldirilgan roʻyxatdan oʻtish shakli.
  • Baholari chiqqan eng oxirgi semestrdagi baholaringiz; bunda siz oʻtgan har bir fan nomi va undan olgan baholaringiz yozilishi kerak.
  • Hayot haqidagi fanlar boʻyicha tadqiqot olib borishga qiziqishingiz haqida tushuntirish (tavsif), CRG yozgi amaliyot dasturi orqali nimalarga erishishdan umid qilayotganingiz, dastur sizga shaxsiy va akademik jihatdan qanday foyda berishi va qaysi tadqiqot guruhi bilan ishlashni tanlaganingizning sabablari haqida tushuntirish.
  • Kamida 1 nafar tavsiya beruvchining kontakt maʼlumotlarini taqdim qilishingiz soʻraladi. Keyinchalik onlayn tizim tavsiya beruvchiga tavsiyanomani topshirish tushuntirilgan email yuboriladi. Tavsiyanoma tavsiya beruvchi tomonidan tizimga yuklanganda sizga xabar boradi.
  • Barcha soʻralgan maʼlumotlarni toʻldirib, zaruriy hujjatlarni (jumladan, baholar va tavsiyanoma) yuklaganingizdan keyingina arizani topshirishingiz (submit) mumkin boʻladi.

Ariza shakli va topshiriladigan barcha hujjatlar ingliz tilida boʻlishi lozim.

Qabul qilinganlarga 2022-yil aprel oyi oʻrtalaria xabar qilinadi.

MUHIM: Ariza topshirishga kirishishdan oldin dastur haqidagi rasmiy eʼlon bilan batafsil tanishib chiqing.

Savollar yuzasidan training@crg.eu elektron pochta manziliga murojaat qilishingiz mumkin.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!