×

Oʻzbekiston: Eng yaxshi ixtirochi va ratsionalizatorlar respublika tanlovi


Grant

MUHLAT

15.09.2025

QOLGAN VAQT

27 kun

HUDUD

O'zbekiston

O'QILGAN

83 marta

Innovatsion rivojlanish agentligi tomonidan ixtirochilik va ratsionalizatorlik bo‘yicha o‘tkaziladigan ko‘rgazmalar doirasida Ixtirochilik va ratsionalizatorlik ko‘rik-tanlovi e’lon qilinmoqda. Tanlovning asosiy maqsadi ixtirochilar va ratsionalizatorlarning innovatsion ishlanmalarini qo‘llab-quvvatlash, yangi texnologiyalarni amaliyotga tatbiq etishga ko‘maklashishdan iborat.

Tanlov ikki bosqichda o‘tkaziladi:

  • 1-bosqich – Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri miqyosida tashkil etilgan ko‘rgazmalarda ishtirok etganlar orasidan tanlab olingan eng yaxshi ixtiro, foydali model yoki ratsionalizatorlik takliflar egalari Tanlovning hududiy bosqichi g‘olibi deb topiladi hamda respublika bosqichiga yo‘llanma oladi;
  • 2-bosqich – respublika bosqichida ishtirok etish uchun yo‘llanma olganlar “InnoWeek – 2025” – Innovatsion gʻoyalar xalqaro haftaligi ko‘rgazmasida ishtirok etadi va ular orasidan tanlab olingan 3 nafar eng yaxshi ixtiro, foydali model yoki ratsionalizatorlik takliflar egalari tanlovning respublika bosqichi g‘olibi deb topiladi.

Grant kimlar uchun?

16–40 yoshdagi ixtirochi va ratsionalizatorlar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

G‘oliblar “InnoWeek – 2025” – Innovatsion g‘oyalar xalqaro haftaligi doirasida taqdirlanadi.

Ixtirochilik va ratsionalizatorlik bo‘yicha o‘tkaziladigan ko‘rik-tanlovlar g‘oliblariga quyidagi miqdorda bir martalik pul mukofotlari berilishi nazarda tutilgan:
  • 1-o‘ringa — bazaviy hisoblash miqdorining 300 baravari;
  • 2-o‘ringa — bazaviy hisoblash miqdorining 250 baravari;
  • 3-o‘ringa — bazaviy hisoblash miqdorining 200 baravari;

Talablar:

Ishtirok etish uchun talablar quyidagicha:

  • Tanlovda O‘zbekiston Respublikasining barcha hududlaridan (O’zbekiston fuqarosi bo’lishi kerak) 16 dan 40 yoshgacha bo‘lgan ixtirochi va ratsionalizatorlar qatnashish huquqiga ega.
  • Aniq ixtiro, foydali model yoki ratsionalizatorlik taklifiga ega bo‘lishi lozim.
  • Hududiy ko‘rgazmada ishtirok etganini tasdiqlovchi ma’lumotni Platformaga yuklashi kerak.
  • Ilgari o‘tkazilgan tanlovlarda ishtirok etgan taklif arizalari Tanlovdan chetlashtiriladi.
  • Tashkilotchilar, homiylar xodimlari va komissiya a’zolarining yaqin qarindoshlari qatnasha olmaydi.

Tanlovga taqdim qilingan ixtiro, foydali model yoki ratsionalizatorlik takliflarini baholash quyidagi mezonlar bo‘yicha amalga oshiriladi:

  • energiya va resurslarni tejash, zamonaviy texnologiyalar va yangi materiallar yaratish hamda ulardan foydalanish; 
  • ekologiyaga mosligi (atrof muhitni himoyalash bo‘yicha muammolarni hal qilish);
  • mehnat sharoitlarini yaxshilash, insonlar uchun qulaylik yaratish; 
  • obyektni ishlab chiqilish darajasi (foydalanishga tayyorligi: sinov-sanoat yoki dastlabki namuna va b.)
  • eksportga mo‘ljallanganligi; 
  • importning o‘rnini bosishi. 
  • ixtiro yoki foydali modelga patent olinganligi.

Tanlov natijalari bo‘yicha g‘oliblar Platformada (ixtiro.ilmiy.uz) Respublika komissiyasi a’zolarining ovoz berishi orqali aniqlanadi.

Dasturga qabul jarayoni:

Ariza topshirish uchun nomzodlar 2025-yil 14-sentyabr 23:55 gacha BU YERDAN ro‘yxatdan o‘tishi va quyidagi kerakli hujjatlarni yuklashi zarur:

  • ixtiro, foydali model yoki ratsionalizatorlik taklif asosidagi ishlanma fotosurati yoki sxemasi (pdf/jpeg).
  • ixtiro, foydali model yoki ratsionalizatorlik taklif tavsifi matni (imzo qo‘yilgan holda, pdf va uning matn redaktori dasturidagi (doc/docx) shakli);
  • taklif tashkilotda/jamoaviy yaratilgan bo‘lsa, taklifning tanlovda ishtiroki bo‘yicha hammualliflarining rozilik xati (pdf);
  • patent yoki ratsionalizatorlik taklifi guvohnomasi nusxasi (pdf);
  • taklif joriy etilgan bo‘lsa, litsenzion kelishuv shartnomasi nusxasi (pdf)

Tanlovga loyiha topshirishda ishtirokchi tomonidan quyidagilar amalga oshiriladi:

  1. Ilmiy va innovatsion faoliyat bilan shugʻullanuvchi jismoniy shaxslarni identifikatsiya qilish tizimi (id.ilmiy.uz) orqali roʻyxatdan oʻtishi;
  2. Identifikatsiya raqami (ScienceID) orqali Platformaga (ixtiro.ilmiy.uz) kirishi va loyiha talabnomasini shakllantirish lozim.

Eslatma: ishlanma muallifi bo‘lmagan shaxslar tomonidan taqdim etilgan hamda platformaning majburiy bo‘limlari to‘ldirilmagan arizalar tanlovga qabul qilinmaydi.

Dasturga topshirishdan avval rasmiy e’lon bilan yaxshilab tanishib chiqing. 

Qo’shimcha ma’lumot uchun: +99871 203-32-23 (244 / 416).

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!