C5+ Youth Council tomonidan 2025-yil 4-5-oktyabr kunlari Toshkent shahrida universitet talabalari uchun bepul CyberSafe: Digital Security & Awareness Program dasturi tashkil etilmoqda. Ushbu dastur ikki kunlik amaliy trening bo‘lib, unda ishtirokchilar raqamli xavfsizlik ko‘nikmalarini mustahkamlash imkoniyatiga ega bo‘ladilar.
Dasturning Toshkent bosqichida 30 nafar talaba qatnashadi. Ishtirokchilar mutaxassislar rahbarligida raqamli tahdidlar haqida o’rganish, shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish strategiyalari bilan tanishish va amaliy mashg‘ulotlarda qatnashib, jamoaviy case-study va musobaqalarda qatnashadilar. Dastur to’liq ingliz tilida bo’lib o’tadi.
Grant kimlar uchun?
Toshkent shahrida yashovchi ingliz tilini biladigan universitet talabalari
Batafsil ma'lumot uchun link
Grantning manfaatli jihatlari:
Ishtirokchilar dastur davomida quyidagi imkoniyatlarga ega bo’ladi:
- 2 kunlik treningda bepul qatnashish.
- Kiberxavflar turlari bilan tanishish: fishing, firibgarlik, shaxsiy ma’lumot o‘g‘irlanishi va boshqa xavf-xatarlarni aniqlash.
- Ma’lumotlarni himoya qilish: shaxsiy ma’lumotlar va onlayn maxfiylikni saqlash strategiyalarini o‘rganish.
- Amaliy mashg‘ulotlar: jamoaviy keys-stadi va kiberxavfsizlik bo‘yicha musobaqalarda ishtirok etish.
Eslatma: Safar va turar joy xarajatlari qoplanmaydi. Ishtirokchilar o‘z xarajatlarini o‘zlari qoplaydilar va o‘z transportini mustaqil tashkil etishlari lozim.
Talablar:
Dasturda ishtirok etish uchun nomzodlar quyidagi talablarga javob berishi kerak:
- Universitet talabasi bo‘lishi kerak.
- Toshkent shahrida yashab o’qiyotgan bo’lishi lozim.
- Ingliz tilini yaxshi bilishi shart.
- Raqamli xavfsizlik va kiberxavfsizlikka qiziqishga ega bo’lishi lozim.
Dasturga qabul jarayoni:
Dasturda ishtirok etish uchun nomzodlar 2025-yil 7-sentyabr O’zbekiston vaqti bilan 22:59 gacha BU YERDA onlayn ro’yxatdan o’tishi kerak.
Dasturga topshirishdan avval rasmiy e’lon bilan batafsil tanishib chiqing.
Eslatma: ushbu dastur 2025-yil 20-21-sentyabr kunlari O’sh shahrida ham tashkil etilmoqda. O’sh shahrida o’qiyotgan talabalar BU YERDA ariza topshirishlari mumkin.