×

Daniya: Jonli tarix muzeyida 6 oylik volontyorlik dasturi; bepul turar joy; tibbiy sugʻurta, oziq-ovqat va transport; oylik 220 yevro stipendiya!


Grant

MUHLAT

28.07.2019

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Daniya

O'QILGAN

2169 marta

Daniyaning AFS tashkiloti va Daniyaning Nyukyobing shahrida joylashgan Middelaldercentret Jonli tarix muzeyi 18 yoshdan kattalarni AFS Interkultur Middelaldercentret volontyorlik dasturida qatnashishga taklif etadi. Dastur muzeyda volontyorlik faoliyatini olib borish imkonini beradi. Dastur 2020-yil 2-maydan 2021-yil 31-oktabrgacha taxminan 6 oy boʻlib oʻtadi. Dasturda qatnashuvchi nomzod haftada 6 kun, 30-38 soat ishlaydi. Dam olish kunlarida esa, madaniy tadbirlar, koʻngilochar dasturlarda qatnashadilar. Dastur doirasida til oʻrganish kurslarida ishtirok etish imkoni bor.

Grant kimlar uchun?

18 yoshdan kattalar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Dasturda ishtirok etish inkoniyatiga ega boʻlgan nomzodlarga taxminan 6 oy davomida:

  1. Oylik 220 yevro stipendiya beriladi.
  2. Borish-kelish aviachiptasining 90% i qoplanadi.
  3. Bepul turar joy bilan ta’minlanadi.
  4. Oziq-ovqat bilan ta’minlanadi.
  5. Til (dat tili) kurslarida ishtirok etish imkoni beriladi.
  6. Tibbiy sugʻurta olib beriladi.

Talablar:

Nomzod quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  • Barcha davlatlardan nomzodlar ariza bera oladi.
  • Nomzod 18 yoshdan katta boʻlishi kerak.
  • Nomzod turli xildagi ishlarni amalga oshira olishi va vaziyatda moslasha olishi lozim..
  • Nomzod ingliz tilini yaxshi bilish kerak. Dasturda qatnashish uchun ingliz tilini qanchalik yaxshi bilish kerakligi koʻrsatilmagan, ammo taxminan CEFR B2 – C1 boʻlishi talab qilinadi.
  • Nomzod moslashuvchan, ochiq fikrli, guruhda ishlay oladigan, kirishimli, samimiy, lider va koʻplab hobbilarga ega boʻlishi hamda kompyuterda ishlay olishi shart.
  • Nomzod til oʻrganishga tayyor boʻlishi kerak, chunki dat tili kurslariga qatnashish lozim boʻladi.
  • Nomzod muzeyda volontyorlik qilishga tayyor boʻlishi kerak.
  • Nomzod sibilizatsiyadan uzoqda, qadimiy (oʻrta asr) tipidagi hududda yashay olishi lozim.
  • Shuningdek, Nomzod dastur davomida eksponatlar va binoni ta’mirlash ishlarida qatnashishi hamda muzeyga keluvchilarga gidlik qilish ham mumkin.

Barcha talablar: shu yerda.

Dasturga qabul jarayoni:

  1. Dasturga hujjatlarni qabul qilish 2019-yil 28-iyulgacha.
  2. Hujjat topshirishdan avval: barcha talablar bilan batafsil tanishib chiqing.
  3. Hujjat topshirish uchun ariza shaklini yuklab olib, toʻldiring.
  4. Dedlayngacha toʻldirilgan arizani CV/resume bilan birga evs-denmark@afs.org elektron manziliga joʻnating.
  5. Nomzodlar 1-oktabrgacha Skype orqali suhbatdan oʻtishlari mumkin.
  6. Jarayonga tegishli savol tugʻilsa, evs-denmark@afs.org elektron manzilidan aniqlang.

Nomzodlarni saralash ularning sohaga oid bilim, malaka va koʻnikmalari, kasbiy tajribasi, til bilish darajasi, moslashuvchanligi, ochiq fikrliligi, guruhda ishlay olishi, kirishimliligi, samimiyligi, liderligi, xobbilari va suhbat natijasi kabilarga koʻra amalga oshiriladi.

Natijalar dedlayndan keyin imkon qadar tez vaqt ichida xabar qilinadi.

Murojaat uchun: evs-denmark@afs.org

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!