×

Fransiya: Eiffel Excellence Scholarship Program


Grant

MUHLAT

11.01.2019

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Fransiya

O'QILGAN

3165 marta

Fransiya Tashqi ishlar vazirligi tomonidan yuqori bilimli chet ellik nomzodlarni magistratura va aspirantura dasturlariga jalb etish maqsadida ishlab chiqilgan Eiffel Excellence Scholarship dasturiga arizalar qabul qilinmoqda. Ushbu dastur rivojlanayotgan mamlakatlar vakillari boʻlgan va kelajakda davlat va xususiy sektorda muhim qarorlar qabul qiluvchi masʼul shaxslar uchun keng imkoniyatlar yaratadi.

Stipendiya dasturi Fransiya universitetlaridan birida magistratura va aspiranturada oʻqiyotgan nomzodlar uchun moʻljallangan boʻlib, quyidagi muddatda davom etadi:

  • Magistratura: 12 oydan 36 oygacha;
  • Aspirantura: 12 oy.

Grant kimlar uchun?

Magistratura va aspiranturada o'qishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Stipendiya yutib olgan talabalarga quyidagi imkoniyatlar yaratib beriladi:

  1. Talabaga stipendiya muddati tugaguncha magistratura talabalari har oy 1181 yevro, aspirantura talabalari 1400 yevro miqdordagi stipendiya bilan ta’minlanadi;
  2. Talabaning safar xarajatlari qoplanadi;
  3. Yevropa iqtisodiy hududidan tashqaridagi talabalar uchun ijtimoiy sug’urta qilib beriladi;
  4. Undan tashqari, oʻqish davomida paydo boʻladigan boshqa xarajatlar (masalan, tibbiy sugʻurta, madaniy faoliyat, davlat ichida transportdan foydalanish kabi) ham dastur tashkilotchilari tomonidan qoplab beriladi.

*Stipendiya oʻqish xarajatlarini qoplamaydi. Toʻliq taʼlumot: SHU YERDA.

Talablar:

Stipendiya dasturiga nomzodlar uchun qoʻyilgan talablar quyidagicha:

1. Nomzod Fransiya universitetlaridan birining:

  • Huquq;
  • Iqtisodiyot va menejment;
  • Injenerlik (texnika), aniq va tabiiy fanlar;
  • Siyosiy fanlar yoʻnalishlardan birida magistratura yoki aspiranturasida oʻqiyotgan boʻlishi;

2. Nomzod magistratura uchun 30 yoshgacha va aspirantura uchun 35 yoshgacha boʻlishi;

3. Fransuz millatidan boshqa millat vakili boʻlishi;

4. Oʻqiyotgan mutaxassisligi doirasida qabul qilingan til bilish darajasiga mos kelishi;

5. Fransiya hukumati tomonidan beriladigan stipendiya dasturlarida avval ishtirok etmagan boʻlishi kerak.

Dasturga qabul jarayoni:

Nomzodlarning arizalari 2019-yil 11-yanvarga qadar qabul qilinadi.

Saralash natijalari 2019-yil 25-martda https://www.campusfrance.org saytida eʼlon qilinadi.

Hujjat va ariza topshirish uchun nomzod oʻqiyotgan universitet maʼmuriyatiga yoki yurtimizdagi Fransiya elchixonasi (Embassy of France in Tashkent)ga murojaat qilishi lozim. Manzil: Istiqbol 25, Toshkent; Rasmiy sayt: http://www.ambafrance-uz.org/; Telefon: (+998 71) 233 53 82, (+99871) 233 53 84. Nomzodning hujjatlarini dasturga universitet topshiradi.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!