×

DAAD: Germaniyada bepul yozgi til kurslari; stipendiya va safar xarajatlari uchun maglagʻ ajratiladi!


Grant

MUHLAT

01.12.2021

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Germaniya

O'QILGAN

17437 marta

Germaniyaning DAAD tashkiloti bakalavriat va magistratura talabalariga 2022-yilda tashkil etiladigan University Summer Courses yozgi kurslariga qatnashish imkoniyati taklif etadi. Dasturga istalgan yoʻnalish boʻyicha bakalavriat yoki magistratura bosqichida talabalar hujjat topshirishlari mumkin. Dastur davlat yoki davlat tomonidan tan olingan universitetlar hamdatil maktablari tomonidan taklif etiladigan til kurslari, soha tadqiqotlari kurslari, shuningdek, maxsus til / terminologiya kurslarini moliyalashtiradi.

Yozgi kurslar 2022-yilning iyun-noyabr oylarida taklif etiladi va 18-35 kun davom etib, haftasiga kamida 25 soatlik darslarni oʻz ichiga oladi. Dasturdan maqsad chet ellik talabalarning nemis tilini bilish darajasini yaxshilash hamda Germaniya madaniyati va turmush tarzi bilan yaqindan tanishtirish. Yozgi kurslar nemis tilida olib boriladi.

Kurslar va ularni taklif etuvchi taʼlim muassasalari bilan BU YERDA tanishing.

Grant kimlar uchun?

Bakalavr va magistratura talabalari uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Gʻoliblar quyidagi imkoniyatlar bilan taʼminlanadilar:

  • Yozgi kurslarda bepul oʻqish.
  • Turar joy.
  • 1061 yevro miqdoridagi 1 martalik stipendiya.
  • Safar xarajatlari uchun mablagʻ – 875 yevro.
  • Sogʻliqni saqlash, baxtsiz hodisalar va shaxsiy javobgarlikni sugʻurtalash boʻyicha toʻlovlar.

Eslatma: Pandemiya sababli Germaniyaga borib, yozgi kurslarga qatnashish imkonsiz boʻlib qolsa, kurslar onlayn boʻlishi mumkin.

Talablar:

Nomzod quyidagi talablarga javob berishi kerak:

  1. Nomzod Germaniyadan boshqa davlat oliygohida oʻqishi kerak.
  2. Moliyalashtirish (dastur) boshlanganida kamida 18 yosh yoki undan katta boʻlishi kerak.
  3. Nomzod dastur boshlanganida bakalavriat bosqichining kamida 2 kursini tamomlagan yoki magistratura bosqichida oʻqiydigan talaba boʻlishi kerak.
  4. Nemis tilini kamida A2 darajada bilish kerak (A2 darajani isbotlovchi til sertifikati talab etiladi).
  5. Germaniya tarixi va madaniyatiga qiziqishi kerak.
  6. Nomzodning baholari yaxshi kerak.
  7. Dastur doirasidagi kurslarga kuchli qiziqish bildirishi kerak.
  8. Oliygohning Foundation kursini tugatganlik sertifikatiga ega talabalar ham dasturga ariza bera oladilar.
  9. Avval DAAD tashkilotining yozgi kursida qatnashganlar faqat 2 yildan keyin ushbu kurslarga ariza berishlari mumkin.

Dasturga qabul jarayoni:

2022-yilning iyun-noyabr oylarida boʻlib oʻtadigan yozgi kurslarga qabul 2021-yilning 30-sentyabridan boshlanadi va 2021-yil 1-dekabrgacha davom etadi.

Kerakli hujjatlar:

  1. Onlayn ariza (2021-yil 30-sentyabrda ochiladi).
  2. Motivatsiya xat (nemis tilida).
  3. Toʻliq CV (nemis tilida).
  4. Bakalavriat talabalari maktab attestati yoki litsey / kollej diplomi va oligan yakuniy baholarni (agar boʻlsa) topshirishi kerak. Magistratura talabalari bakalavrlik diplomi va yakuniy baholarini (agar boʻlsa) topshiradi. Bu hujjatlar nemis yoki ingliz tiliga tarjima qilingan holda topshirilishi kerak.
  5. Oxirgi 2 yilda olingan kreditlarini isbotlovchi hujjat taqdim etilishi kerak. Oʻzbekiston tizimida bu oxirgi 2 yilda oʻtilgan fanlar, ularning soati va baholaridir. Kredit tizimi amal qiluvchi universitet talabalari oxirgi 2 yilda olingan kreditlarini tasdiqlovchi hujjatni topshiradi.
  6. Nemis tili sertifikati (kamida A2 darajasida).
  7. Foundation program sertifikati (agar mavjud boʻlsa).

MUHIM: Ariza topshirishga kirishishdan oldin yozgi kurslar haqidagi rasmiy eʼlon bilan batafsil tanishib chiqing.

Murojaat uchun Germaniyaning Oʻzbekistondagi elchixonasiga murojaat qilishingiz mumkin:

Tel: +998 99 100 03 89 / +998 78 120 8478
Email: ku-102@tasc.auswaertiges-amt.d

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!