Floating EKA – Boltiq bo’yi davlatlaridagi sohil bo’yi shaharlarda san’at tadbirlari o’tkazish va shu orqali hamjihatlik, ijtimoiy rivojlanish va san’at rivojiga hissa qo’shishni maqsad qilgan nodavlat-notijorat tashkilot. Shu tashkilotning Digital Marketing, Communication and Fundraising Internship onlayn amaliyot dasturiga arizalar qabul qilinmoqda. Amaliyotchilar Floating EKA’ning Facebook, Instagram va Patreon ijtimoiy tarmoqlaridagi sahifalarini yuritish, yangi postlar tayyorlash, e-mail matnlari tayyorlash, ijtimoiy tarmoqlarda ish va mavzular strategiyasini yaratish, yangi g’oya va usullar topishda yordam berishi rejalashtirilgan.
Amaliyot ingliz tilini a’lo darajada o’zlashtirgan, muloqot mahorati, ijodkorlik va san’atga qiziqish hamda matbuot xizmatida tajribaga ega nomzodlar uchun mo’ljallangan. Amaliyot onlayn tarzda 6 oy davom etadi va ish hajmi haftasiga 15-20 soatga to’g’ri keladi.
Grant kimlar uchun?
Barcha uchun
Batafsil ma'lumot uchun link
Grantning manfaatli jihatlari:
Amaliyotchi Floating EKA tashkiloti faoliyati bilan yaqindan tanishadi. Amaliyot vaqtida tadbirlarni boshqarish, matbuot xizmati bo’limida ishlash, SMM boshqaruvi, ijodiy va madaniy tadbirlarni boshqarish va shu kabilarda tajriba orttiradi. Amaliyotchiga 6 oylik amaliyot uchun jami 150 yevro mablag’ beriladi.
Talablar:
- Nomzod a’lo darajadagi muloqot mahoratiga ega bo’lishi kerak.
- Nomzod Facebook, Instagram tarmoqlarida ishlashni a’lo darajada bilishi shart. Boshqa keng tarqalgan tarmoqlarni ham tushunish nomzodga ustunlik beradi.
- Nomzod ingliz tilini eng kamida C1 darajasida bilishi kerak.
- Nomzodning yozma nutqi a’lo darajada bo’lishi kerak.
- Nomzod ijodiy va madaniy tadbirlar boshqaruviga qiziqishi kerak.
Dasturga qabul jarayoni:
Hujjatlar onlayn topshiriladi. Ariza berish uchun 2021-yil 15-fevralgacha Cover Letter (biriktirilgan xat) va CV info@floatingeka.com elektron manziliga yuborilishi kerak.