Buyuk Britaniyaning Edinburg universiteti MSc Surgical Sciences magistratura kursida onlayn oʻqishni istovchilar uchun Edinburgh Surgery Online Global Scholarships dasturini taklif qiladi. Dastur asosan eng kam rivojlanayotgan, kam yoki oʻrta daromadli mamlakat talabalarini moddiy jihatdan qoʻllab-quvvatlash maqsadida tashkil etilgan.
Bu grantga ariza topshira olish uchun nomzodlar avval MSc Surgical Sciences dasturiga 2026-yil sentabrdan boshlab oʻqish uchun hujjat topshirishi va qabul qilinishi kerak.
Maʼlumot uchun: Edinburg universiteti dunyodaning eng nufuzli oliygohlaridan biridir. Jumladan, 2026-yil aprel oyi holatiga koʻra, bu universitet dunyodagi eng kuchli oliygohlar roʻyxatida 34-oʻrinni egallab turibdi (QS reytingi boʻyicha).
Grant kimlar uchun?
Tibbiyot sohasida magistraturani oʻqishni xohlaganlar uchun
Batafsil ma'lumot uchun link
Grantning manfaatli jihatlari:
Bu grantni qoʻlga kiritganlar magistrlik kursi uchun toʻlovni (tuition fee) toʻlashdan toʻliq ozod qilinadi. Biroq grant to oʻqish tugaguncha berilishi uchun talabalarning oʻzlashtirish darajasi qoniqarli boʻlishi lozim.
Talablar:
Nomzodlarga qoʻyilgan talablar quyidagicha:
- Dasturga eng kam rivojlangan, kam yoki oʻrta daromadli ushbu roʻyxatdagi mamlakat fuqarolari ariza berishi mumkin. Bu roʻyxatda Oʻzbekiston, Tojikiston, Qirgʻiziston va Afgʻoniston kabi davlatlar mavjud.
- Nomzod MSc Surgical Sciences onlayn magistrlik kursiga ariza topshirgan boʻlishi/topshirishi va qabul qilingan boʻlishi/qabul qilinishi shart.
- Kamida IELTS 6,5 (har bir boʻlim boʻyicha kamida 6.0) talab etiladi.
- Shuningdek, Oʻzbekistondan boʻlgan nomzodlar BU YERDA koʻrsatilgan talablarga ham mos kelishi kerak (“Uzbekistan” uchun talablarga qarang).
Dasturga qabul jarayoni:
Yuqorida aytilganidek, dasturga ariza topshirish uchun nomzodlar avval MSc Surgical Sciences kursiga ariza topshirgan boʻlishi/topshirishi va qabul qilingan boʻlishi/qabul qilinishi kerak. Bu kursga arizalar 2026-yilning 21-avgustigacha qabul qilinadi. Ushbu magistratura kursiga ariza topshirish uchun BU YERGA kirib, “Apply” boʻlimida “MSc Surgical Sciences (3 years)” dasturini va boshlanish sanasi bandida 2026-yil 14-sentabrni tanlaysiz. Shundan keyin ariza topshirish havolasi ochiladi.
Bu grantning oʻzi uchun esa nomzodlar Oʻzbekiston vaqti bilan 2026-yil 29-maygacha BU YERDA onlayn ariza topshirishi kerak. Gratga ariza topshirish portaliga kirish uchun universal foydalanuvchi raqami soʻraladi (bu raqam magistrlik dasturiga ariza topshirganda beriladi).
ESLATMA: Grant ariza portaliga kirish va ariza jarayonini yakunlash uchun 5 ish kuni vaqti kerak boʻladi. Hujjatlarni tayyorlash va ariza yuborishni ertaroq boshlashni tavsiya qilamiz.
MUHIM: Dasturga ariza topshirishga kirishishdan avval rasmiy eʼlon bilan batafsil tanishib chiqing
Savollar yuzasida eso.scholarships@ed.ac.uk elektron pochta manziliga murojaat qilishingiz mumkin.




