English Speaking Nation: Secondary Teacher Training (ESN:STT) dasturi AQShning O’zbekistondagi elchixonasining Jamoatchilik bilan aloqalar bo’limining dasturi va Xalqaro Ta’lim bo’yicha Amerika Kengashlari tomonidan Xalq ta’limi vazirligi bilan yaqin hamkorlikda amalga oshiriladi. Dastur O’zbekistondagi ingliz tili o’qituvchilari trenerlari va o’rta maktab ingliz tili o’qituvchilari uchun malakasini oshirishning yaxlit imkoniyatini taklif etadi. ESN dasturi 15000 dan ortiq o’rta maktab ingliz tili o’qituvchilarini va 1000 dan ortiq o’qituvchi murabbiylarni o’quvchilarning tilini o’rganishni yaxshilaydigan o’qitish va malaka oshirish amaliyotidan foydalanishga tayyorlash orqali ingliz tili bo’yicha bilim va ko’nikmalarni yaxshilaydi.
Ushbu dastur uch boshqichda amalga oshiriladi. Birinchi bosqichda tayyorgarlikdan o’tgan o’qituvchilar TESOL Core certificate program dasturi hamda dars metodikasini o’rgatuvchi qo’shimcha 2 haftalik treningdan o’tadilar. Birinchi bosqich uchun tanlab olingan o’qituvchilar TESOL sertifikatiga ega bo’lishlari mumkin bo’ladi. ESN:STT dasturining ushbu birinchi bosqichi Core Teacher Trainer program deb ataladi, chunki bu treningdan o’tgan o’qituvchilar boshqa o’qituvchilarga o’zlari dasturda o’rgangan bilimlarni o’rgatishlari kerak bo’ladi. Hozirda Core Teacher Trainers dasturiga arizalar qabul qilinmoqda. Dastur haqida batafsil
Grant kimlar uchun?
Ingliz tili o'qituvchilari va malaka oshirish murabbiylari uchun
Batafsil ma'lumot uchun link
Grantning manfaatli jihatlari:
Dasturga qabul qilingan o’qituvchilar:
- TESOL Core Certificate dasturida ishtirok etish;
- TESOL va George Mason universiteti hamkorligida tayyorlangan 2 haftalik treningda ishtirok etish;
- Ingliz tilini va ingliz tili o’qituvchilarini o’qitish bo’yicha kuchli va intensiv malaka oshirish dasturi natijasida o’z mahoratlarini oshirish imkoniyatiga ega bo’ladilar. Batafsil
Dasturda eng yaxshi natijalarni qayd etgan o’qituvchilar ESN Master Trainer dasturida ishtirok etish imkoniyatini qo’lga kiritadilar. ESN Master Trainer’ga aylangan o’qituvchi ESN Core Teacher Trainers dasturini amalga oshirishda ishtirok etadilar.
Talablar:
- Nomzod O’zbekiston fuqarosi bo’lishi kerak.
- Nomzod malaka oshirish instituti yoki maktabda ingliz tili o’qituvchisi, ingliz tili o’qituvchilari uchun murabbiy yoki kafedraning to’liq a’zosi sifatida faoliyat yuritayotgan bo’lishi kerak.
- Nomzod og’zaki va yozma ingliz tilini yaxshi bilishi kerak.
- Core Teacher Training dasturini tamomlagach, kamida 3 yil davomida boshqa ingliz tili o’qituvchilariga murabbiylik qilishi kerak.
- Quyidagi ro’yxatdagi barcha kerakli ma’lumotlarni taqdim etishi kerak.
- Nomzod kamida bakalavr darajasiga va maktab o’qituvchilari malakasini oshirishda kamida 3 yil ish tajribasiga ega bo’lishi kerak.
Dasturga qabul jarayoni:
Dasturga arizalar 2020-yil 15-oktyabrgacha bu yerda topshiriladi. Ariza topshirish oldidan hujjat topshirish yo’riqnomasi bilan tanishib chiqing. Agar onlayn ariza to’ldirishda muammolar bo’lsa, esn@americancouncils.org elektron manzili orqali American Councils bilan bog’laning. Manzil:
American Councils for International Education
English Speaking Nation Program
12 Shota Rustaveli Street
Grand Business Center, Office #208
Yakkasaroy District
100070 Tashkent, Uzbekistan
Tel: +998 78 150 71 50
Dastur bo’yicha savollaringizga ko’p so’raladigan savollar sahifasidan javob olishingiz mumkin.