×

Dubai Business Associates: Dubayda biznes sohasi boʻyicha barcha xarajatlari qoplanadigan 9 oylik oʻqish va amaliyot dasturi!


Grant

MUHLAT

01.04.2025

QOLGAN VAQT

101 kun

HUDUD

Birlashgan Arab Amirliklari

O'QILGAN

40247 marta

Dubai Business Associates (DBA) biznes tashkiloti iqtidorli va shijoatli yoshlarga Dubayda biznes sohasida ta’lim olish hamda oʻz biznes faoliyatini yoʻlga qoʻyish imkoniyatini taqdim etadi. Dastur maqsadi – biznes sohasida yosh liderlarning shakllanishiga koʻmaklashish.

Ushbu amaliy o’quv dasturi 2025-yilning sentabr oyidan oyida boshlanadi va 9 oy davom etadi. Ushbu dasturga yiliga maksimal 40 nafar nomzod qabul qilinadi.

Ushbu 9 oylik DBA dasturi akademik taʼlim va amaliy mashgʻulotlarni oʻz ichiga oladi hamda ish koʻnikmalari, ijtimoiy koʻnikmalar, konsultatsiya koʻnikmalari va amaliy ish tajribasini oʻzida mujasammlashtiradi. Akademik modullar biznes olamida muvaffaqiyatga erishish uchun zaruriy koʻnikma va vositalar bilan taminlaydi, amaliy mashgʻulotlar esa ishtirokchilarga Dubay biznes yuritish makoni sifatida qanday joy ekanligi haqida tsavvurga ega boʻlish imkonini beradi.

Dastur davomida ishtirokchilar soha yetakchilari va bosh ijrochi direktorlarning mohorat darslarida qatnashadi, koʻnikmalarni rivojlantirish taʼlimi oladi, madaniy tadbirlar va ekskursiyalarga boradi hamda ularga karyera murabbiyi va hayot murabbiyi biriktiriladi.

Dastur tarkibi bilan BU YERDA batafsil tanishishingiz mumkin.

Dastur mashgʻulotlari ingliz tilida olib boriladi.

Grant kimlar uchun?

Universitet bitiruvchilari yoki universitetni bitirgandan keyingi ish tajribasi 3 yildan oshmaganlar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Dasturda qatnashish imkonini qoʻlga kiritganlar quyidagi imtiyozlarga ega boʻladi:

  • Oʻqish toʻliq bepul.
  • Dubayga borish va Dubaydan qaytish xarajatlari qoplanadi.
  • Bepul turar joy ajratiladi.
  • Kundalik xarajatlar uchun toʻliq yetarli boʻlgan oylik stipendiya beriladi.
  • Tibbiy sugʻurta xarajatlari qoplab beriladi.
  • Rezidentlik vizasi xarajatlari qoplanadi.

Talablar:

Nomzodlarga qoʻyilgan talablar quyidagicha:

  • Barcha davlar fuqarolari ariza topshira oladi.
  • Nomzod kamida bakalavrlik darajasi (diplomi)ga ega boʻlishi kerak. Lekin bakalavriatdagi yoʻnalishi biznesga oid boʻlishi shart emas. Dasturga turli sohada oʻqiganlar qabul qilinadi.
  • Nomzodning ish tajribasi 3 yildan oshmagan boʻlishi kerak (universitetni yaqinda bitirgan va ish taribasiga ega boʻlmaganlar ham ariza topshira oladi).
  • Ingliz tilini yaxshi bilishi lozim (ham yozma, ham ogʻzaki). Qoʻshimcha yana bir tilni bilish ustunlik beradi.
  • Xalqaro va Dubaydagi biznesga kuchli qiziqishga ega boʻlish kerak.
  • Qiziquvchanlik xislatiga ega boʻlish kerak.
  • Odatda 23-27 yoshli nomzodlar qabul qilinadi, lekin bu ariza topshirish uchun belgilangan qatʼiy yosh chegarasi emas (barcha talablarga mos, lekin bu yoshlardan biroz kichik yoki kattalar ham topshirishi mumkin).

Dasturga qabul jarayoni:

Dastur uchun arizalarni 2 ta qabul orqali topshirish mumkin:

  • 1-qabul (vaqtli qabul): 2024-yil 1-dekabrdan 2025-yil 31-yanvargacha davom etadi (natijalar 2025-yil 15-martda eʼlon qilinadi);
  • 2-qabul (odatiy qabul): 2025-yil 1-fevraldan 1-aprelgacha davom etadi (natijalar 2025-yil 31-mayda eʼlon qilinadi).

Arizalar onlayn tarzda BU YERDA qabul qilinadi. Ariza shaklida soʻralgan maʼlumotlarni kiritishdan tashqari quyidagi hujjat/fayllarni yuklash talab etiladi:

  • Muqova xati (500 soʻzdan oshmasligi kerak. Bu hujjatda ushbu dasturga topshirish uchun motivatsiya, dasturga tegishli tajriba va koʻnikmalar, dasturni tugatgandan keyin karyera borasidagi rejalar tasvirlanishi kerak.
  • CV (1-2 bet).
  • Video (90 soniyadan oshmasligi kerak). Video uchun alohida koʻrsatma yoki talablar yoʻq. Bunda nomzod dastur tashkilotchilariga oʻzi haqida maʼlumot berishi kerak.

Yuqoridagi hujjatlarning ingliz tilidagi taʼrifi bilan BU YERDA tanishing. Ariza shakli va hujjatlar ingliz tilida boʻlishi lozim.

MUHIM: Ariza topshirishga kirishishdan oldin dasturning rasmiy saytidagi maʼlumotlarni va koʻp beriladigan savollarga javoblarni toʻliq oʻqib chiqing.

Savollar yuzasidan quyidagi email manziliga murojaat qilishingiz mumkin: recruitment@dubaibusinessassociates.ae

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!