×

Estoniya: Magistratura uchun oyiga 350 yevrolik stipendiya


Grant

MUHLAT

01.05.2018

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Estoniya

O'QILGAN

4187 marta

Estoniya hukumatining magistraturada o’qishni xohlovchi xalqaro talabalar uchun stipendiya dasturiga arizalar qabul qilish jarayoni boshlandi. Grantlar Estoniya universitetlarida mavjud yo’nalishlar uchun ajratiladi.

Grant kimlar uchun?

Magistraturada o'qishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Grant dasturi doirasida talaba oqishni tamomlagunga qadar har yili 12 oy davomida oyiga 350 yevro miqdorida mablag’ bilan ta’minlanadi. O’qishning eng so’nggi yilida stipendiya 10 oy to’lanadi. Stipendiya davomiylgigini ta’minlash uchun talaba har o’quv yili yakunida yillik kurs ishlarining kamida 75% ni muvaffaqqiyatli topshirgan bo’lishi kerak. Akademik ta’til olingan vaqtda yoki o’quv dasturi belgilangan muddatdan cho’zilgan vaqt uchun stipendiya taqdim etilmaydI. Stipendiya dasturi talabaning boshqa turdagi xarajatlarini (kontrakt puli, tibbiy sug’urta va hk) o’z ichiga olmaydi.

Talablar:

Nomzod quyidagi talablarga mos bo’lishi lozim:

  1. Nomzod ingliz tilini yaxshi bilishi kerak
  2. Estoniya fuqarolari grantga ariza topshirishlari mumkin emas
  3. Nomzod Estoniya OTMlaridan biriga qabul qilingan yoki xujjat topshirayotgan bo’lishi kerak.

Dasturga qabul jarayoni:

Topshirilishi lozim bo’lgan hujjatlar:

  1. Ariza va motivatsion xat. Ushbu hujjatlar onlayn tizim orqali taqdim etiladi. Ariza to’ldirish jarayonini boshlash uchun royxatdan o’tish kerak.
  2. Nomzodning Estoniya OTMlaridan biriga qabul qilinganligi yoki xujjat topshirganligini isbotlovchi hujjat
  3. Pasport nusxasi.

Barcha hujjatlar eston yoki ingliz tilida bo’lishi kerak. Agar asl hujjat boshqa tilda bo’lsa rasmiy tarjimasi taqdim etilishi zarur. Nomzoddan ingliz tilini yaxshi bilish talab etiladi, shuning uchun ariza va motivatsion xat ingliz tilida bo’lishi shart.  Chala to’ldirilgan, yolg’on ma’lumot berilgan yoki kechikkan arizalar ko’rib chiqilmaydi. Taqdim etilgan hujjatlar nomzodga qaytarilmaydi.

Estoniya OTM lariga qabul alohida jarayon bo’lib, nomzodga stipendiya to’lanishidan oldin uning OTMga qabul qilinganligi tasdiqlanishi shart.

Qo’shimcha ma’lumotlar:

  1. Dastur kordinatori: Helen Kärner-Gavrilin, helen.karner-gavrilin@artun.ee
  2. Estoniya Musiqa va Teatr Akademiyasi: Hanneleen Pihlak, hanneleen@ema.edu.ee
  3. Estoniya Biznes Maktabi: Liina Reimann, liina.reimann@ebs.ee
  4. Estoniya Tabiiy fanlar Universiteti: Eda Tursk, eda.tursk@emu.ee
  5. Tallinn Texnologiya Universiteti: Study@ttu.ee
  6. Tallinn Universiteti: admissions@tlu.ee
  7. Tartu Universiteti: admissions@ut.ee.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!