×

Davlat boshqaruvi va sog’liqni saqlashni boshqarish sohasida Yaponiyada magistratura o’qish imkoniyati!


Grant

MUHLAT

15.10.2015

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Yaponiya

O'QILGAN

2449 marta

Yaponiya davlatining ta’lim, madaniyat, sport, ilm-fan va texnologiyalar vazirligi Yosh Liderlar Dasturini e’lon qildi. Dastur xalqaro talabalardan Yaponiya universitetlarida davlat boshqaruvi (Public Administration/Public Policy) sohasida magistraturada o’qish uchun arizalarni qabul qilmoqda. Dastur har yili 20 ta arizachiga grant beradi. Magistratura dasturi bir yil davom etadi.

Grant dasturi uch xil yo’nalishni qo’llab-quvvatlaydi:

  1. Davlat boshqaruvi;
  2. Mahalliy (davlat) boshqaruvi;
  3. Sog’liqni saqlash tizimini boshqarish.

Grant kimlar uchun?

3 YIL TAJRIBAGA EGA PROFESSIONALLAR!

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Dastur o’qish bilan bog’liq barcha xarajatlarni qoplaydi. Bularning ichiga:

  • Oyiga 242000 yen miqdorida stipendiya (2000 dollar atrofida);
  • Yaponiyaga kelib-ketish xarajatlari;
  • O’qish xarajatlari;
  • Turar-joy kiradi.

Talablar:

Kim uchun:

  • O’zbekiston fuqarosi;
  • 40 yoshdan oshmagan (1975-yil 2-oktabrda yoki undan keyin tug’ilgan);
  • Bakalavr diplomiga ega va uni yaxshi baholarga tugatgan;
  • Davlat boshqaruvi sohasida kamida 3 yil mehnat stajiga ega (5 yil va undan ortiq tajribaga ega nomzodlar afzal ko’riladi);
  • Ingliz tilini bilishini tasdiqlovchi testlardan kamida TOEFL-iBT bo’yicha 79, PBT bo’yicha 550, IELTS bo’yicha 6.0 ballga ega;
  • Sog’lom bo’lgan nomzodlar.

Dasturga qabul jarayoni:

Barcha ariza hujjatlari Yaponiyaning O’zbekistondagi elchixonasi orqali topshiriladi. SHU YERDA ko’rsatilgan barcha ariza hujjatlari ingliz tilida to’ldirilgan bo’lishi va originali ingliz tilida bo’lmagan hujjatlar ingliz tiliga tarjima qilinib, notarius tomonidan tasdiqlanishi holda O’zbekistondagi Yaponiya elchixonasiga topshirilishi lozim.

Arizachi o’zi ishlayotgan davlat organi tomonidan ushbu grant dasturiga tavsiyanoma taqdim etishi shart. Bundan tashqari, arizachi 2 ta tavsiyanoma topshirishi lozim bo’lib, ulardan biri o’z rahbari yoki universitetdagi ilmiy rahbari nomidan bo’lishi lozim. Arizachi ingliz tilini bilishini tasdiqlovchi test natijalarini topshirishi lozim. Agar arizachi ilmiy maqolalar chop ettirgan yoki ilmiy ish yoqlagan bo’lsa, uning qisqacha mazmunini alohida ingliz tilida topshirishi lozim. Arizaning to’liq talablari haqida Yaponiyaning O’zbekistondagi elchixonasidan SHU YERDA  yoki SHU YERDAN ma’lumot olish mumkin.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!