×

“Daryo” nashridan qisqa hikoyalar tanlovi


Grant

MUHLAT

30.05.2024

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

O'zbekiston

O'QILGAN

4607 marta

“Daryo” internet nashri yurtdoshlarimiz orasida kitobxonlikka qiziqishni oshirish, iste’dodli insonlarga o‘z mahoratini sinovdan o‘tkazish uchun imkoniyat taqdim qilish maqsadida, qisqa hikoyalar tanlovini e’lon qildi. Tanlovda yoshi va jinsidan qat’i nazar, barcha xohlovchilar ishtirok etishi mumkin.

Qisqalik — iste’dod belgisi. Bu ayniqsa badiiy adabiyotda yaqqol seziladi. Qisqa, ixcham iboralar bilan mazmunli, ta’sirli, qiziqarli asar yaratish uchun ijodkordan katta mehnat, yuksak iste’dod va mahorat talab etiladi.

Mashhur yozuvchi Ernest Xeminguey har qanday insonni ta’sirlantiradigan, o‘zi atigi olti so‘zdan iborat hikoya yoza olishdan bahs boylashib, yutib chiqqani haqida ko‘pchilik o‘qigan yoki eshitgan bo‘lsa kerak. Uning hikoyasi quyidagicha edi: “Bolalar poyabzali sotiladi. Kiyilmagan…” (Hikoyaning asl matni: “For sale: baby shoes, never used”).

Grant kimlar uchun?

Yoshi va jinsidan qat’i nazar, barcha xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

G‘oliblarga “Daryo” internet nashrining hamkori bo‘lgan Asaxiy internet do‘koni tomonidan taqdim qilingan sovg‘alar topshiriladi:

  • 1-o‘rin — 30 ta kitob
  • 2-o‘rin — 20 ta kitob
  • 3-o‘rin — 10 ta kitob

Talablar:

Tanlov talablari va shartlari quyidagicha:

  1. Hikoyalar hajmi 55 ta so‘zdan oshmasligi kerak.
  2. Hikoyaning sarlavhasi bo‘lishi shart, shuningdek, mazmunan tugallangan bo‘lishi lozim.
  3. Hikoya muallifining ismi-familiyasi va qaysi hududdan ekani to‘liq yozilishi kerak.
  4. Tanlovda yoshi va jinsidan qat’i nazar, barcha xohlovchilar ishtirok etishi mumkin.
  5. Hikoyalar istalgan janrda yozilishi mumkin.

Dasturga qabul jarayoni:

Hikotalar 2024-yil, 30-maygacha qabul qilinadi. Hikoyalarni @daryo_hikoyalar_bot orqali yuborish kerak.

Tahririyatga yuboriladigan eng sara hikoyalar hafta davomida e’lon qilib boriladi. Tanlov so‘nggida tahririyat tomonidan tanlab olingan hikoyalar ovozga qo‘yiladi va sayt obunachilari tomonidan eng ko‘p ovoz to‘plagan hikoya mualliflari g‘olib deb topiladi.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!