×

Curtin University: Doktorantura uchun toʻliq grant; stipendiya yiliga 19 600 AQSH dollari!


Grant

MUHLAT

30.06.2019

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Avstriya

O'QILGAN

1711 marta

Avstraliyaning gʻarbida joylashgan Kertin universiteti – Curtin University Scholarships in vibration control and earthquake engineering dasturi uchun arizalar qabulini eʼlon qildi. Dastur yer silkinishlari va tebranishi boʻyicha tadqiqot olib borishga qiziqqan talabalar uchun moʻljallangan. Grant 4 nafar nomzodga beriladi.

Scholarships in vibration control and earthquake engineering dasturi uch-uch yarim yilga ajratiladi. Stipendiya yutib olgan nomzodlar professor  Hong Hao va doktor Kaiming Bi boshchiligida Australian Research Council (ARC) loyihasida ishlaydi. Bu loyiha koʻprik konstruksiyalarining dinamik analizi, dengiz konstruksiyalari tebranishi va injenerlik inshootlarining tebranishi muammolarini oʻrganadi.

Grant kimlar uchun?

PhD bosqichida oʻqishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Chet ellik talaba Curtin University kursi doktoranturada oʻqish uchun har bir oʻquv rejadagi fan dasturiga alohida kontrakt puli toʻlaydi. Umumiy toʻlov tanlangan fanlar soniga qarab aniqlanadi. Shuning uchun avval oʻzingiz tanlagan kurs sahifasidagi “fees and charges” boʻlimida berilgan fanlarning kontrakti bilan toʻliq tanishib chiqing. Undan keyin qaysi fanlar yoki proyektlar boʻyicha oʻqishingiz mumkinligini oʻylab koʻring.

Grant yutib olgan chet ellik nomzodga quyidagi imtiyozlar beriladi:

  1. Uch yil kontrakt puli toʻliq toʻlab beriladi
  2. Nomzodga uch yil davomida yillik taxminan 19 558 AQSH dollari stipendiya ajratiladi.
  3. Taʼlim muddati choʻzilganda stipendiya ajratilishi va kontrakt toʻlovining qoplanishi 6 oygacha uzaytirilishi mumkin.

Talablar:

Nomzod quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  • Barcha davlatlar fuqarolari ariza topshira oladi.
  • Nomzod Civil Engineering yoki shu sohaga aloqador boshqa yoʻnalish boʻyicha bakalavr yoki magistr diplomiga ega boʻlishi kerak.
  • Ingliz tilini yaxshi bilishi (IELTS, Overall 6.5, Speaking, Writing, Reading and Listening 6.0 yoki TOEFL, Overall 79, Reading, 13, Listening 13, Speaking 18, Writing 21) boʻlishi kerak.
  • Nomzod aʼlochi boʻlishi kerak.
  • Texnika fanlari boʻyicha magistr diplomiga ega boʻlgan, shu sohada ilimy maqolalar chop ettirgan va loyihalarda qatnashgan nomzodlarga koʻproq imtiyoz beriladi.
  • Ayol va erkak jinsiga mansub nomzodlar ariza bera oladi (genderga oid cheklov yoʻq).

Dasturga qabul jarayoni:

Grantga ariza berishdan avval universitet injenerlik fakultetidagi doktorantura kurslaridan biriga oʻqishga kirish kerak. Avval oʻqishga kirishga ariza topshiramiz. Keyin esa grantga.

Grant olish uchun quyidagi hujjatlarni doktor Kaimin Biga Kaiming.bi@curtin.edu.au elektron manzili orqali joʻnatish kerak:

  1. Chet elliklar uchun kerakli hujjatlarni kurs sahifasida yozilgan manzilga bogʻlanib aniqlash kerak.
  2. Grant mavzusiga qiziqishingiz haqida yozilgan ariza.
  3. Rezyume.
  4. Ingliz tili sertifikati (IELTS kamida 6,5).
  5. Diplom va diplom ilovasi.
  6. Pasport nusxasi.

Grantga barcha hujjatlarni 2019-yil 30-iyunga qadar joʻnating. Savollar tugʻilganda esa Kaiming.bi@curtin.edu.au elektron pochtasiga murojaat qilib, aniqlashtiring. Shuningdek, grant boʻyicha qoʻshimcha hujjatlar talab qilinishi mumkin. Ular haqida ham yuqorida berilgan manzildan soʻrab aniqlash kerak boʻladi.

Nomzodlar aʼlo baholari, ish tajribasi, yer silkinishlari va dinamik tebranishlar boʻyicha tadqiqotlarda qatnashganligi kabilarga asosan amalga oshiriladi.

Natijalar oʻqish boshlangunga qadar eʼlon qilinadi.

Bogʻlanish uchun:

Kent Street, Bentley, Perth
Western Australia 6102

Telefon: +61 8 9266 9266

Faks: +61 8 9266 3131

Elektron pochta: Kaiming.bi@curtin.edu.au

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!