×

Dunyo boʻylab: PhD talabalari va postdoktorlar uchun 50 000 AQSh dollargacha grant; joy – 40ta!


Grant

MUHLAT

07.11.2019

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

O'QILGAN

1792 marta

The Schlumberger Foundation jamgʻarmasi rivojlanayotgan davlatlardan boʻlgan, dunyoning yetakchi oliygohlarida PhD hamda postdoktorontura tadqiqotlarini olib borish istagidagi xotin-qizlarga Faculty for the Future Fellowships dasturini taklif etmoqda. Jamgʻarmaning asosiy maqsadi Science, Technology, Engineering, Mathematics (STEM) yoʻnalishlar boʻyicha olib boriladigan tadqiqotlarni ragʻbatlantirish va shu soha tadqiqotchilariga moliyaviy yordam koʻrsatishdir. Dasturda dunyoning yetakchi oliygohlariga yuqorida keltirilgan yoʻnalishlar boʻyicha qabul qilingan yoki oʻqiyotgan tadqiqotchilar ariza berishlari mumkin. Grantlar PhD kurslari uchun 3-4 yil, postdoktorantura kurslari uchun 2 yilgacha boʻlgan muddatga ajratiladi. Dastur doirasida har yili 80 dan ortiq mamlakatdan boʻlgan 40 nafargacha tadqiqotchiga grantlar ajratiladi.

Grant kimlar uchun?

PhD va Postdoktor tadqiqotchilari uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Dastur doirasida PhD tadqiqotchilariga yillik 50 000 AQSh dollari hamda postdoktorontura tadqiqotchilariga yillik 40 000 AQSh dollari miqdoridagi mablagʻ ajratiladi. Ajratilgan mablagʻlar quyidagi xarajatlarni qoplashi nazarda tutilgan:

  • Oʻqish toʻlovi va oliygoh xarajatlarini
  • Turar joy xarajatlari
  • Kundalik xarajatlar
  • Safar xarajatlari
  • Viza va boshqa tashkiliy xarajatlar.

Eslatma: grant bir oʻquv yili uchun ajratiladi. Dastur shartlari bajarilgan taqdirda stipendiya keyingi yillariga ham uzaytirilishi mumkin. Batafsil ma’lumot bu yerda.

Talablar:

Nomzod quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  1. nomzod rivojlanayotgan davlat fuqarosi boʻlishi kerak.
  2. Grantga faqat ayol tadqiqotchilar ariza berishlari mumkin.
  3. Nomzod Science, Technology, Engineering, Mathematics (STEM) yoʻnalishlaridan biri boʻyicha dunyoning yetakchi oliygohlaridan biriga oʻqishga qabul qilingan boʻlishi zarur.
  4. Nomzod magistrlik (PhD uchun) yoki PhD (postdoktorontura uchun) darajasiga ega boʻlishi kerak.
  5. Nomzod oʻzi ariza bergan soha boʻyicha tadqiqot olib borishga ishtiyoqmand boʻlishi kerak.
  6. Nomzodning yetakchilik qobiliyatiga ega boʻlishi kerak.
  7. Nomzod yuqori salohiyatli, iqtidorli boʻlishi hamda yuqori akademik koʻrsatkichlarga ega boʻlishi zarur.
  8. Nomzodning tadqiqotlar oʻtkazish va ta’lim berish boʻyicha tajribalari grant ajratishda alohida ahamiyatga ega.
  9. Nomzod dastur nihoyasida vataniga qaytib, uning rivojiga hissa qoʻshishni maqsad qilgan boʻlishi kerak.

Dasturga qabul jarayoni:

Dasturga endi hujjat topshirayotgan arizachilar uchun hujjat topshirish 2019-yilning 5-sentabridan 7-noyabrigacha davom etadi. Dasturga hujjat topshirish uchun nomzod onlayn ariza portalining New Grant Application qismidan roʻyxatdan oʻtishi va ariza shaklini toʻldirishi zarur.

Dasturda avval gʻolib boʻlib, grantni choʻzish uchun hujjat topshirayotgan tadqiqotchilar 2019-yil 5-sentabrdan 4-noyabrgacha ariza topshirishlari mumkin. Ular onlayn ariza portalining Renewal Grant Application qismi orqali ariza berishlari zarur.

Tavsiyanomalar birinchi marta ariza beruvchilar uchun 2019-yil 14-noyabrgacha, qayta ariza beruvchilar uchun 11-noyabrgacha qabul qilinadi.

Natijalar 2020-yil mart oyida e’lon qilinadi.

Grant haqidagi batafsil ma’lumotni jamgʻarmaning rasmiy saytidan yoki savol-javoblardan olishingiz mumkin.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!