×

Draper Hills Summer Fellows Program: AQShning Stenford universitetining 3 haftalik trening dasturi; ishtirok etish bepul!


Grant

MUHLAT

11.01.2021

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

AQSh

O'QILGAN

3523 marta

Har yili jahonning eng nufuzli oliygohlaridan biri hisoblangan Stenford universitetida o’tkazib kelinadigan Draper Hills Summer Fellows Program (DHSF) dasturiga arizalar qabul qilinmoqda.

2005 yilda boshlangan Draper Hills Summer Fellows Program (DHSF) har yili AQShdagi Stenford Universitetining Demokratiya, taraqqiyot va qonun ustuvorligi markazida bo’lib o’tadigan uch haftalik intensiv o’quv dasturidir. Dastur dunyoning barcha mintaqalaridan huquqshunoslik, siyosat, hukumat, xususiy tadbirkorlik, fuqarolik jamiyati va xalqaro taraqqiyot sohasida kasbiy faoliyat yuritayotgan 25-30 nafar mutaxassislarni maxsus trening dasturi orqali birlashtiradi. Ushbu o’quv dasturi rivojlanib kelayotgan yetakchilarga o’z bilimlarini boyitish va faoliyatlarini rivojlantirish uchun muhim bo’lgan tanishuvlar, tajriba almashinuvi va ta’lim olish imkonini beruvchi mashg’ulotlardan iborat bo’ladi.

Dastur ishtirokchilari yoz oylarida uch hafta davomida demokratiya, rivojlanish va qonun ustuvorligi nazariyasi va amaliyoti bo’yicha akademik seminarlarda qatnashadilar. Ushbu seminarlar sohaning eng yetakchi mutaxassislari tomonidan olib boriladi va yosh mutaxassislarga o’z mamlakatlarida ijobiy demokratik o’zgarishlarni shakllantirish uchun zarur bo’lgan institutsional modellar va asoslarni o’rganish imkoniyatini beradi.

Ilgarigi yillarda o’tkazilgan dasturdan Kaliforniya Oliy sudi sudyasi Tino Kuelllar, Milliy Demokratiya Jamg’armasi prezidenti Karl Gershman va Google kompaniyasining sobiq ijrochi raisi Erik Shmidt kabi muvaffaqiyatli yetakchi rahbarlarning seminarlari joy olgan edi.

Grant kimlar uchun?

Huquqshunoslik, siyosat, hukumat, xususiy tadbirkorlik, fuqarolik jamiyati va xalqaro taraqqiyot sohalarida ishlaydiganlar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Dasturga qabul qilingan ishtirokchilar turar joy va oziq-ovqat bilan ta’minlanadilar. Trening vaqtidagi transport xarajatlari qoplab beriladi. Ishtirokchi AQShga kelish va qaytib ketish xarajatlarini o’zi qoplashi kerak bo’ladi. Yo’l xarajatlarini qoplash imkoni yo’q nomzodlarga qo’shimcha mablag’ ajratilishi mumkin.

Talablar:

  • Nomzod oliy ma’lumotli, huquqshunoslik, siyosat, hukumat, xususiy tadbirkorlik, fuqarolik jamiyati va xalqaro taraqqiyot sohalarida ishlaydigan, ish tajribasiga ega mutaxassis bo’lishi kerak.
  • Nomzod jamiyatda demokratiya, rivojlanish va qonun ustuvorligini ta’minlash ishlariga kuchli qiziqish bildiruvchi, bu borada chuqur bilimga ega shaxs bo’lishi zarur.
  • Nomzod ingliz tilini yaxshi bilishi kerak.

Dasturga qabul jarayoni:

Dasturga arizalar 2021-yil 11-yanvarga qadar bu yerda  qabul qilinadi. Ariza to’ldirishda tavsiyanomalar ham talab etiladi. Tavsiyanomani nomzod ariza shaklida ko’rsatib o’tgan shaxs alohida yozib, alohida topshiradi. Buning uchun vaqt ketishi mumkinligini hisobga olgan holda, arizani ertaroq tayyorlash tavsiya etiladi. 11-yanvarga qadar arizaning barcha qismlari tayyor bo’lishi kerak. Natijalar aprel oyigacha e’lon qilinadi. Batafsil

Hujjat topshirish jarayoni haqida batafsil ma’lumotni bu yerdan olishingiz mumkin. Ma’lumot uchun summerfellows@stanford.edu yoki http://miloni@stanford.edu/ elektron manziliga murojaat qiling.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!