×

Doktoranturada talabalari va universitet professor-o’qituvchilariga tadqiqot olib borish uchun 15 ming AQSH dollarigacha grant


Grant

MUHLAT

22.07.2020

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Dunyo bo'ylab

O'QILGAN

1710 marta

Doktorantura bosqichi talabalarini moddiy jihatdan qo’llab-quvvatlashga qaratilgan Civil Society Scholar Awards 2021 (CSSA) grant dasturiga arizalar qabul qilinmoqda. Ushbu grant dasturi ijtimoiy-gumanitar sohadagi doktorantlar va universitet professor-o’qituvchilariga o’z vatanlarida yoki mintaqalarida ijtimoiy faol ilmiy tadqiqotlar va ilmiy loyihalarni olib borishda yordam beradi.

Grant dasturining mazmuni doktorant yoki o’qituvchilarning ijtimoiy-gumanitar sohaga aloqador tadqiqot rejalari yoki ilmiy loyihalarini amalga oshirish uchun moddiy jihatdan yordam berish, ya’ni, bu grant biror ijtimoiy foydali dastur uchun ilmiy ish olib borish uchun beriladi.

Grantlar istalgan ijtimoiy-gumanitar sohadagi istalgan yo’nalishda izlanish olib borayotgan va loyiha taqdim etganlarga berilishi mumkin, lekin davlatda haddan ortiq avtoritarizmdan mudofaa; barqaror rivojlanish, iqlim o’zgarishi va iqlim o’zgarishi oqibatlarini yumshatish; iqtisodiy adolat va ishchilar huquqlari; axborot demokratiyasi; va COVID-19 pandemiyasining ariza beruvchining vatani yoki mintaqasiga ta’siri mavzularida ish topshirish tavsiya etiladi.

Quyidagi sohalar uchun grant ajratilmaydi:

Biznes boshqaruvi, menejment, informatika, moliya / bank, marketing, muhandislik, aniq fanlar (fizika, biologiya, kimyo va boshqalar), matematika, tibbiyot fanlari yoki ingliz tilini chet tili sifatida o’qitish.

Grant kimlar uchun?

Doktorantura talabalari uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

CSSA grantini yutib olgan doktorant yoki o’qituvchi o’z loyihasini amalga oshirishda quyidagi kabi xarajatlar uchun 15000 AQSh dollarigacha bo’lgan miqdorda moddiy yordam bilan ta’minlanadi:

  • Ma’lumot to’plash
  • O’z yurti yoki xorijga kutubxonalar, arxivlar yoki universitetlarga ilmiy ish yuzasidan borishga ketadigan xarajatlar
  • Xorijda joylashgan akademik o’qituvchilar bilan hamkorlikda chet elda yoki o’z yurtida onlayn ravishda yakunlanishi mumkin bo’lgan kurs yoki o’quv dasturlarini ishlab chiqish xarajatlari
  • Maqola yoki kitob ko’rinishida chop etish uchun olib boriladigan ilmiy izlanishlar uchun ketadigan xarajatlar
  • O’z yurtida yoki chet elda dissertatsiyalarini yozayotgan doktorantura bitiruvchilari uchun dissertatsiyani yakunlash xarajatlari.

Talablar:

  1. CSSA granti faqat ijtimoiy va gumanitar sohalardagi doktorant va o’qituvchilarga taqdim etiladi.
  2. Nomzod taqdim etgan ilmiy ish yoki loyiha o’zi o’qiyotgan sohaga to’g’ridan-to’g’ri aloqador bo’lishi kerak va dissertatsiya, maqola, kitob, va boshqalar ko’rinishida yakunlash imkonini berishi zarur.
  3. Nomzod o’z yurti yoki xorijdagi universitetda ijtimoiy va gumanitar fanlar yo’nalishlaridan birida tahsil olayotgan doktorant yoki ushbu sohada o’z yurtidagi oliy ta’lim muassasasida to’liq stavkada dars berayotgan (kamida magistratura darajasiga ega bo’lgan) professor-o’qituvchi bo’lishi zarur.
  4. Bir marta CSSA grantini olgan shaxslar, agar loyiha yoki tadqiqotlari CSSA 2021 talablariga javob bersa, 2020 yilda yangi grant olish uchun ariza berishlari mumkin. Ushbu grant bir shaxsga 2 martagacha berilishi mumkin.
  5. Bir nomzod faqat bitta loyiha taqdim etishi mumkin.
  6. Grantlar nomzodning akademik yutuqlari va topshirilgan loyihaning nomzodning vatanida erkin jamiyat qurish uchun foydalilik darajasiga asosan ajratiladi.

Taqdim etiladigan ilmiy (ish) loyihaga talablar:

  1. Grantlar 2021-yilning 1-martidan 31-dekabrigacha amalga oshiriladigan loyihalar uchungina ajratiladi.
  2. Amalga oshishi kamida 3 oy va uzog’i bilan 10 oy vaqt talab qilishi kerak.
  3. Loyiha nomzodning vatani yoki chet elda amalda oshishi ko’zda tutilgan bo’lishi kerak. Rossiya va Ozarbayjonda amalga oshirilishi rejalashtirilgan loyihalarga (yuridik sabablar tufayli) grant ajratilmaydi.
  4. Loyihasi AQShda amalga oshirilishi rejalashtirilgan nomzodlar J 1 vizasini olishlari uchun ro’yxatga kiritilgan tashkilot tomonidan rasmiy taklifnomaga va shu tashkilot yoki institutning J1 vizasi tashkilotlari ro’yxatida borligini tasdiqlovchi hujjatga ega bo’lishlari zarur.

Dasturga qabul jarayoni:

CSSA granti sovrindorlari ilmiy yutuqlari, shuningdek, mahalliy jamoalar bilan faol aloqalari, o’z mintaqalarida ochiq jamiyat qadriyatlarini qo’llab-quvvatlash qobiliyati va ilm va akademik tarmoqlarni mustahkamlash kabi mezonlar asosida tanlanadi. Takliflar loyihaga aloqador bo’lgan xorij safarlarini ham o’z ichiga olishi mumkin, lekin ularni loyihaga kiritish ixtiyoriy.

Kerakli hujjatlar:

  1. Ariza.
  2. CV.
  3. Pasport nusxasi.
  4. Birinchi kurs doktorantlari uchun: magistratura baholari; barcha boshqa doktorantlar va o’qituvchi-professorlar uchun: doktorantura kursida olingan baholar.
  5. Nomzod tadqiqot olib borishi rejalashtirilgan ilmiy institutdan rasmiy taklif.
  6. Doktorantlar uchun: o’qish joyidan talabalikni tasdiqlash xati.
  7. Doktorantlar uchun: shaxs haqida tavsiyanoma (personal reference)
  8. Doktorantlar uchun: akademik tavsiyanoma (nomzod tadqiqot qilayotgan sohada faoliyat yuritadigan o’qituvchi berishi kerak).
  9. O’qituvchi-professorlar uchun: ish joyidan tasdiqlov xati.
  10. O’qituvchi-professorlar uchun: akademik tavsiyanoma (nomzodning hamkasbi tomonidan yozilishi kerak).

Grantga arizalar 2020-yilning 22-iyul sanasigacha qabul qilinadi. Onlayn arizani bu yerda topshiring. Grant natijalari oktyabr oyida e’lon qilinadi.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!