Diplomat dasturi dunyoda o’zgarish yasashni istovchi va boshqalar hayotiga ta’sir o’tkaza oladigan loyihalarda ishlashni xohlovchi talabalarga bir yarim oy AQShda ta’lim va tajriba olish imkoniyatini beradi.
1-iyundan 14-avgustga qadar davom etadigan dasturda ishtorkchilar AQShning Flint shahrida o’z g’oyalarini amalga tatbiq etishni o’rganadi, ularni boshqalar bilan baham ko’radi va boshqalardan o’rganadi. Dasturda sog’liqni saqlash, uysizlik, ekologiya, ta’lim, iqtisod va favqulodda holatlarga tayyorgarlik ko’rish kabi mavzu va masalalar qamrab olinadi.
Dastur ishtirokchilaridan quyidagilar kutiladi:
- Ilmiy izlanishlarni o’qib tushunish, ulardan xulosa chiqarib, tahlil qila olish qobiliyati;
- Ijtimoiy muammolarga shahar joylarda ham amalga oshirsa bo’ladigan yechim topish;
- Kelgusi izlanishlar uchun tavsiyalar ishlab chiqish;
- Soha mutaxassislariga tarqatish uchun prezentatsiya va ma’lumotnomalar tayyorlash.
Kimlar topshirishi mumkin:
Dastur bakalavr yoki magistratura va undan yuqori darajada ta’lim oladigan talabalar uchun. Dastur boshlanishidan oldingi olti oy ichida o’qishni tamomlaganlar ham topshirishi mumkin. Ishtirokchilar biror ijtimoiy muammo yoki masalaga yechim bera oladigan mavzu yoki loyihaga qiziqishlarini ko’rsatib bera olishi lozim.
Ariza topshirish tartibi:
Arizachilar onlayn anketa, rezyume, o’zlari qiziqqan loyihaga oid insho va ikkita tavsiyanoma topshirishlari kerak. Insho 3-4 betdan iborat bo’lishi va quyidagilarni qamrab olishi lozim:
- O’zingiz qiziqqan va ishlashni niyat qilayotgan soha (masalan, sog’liqni saqlash yoki ekologiya);
- Ilmiy qiziqishlaringizning bayoni;
- Nega bu sohaga qiziqayotganingiz haqida ma’lumot;
- Bu sohada innovatsiyaga ehtiyoj bor-yo’qligi haqida fikrlaringiz;
- Loyihaning tavsifi;
- Loyihani amalga oshirish uchun kerak bo’ladigan qo’shimcha xarajat va mablag’larning ro’yxati.
Arizani SHU YERDA topshirishingiz mumkin. Hujjatlarni topshirish muhlati 2015-yil 31-martgacha.
Tanlov natijalari shu yilning 1-mayigacha ma’lum bo’ladi.
Tanlab olingan talabalar 2015-yilning 1-iyunidan 14-avgustigacha AQShning Mayami shtati Flint shahrida bir yarim oy o’z loyihalari ustida ishlaydi.
Grant miqdori:
Har bir ishtirokchiga $4000 miqdorida stipendiya beriladi. Bundan tashqari, bepul turar-joy bilan ta’minlanadi.
Dastur bilan bog’liq qo’shimcha savollaringizni fellows@diplomat.is manziliga yuborishingiz mumkin.
To’liq ma’lumot uchun manba: SHU YERDA