×

EPFL Summer Research Program: bakalavriat va magistratura talabalari uchun yozgi tadqiqot dasturi; 4500 dollar stipendiya, safar xarajatlari qoplanadi!


Grant

MUHLAT

15.11.2025

QOLGAN VAQT

8 kun

HUDUD

Shveytsariya

O'QILGAN

15344 marta

Shveytsariyadagi Lozanna federal politexnika institutining (EPFL) Hayot haqidagi fanlar maktabi (School of Life Sciences) xalqaro talabalarga yozgi haq toʻlanadigan tadqiqot dasturini taklif etadi. Dastur ishtirokchilari 8 hafta davomida Jeneva yoki Lozanna shahridagi laboratoriyalardan birida tadqiqot guruhi tarkibida tadqiqot mashgʻulotlarida qatnashadi.

Dastur biologiya, biofizika, kimyo, bioinjeneriya, bioinformatika, miqdoriy biologiya va boshqa hayot haqidagi fanlar sohasi boʻyicha tahsil olayotgan kamida 2-kursni bitirgan bakalavrlar va 1-kurs magistrlar uchun ochiq.

Eslatma: Hayot haqidagi fanlar oʻz ichiga koʻplab sohalarni qamrab oladi, bu sohalar bilan BU YERDA tanishing.

Yozgi tadqiqot dasturi haqida qisqacha maʼlumot:

  • Har yili 20-25 nafar talaba qabul qilinadi.
  • 8 haftalik laboratriyadagi tajriba.
  • Ilmiy xodimlar tomonidan mentorlik.
  • Ilmiy seminarlarda ishtirok etish imkoniyati.
  • Juma kungi ilmiy tadbirlar.
  • Yopilish marosimi.
  • Ijtimoiy mashgʻulotlarga boy dastur, jumladan, Alp togʻlariga bir kunlik sayohat, professorlar uyida barbikyu va CERN tashkiloiga ekskursiya.

Navbatdagi tadqiqot dasturi odatda 2026-yil 3-iyuldan 27-avgustgacha davom etadi.

Grant kimlar uchun?

Bakalavriat va magistratura talabalari uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Daturga qabul qilinganlar quyidagi iqtisodiy imtiyozlar bilan taʼminlanadi:

  • 2 oylik tadqiqot dasturi uchun jami 3600 CHF (taxminan 4524 AQSH dollari) stipendiya ajratiladi, bu turar joy va yashash xarajatlarini qoplaydi. Turar joy talabalar uchun oldindan band qilinadi va ijara haqi oldindan shu stipendiyadan toʻlanadi.
  • Shveytsariyada borish va qaytish xarajatlarining katta qismi qoplanadi. Xorijiy davlatlardan boruvchilarga 1000 CHF (taxminan 1256 dollar), qisqaroq masofadan boruvchilarga 500 CHF (taxminan 628 dollar) mablagʻ yoʻl xarajatlari uchun kompensatsiya sifatida beradi.

Talablar:

Nomzodlar uchun qoʻyilgan talablar quyidagilardan iborat:

  • Shveytsariyadan boshqa istalgan mamlakat fuqarolari ariza topshira oladi.
  • Nomzod dastur boshlanishidan oldin kamida 2-kursni bitirgan bakalavriat talabasi yoki 1-kurs magistratura talabasi boʻlishi lozim.
  • Nomzod biologiya, biofizika, kimyo, bioinjeneriya, bioinformatika, miqdoriy biologiya, genetika va boshqa hayot haqidagi fanlar sohasi boʻyicha tahsil olayotgan boʻlishi lozim.
  • Oʻrtacha baho (GPA) 4 lik tizimda kamida 3,75 ball boʻlishi lozim. Bu 100 lik tizimda 94 ball degani.
  • Nomzod hayot haqidagi fanlar sohasida karyera qilishga kuchli qiziqishi kerak.
  • Ingliz tilini yetarli darajada bilish kerak.

Dasturga qabul jarayoni:

Navnatdagi dasturga arizalar 2025-yil 15-noyavrgacha qabul qilinadi. Arizalar maxsus platforma orqali topshiriladi.

Nomzod ariza topshirishda 3 tagacha ishtirokchi laboratoriyani tanlashi mumkin. Laboratoriyalar roʻyxatini BU YERDAN topasiz.

Onlayn ariza shaklida nomzoddan quyidagilarni topshirsh/kiritish soʻraladi:

  • Shaxsiy insho savollariga javoblar.
  • Tanlangan laboratoriyalarga oid ilmiy savollarga javoblar.
  • Universitetda olingan baholar.
  • 1 nafar tavsiya beruvchining kontakt maʼlumotlari (ismi, ishlaydigan muassasasi va email manzili). Undan siz uchun tavsiyanoma berish soʻraladi.

Yuqoridagi hujjatlar/insholar talablari BU YERDA batafsil berilgan.

Ingliz tilini bilish darajasini isbotlovchi hujjat (IELTS, TOEFL va hk) talab etilmaydi. Agar nomzodning ingliz tili darajasini tekshirish ehtiyoji paydo boʻlsa, nomzod bilan Zoom yoki Skype orqali suhbat qilinadi.

Nomzodlar ariza shaklida topshirgan hujjat va maʼlumotlari asosida saralanadi. Oldin laboratoriyada faoliyat yuritish tajribasiga ega ekanlik ham tanlash jarayonida ijobiy taʼsir qiladi.

Nomozodlar qabul yakunlangach odatda 3 hafta ichida qabul natijalari haqida email orqali xabardor qilinadi.

MUHIM: Ariza topshirishga kirishishdan oldin dasturning rasmiy saytidagi maʼlumotlar va koʻp berildigan savollarga javoblarni diqqat bilan oʻqib chiqing.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!