×

Daniya: Mexatronika va elektronika sohalari magistratura kurslari uchun toʻliq grant; oylik stipendiya – 400 yevro!


Grant

MUHLAT

01.09.2020

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Daniya

O'QILGAN

2143 marta

Daniyada joylashgan Janubiy Daniya Universiteti – University of Southern Denmark (SDU) 2021-yil fevral oyida boshlanadigan magistratura kurslari uchun Danish Government Scholarship dasturi doirasidagi grantlarga arizalar qabul qilmoqda. Grantlar Engineering Master’s programme in Sønderborgdagi quyidagi kurslariga oʻqishga qabul qilingan talabalarga beriladi:

Grant kimlar uchun?

Magistraturada oʻqishni xohlaganlar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Universitet Engineering Master’s programme kurslarida oʻqish uchun kontrakt toʻlovi bir semestrga 5 350 – 6 950 yevro, bir yilga esa 10 700 – 13 900 yevro.

Grant yutib olgan talaba kontrakt toʻlovi toʻliq qoplanadi va oylik 3 000 DKK (taxminan 401 yevro) miqdoridagi stipendiya bilan ta’minlanadi.

Dastur haqida batafsil: shu yerda tanishish mumkin.

Talablar:

Nomzod quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  • YeI va YeIHga kirmaydigan davlatlar vakillari (jumladan, oʻzbekistonliklar ham) ariza bera oladilar.
  • Nomzod SDUning yuqorida qayd etilgan muhandislik kurslaridan biriga oʻqishga qabul qilinishi kerak.
  • Nomzod bakalavriat bosqichini da a’lo baholarga oʻqigan juda muhim.
  • Nomzod tanlangan kurs kirish talablariga mos boʻlishi kerak. Bu haqida batafsil ma’lumotni tanlangan kurs sahifasidan aniqlash lozim.
  • Nomzod oʻzi hujjat topshirayotgan kursga yaqin yoʻnalishda bakalavr diplomiga ega boʻlishi zarur.
  • Nomzod ingliz yoki dan (Danish) tilini yaxshi bilishi kerak. Ingliz tilida oʻqitiladigan kurslarga hujjat topshirayotgan nomzodlar IELTSdan kamida 5 ball, TOEFL IBTdan esa kamida 88 ball toʻplagan boʻlishi zarur. Til boʻyicha qoʻyilgan talablar haqida batafsil: shu yerdan ma’lumot olish mumkin.

Barcha talablar: shu yerda va shu yerda berilgan.

Dasturga qabul jarayoni:

Grant uchun alohida ariza berish shart emas. Muhandislik boʻycha koʻrsatilgan magistratura kurslariga hujjat topshirib, oʻqishga qabul qilingan eng a’lochi talabalarga grant avtomatik ravishda taqdim etiladi. Bunda eng yuqori koʻrsatkich (baho)larga ega talabalar saralab olinadi. Ayni vaqtda 2021-yil fevralda boshlanadigan kurslarga ariza berish mumkin. Dedlayn – 2020-yil 1-sentabr.

Hujjat topshirish quyidagicha amalga oshiriladi:

  1. Grantni yutib olish uchun SDU muhandislik kurslariga oʻqishga qabul jarayonini yaxshilab oʻrganib chiqish maqsadga muvofiq.
  2. Magistratura kursiga hujjat topshirish yilda 2 marta amalga oshiriladi: sentabrdagi kurslar uchun 1-fevralgacha, fevraldagi kurslar uchun 1-sentabrgacha hujjatlar qabul qilinadi.
  3. Oʻqishga dedlayndan kechikmay onlayn ariza topshirish zarur.
  4. Arizani boshlashdan oldin qabul portalida shaxsiy profil ochib, unda shaxsiy ma’lumotlar va passport nusxasini taqdim etish kerak boʻladi.
  5. Hujjat topshirish vaqtida SDU’dagi uchtagacha kursga birdaniga hujjat topshirish mumkin, bunda har bir kurs uchun alohida ariza berilsa kifoya, faqat oxirida muhimligiga qarab hujjat topshirilayotgan kurslar ketma-ketligini koʻrsatish kerak.
    1. Agar yotoqxonada yashashni ham reja qilsangiz, talabalar turar joyi uchun ariza berish kerak.
  6. Ariza topshirish jarayoni batafsil tushuntirilgan yoʻriqnomani shu yerda, arizani qanday toʻldirish haqidagi yoʻriqnomani esa shu yerda olishingiz mumkin.

Kerakli hujjatlar tarkibi:

  1. Bakalavr diplomi baholari bilan. Agar nomzod hali oʻqishni tamomlamagan boʻlsa, shu vaqtgacha olingan baholar beriladi.
  2. Nomzod bakalavr bosqichidan tashqari qoʻshimcha tarzda oʻqigan kurslar haqida hujjatlar.
  3. Til sertifikatlari. Ingliz tilida oʻqitiladigan kurslarga hujjat topshirayotgan nomzodlar IELTSdan kamida 5 ball, TOEFL IBTdan esa kamida 88 ball toʻplagan boʻlishi zarur. Til boʻyicha qoʻyilgan talablar haqida batafsil: shu yerdan ma’lumot olish mumkin.
  4. Yuqoridagi hujjatlar barcha kurslar uchun taqdim etilishi shart. Ba’zi kurslar qabul jarayonida boshqa hech qanday hujjat talab qilmaydi, ba’zilari uchun esa motivatsion xat, tarjimai hol va shu kabi boshqa hujjatlar ham zarur boʻlishi mumkin. Qaysi kurs uchun qanday hujjatlar topshirish kerakligi haqida ma’lumotlarni shu yerdan olishingiz mumkin.

Hujjatlar ingliz, dan, shved yoki norveg tilida boʻlishi zarur. Boshqa tildagi hujjatlarni shu tillarga rasman tarjima qildirish kerak. Hujjat topshirishda soʻralgan hujjatlarni toʻliq taqdim etish zarur. Agar biror hujjat yetishmayotgan boʻlsa, universitet nomzod bilan bogʻlanib, bu hujjatni taqdim etish uchun 7 kun vaqt beradi.

Nomzodlar quyidagi mezonlar asosida saralanadi:

  • A’lo baholari.
  • Ijtimoiy faollik va volontyorlik faoliyati.
  • Qoʻshimcha darslarga qatnashganligi.
  • Motivatsion xatning mazmuni.

Saralashdan muvaffaqiyatli oʻtgan nomzodlarga imkon qadar tez muddatda xabar beriladi.

Bogʻlanish uchun: sdu-soenderborg@sdu.dk manziliga murojaat qiling.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!