AQShning Los-njeles shahrida joylashgan Kaliforniya universitetining (UCLA) David Geffen tibbiyot maktabi magistratura kurslariga topshiruvchi talabalarga Devid Geffen nomidagi nufuzli stipendiya dasturini taklif etadi. Dasturning maqsadi isteʼdodli talabalarni moddiy jihatdan ragʻbatlantirishdir.
Devid Geffen nomidagi tibbiyot stipendiyalar sohiblariga klinik amaliyot, taʼlim, tadqiqot va jamoat xizmatida o’z faoliyatini davom ettirishga imkon beradi, ularni sog’liqni saqlash sohasi, jamiyat, akademik tibbiyot va sog’liqni saqlash siyosatida yetakchi bo’lish vositalari bilan taʼminlaydi.
Stipendiya nomzodlarning moliyaviy holati asosida emas, balki koʻrsatkichlari asosida beriladi (merit-based scholarship). Hozir UCLA tibbiyot talabalarning 25% foizini koʻrsatkichlar asosida taqdim etiladigan stipendiyalar bilan taʼminlanmoqda.
Tibbiyot maktabida mavjud magistrlik dasturlari bilan BU YERDA tanishing.
Grant kimlar uchun?
Tibbiyot boʻyicha magistratura bosqichida oʻqishni xohlovchilar uchun
Batafsil ma'lumot uchun link
Grantning manfaatli jihatlari:
Ushbu grantni qoʻlga kiritganlar quyidagi imkoniyatlarga ega boʻladi:
- 4 yillik o‘qish puli toʻliq qoplab beriladi.
- Yashash, transport, o‘quv darsliklari, turar joy va boshqa xarajatlar uchun har oy taxminan 2833 AQSh dollari miqdorida stipendiya beriladi.
- O‘quv yilining ilk haftasida tashkil etiladigan arzonlashtirilgan darsliklar uchun iyul va avgust oylari stipendiyasi tashlab beriladi.
Talablar:
Grant dasturida qatnashish uchun nomzodga qoʻyilgan talablar quyidagilardan iborat:
- Shimoliy Amerika davlatlaridan biridagi (AQSH va Kanada ham kiradi) akkreditatsiyalangan OTMda bakalavriat yoki magistraturani bitirgan boʻlishi kerak.
- Qabul tugaguniga (2021-yl 1-oktabrgacha) nomzodlar UCLA David Geffen tibbiyot maktabiga ariza topshirishi lozim.
- Nomzod ingliz tilini yetarli darajada bilishi kerak. Ingliz tili darajasiga aniq talab belgilab qoʻyilmagan, biroq nomzodlar qabul jarayonida MCAT imtihonini topshirishi kerak (ingliz tilida).
- Stipendiya yutib olgan nomzod keyingi yillarda ham stipendiyani saqlab qolishi uchun yaxshi yoki aʼlo bahoga oʻqishi kerak.
Dasturga qabul jarayoni:
Grantga alohida ariza topshirilmaydi va David Geffen tibbiyot maktabiga hujjat topshirgan barcha nomzodlar ushbu grantga talabgor sifatida koʻrib chiqiladi. Tibbiyot maktabiga arizalar 2021-yilning 1-oktabrigacha qabul qilinadi.
Hujjat topshirish jarayoni quyidagi tartibda boʻladi:
1. AMCAS ariza shakli toʻldiriladi.
2. MCAT imtihoni natijalari topshiriladi. Bu imtihonni topshirish majburiydir. Imtihonni bahorda topshirish tavsiya etiladi. Eng kechi bilan oʻqish boshlanadigan yildan oldingi yil sentabr oyida topshirilishi lozim. Masalan, hozirda 2022-yilda boshlanadigan oʻqishga qabul davom etmoqda, bunda nomzodlar eng kechi bilan sentabr oyida MCAT imtihonini topshirishi lozim.
3. Tavsiyanomalar topshiriladi. Nomzodlar 3 tadan 5 tagcha tavsiyanoma topshirishi mumkin. Ularning 2 tasi oʻqituvchingizdan boʻlishi kerak.
4. Nomzod qatnagan barcha taʼlim muassasalarida olingan baholar topshiriladi. Baholarni bevosita taʼlim muassasasining oʻzi AMCASga yoʻllashi kerak.
Ariza topshirish jarayonida 95 AQSH dollari miqdorida toʻlov ham qilinishi kerak. Nomzodning moliyaviy holatidan kelib chiqib, bu toʻlovning undirilishi bekor qilinishi mumkin.
MUHIM: Ariza topshirish jarayoni umumiy tarzda keltirildi, bu jarayon bilan BU YERDA batafsil tanishing.
Hujjat topshirish jarayonian muvaffaqiyatli oʻtgan nomzodlar suhbatga taklif etiladi.
Universitetdagi tibbiyot dasturlariga qabul boʻyicha koʻp beriladigan savollarga javoblarni BU YERDA oʻqing.
Savollar yuzasidan murojaat uchun USHBU SAHIFADAGI tegishli kontaklarga murojaat qilishingiz mumkin.
Grant haqida batafsil maʼlumot olish uchun koʻp beriladigan savollarga javoblar bilan tanishib chiqing.