×

Deloitte tashkilotidan Tokiodagi 4 kunlik One Young World sammtida qatnashish uchun 10 ta toʻliq grant!


Grant

MUHLAT

08.12.2021

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Yaponiya

O'QILGAN

3796 marta

Har yili oʻtkaziladigan One Young World sammiti ijtimoiy taʼsirni tezlashtirish ustida ish olib borayotgan barcha mamlakatlar va sohalardan boʻlgan yorqin iqtidorlarni toʻplaydi.

2022-yildagi One Young World sammiti Yaponiya poytaxti Tokioda, 16-19-may kunlari boʻlib oʻtadi va unda 2000 dan ortiq yetakchi yoshlar qatnashishi rejalashtirilgan. Delegatlar (ishtirokchilar) nutqlar, muhokama forumlari, netvorking va seminarlardan iborat 4 kunlik tadbirlarda qatnashadi.

Deloitte tashkiloti ushbu sammitga 2 yoʻnalishda 10 ta grant oʻrni (har bir yoʻnalishga 5 tadan) taklif etmoqda. Bu yoʻnalishlar quyidagilar:

1. Taʼlim yoʻnalishi. COVID-19 pandemiyasi taʼlim va oʻrganish jarayonida katta qiyinchiliklarni yuzaga keltirdi. Millionlab kishilar taʼlimdan ortda qoldi, taxminan 1,6 milliard talabaning taʼlimiga pandemiya oʻzining salbiy taʼsiri oʻtkazdi.

Ushbu grant oʻz jamiyati, davlati yoki butun dunyodagi odamlar uchun taʼlim, koʻnikmalarni egallash va imkoniyatlardan foydalanish imkonini yaratishga oʻz diqqatini qaratgan yetakchilarga moʻljallangan. Grant quyidagilar ishlarda oʻz faoliyati bilan hissa qoʻshgan nomzodlarni (5 nafar) izlamoqda:

  • Shiddat bilan oʻzgarayotgan global iqtisodiyot sababli orqada qolgan kishilar, masalan, ayollar va qizlar, yetarli imkoniyatlarga ega boʻlmagan yoshlar uchun taʼlim olish, koʻnikmalarni egalllash yoki bandlik (ish) imkoniyatlarini yaxshilash.
  • Kelajakdagi ishchi kuchi sifatida insonlar, jumladan, iqtidorlar yetishmovchiligi kuzatiladigan hududlarda malaka oshirish va bir umr oʻrganish imkoniyatlarini yaratish.
  • Insonlar oldida turuvchi bandlik (ish bilan taʼminlanish) borasidagi anʼanaviy toʻsiqlarni yengib oʻtishlari uchun tadbirkorliknii, bandlikning yangi turlarini yoki turli imkoniyatlarni tezlashtirish.

2. Iqlim yoʻnalishi. Iqlim inqirozi hozirda eng muhim muammolardan biridir. Pandemiya, agar biz hoziroq harakatga kirishadigan boʻlsak, tozaroq havo, tozaroq suv, zararli gazlarning kamroq chiqarilishi va sogʻlomroq ekotizim kabilarga erishish mumkinligini koʻrsatdi.

Bu grant oʻz jamiyati, davlati yoki butun dunyoda iqlim oʻzgarishi sabablari va oqibatlarini kamaytirishga diqqatini qaratuvchi yetakchilar uchun moʻljallangan. Grant quyidagilar ishlarda oʻz faoliyati bilan hissa qoʻshgan nomzodlarni (5 nafar) izlamoqda:

  • Ugleroq chiqindilarini kamaytiruvchi harakatlarni yaratish, kengaytirish va qoʻllab-quvvatlash.
  • Texnologiya, aktivizm, jamiyatga oid dasturlar, siyosat, tabiatga asoslangan yechimlar va boshqa shu kabi harakatlar orqali iqlim oʻzgarishining salbiy oqibatlarini kamaytirish.
  • Jamiyat yoki butun dunyodagi iqlim oʻzgarishiga qarshi harakat qiladigan kishilarni qoʻllab-quvvatlash va ular uchun imkoniyatlarni kengaytirish.
  • Iqlim oʻzgarishi bilanbogʻliq tabiiy ofatlar xavfini kamaytirish hamda barqarorlikni mustahkamlash boʻyicha reja va strategiyalar ishlab chiqish.

Grant kimlar uchun?

18-30 yoshlilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Yuqoridagi grantlardan birini qoʻlga kiritgan 10 nafar nomzod quyidagi imkoniyatlar bilan taʼminlanadi:

  • 2022-yil 16-19-may kunlari Tokioda boʻlib oʻtadigan One Young World sammatida qatnashish imkoniyati.
  • 2022-yil 16-19-may kunlari mehmonxonadan bepul shaxsiy xona taʼminlanadi.
  • Tokioga borish va qaytish xarajatlari qoplanadi (ekonom klass aviachipta).
  • Bepul nonushta, tushlik va kechki ovqat bilan taʼminalandi.
  • Sammit oʻtkaziladigan manzillararo qatnash uchun yer usti transporti taʼminlanadi.
  • Sammitdan oldingiz va sammit davomidagi Deloitte tomonidan tashkillashtiriladigan dasturlarda qatnashish imkoniyati.

Talablar:

Nomzodga qoʻyilgan talablar quyidagilardan iborat:

  • 18-30 yosh orasida boʻlish kerak.
  • Barcha davlat fuqarolari ariza topshirishi mumkin.
  • Ijobiy oʻzgarishlarni amalga oshirishga boʻlgan tasdiqlangan intilishga ega boʻlish kerak.
  • Yetakchilik qobiliyatiga ega boʻlish kerak.
  • Asosiy mahalliy va/yoki global muammolar haqida tushunchaga ega boʻlish kerak.
  • Taʼlim yoʻnalishidagi grant uchun nomzodlar taʼlim va malaka oshirish (koʻnikmalarni egallash)ga oid muammolarni bartaraf etish boʻyicha, iqlim yoʻnalishidagi grant uchun nomzodlar iqlim va atrof-muhit oʻzgarishiga oid muammolarni bartaraf etish boʻyicha taʼsirga ega va innovatsion yechimlar yaratgan /ishlab chiqqanlik tajribasiga ega boʻlishi kerak.

Shuningdek, nomzodlar ingliz tilini yetarli darajada bilishi kerak (sammit ingliz tilida bo’ladi).

Dasturga qabul jarayoni:

Har ikkala grant uchun ham arizalar 2021-yil 8-dekanrgacha onlayn tarzda qabul qilinadi. Ariza shaklida nomzodlar kerakli maʼlumotlarni kiritishi va bir nechta savollarga 200 soʻzdan oshmagan javoblar yozishi kerak.

Arizalar quyidagi havolalar orqali topshiriladi:

MUHIM: Ariza topshirishga kirishishdan oldin grantlar haqidagi rasmiy eʼlon bilan batafsil tanishib chiqing:

Arizalar 2021-yil 8-dekabrgacha topshirilishi (submit) lozim.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!