×

Estoniyaning Tartu universitetida magistratura dasturi


Grant

MUHLAT

15.04.2016

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Estoniya

O'QILGAN

1579 marta

Estoniyaning Tartu universiteti Yevropadagi peshqadam universitetlardan biri hisoblanadi. Universitet magistratura  bosqichi uchun xalqaro talabalardan arizalarni qabul qiladi. Dastur ikki yil davom etadi va u ingliz tilida olib boriladi.

Quyidagi yo’nalishlarda o’qish taklif etiladi:

Demokratiya va davlat boshqaruvi;
Xalqaro munosabatlar va mintaqaviy fanlar;
Yevropa Ittifoqi va Rossiya fanlari;
Boltiq bo’yi mamlakatlari fanlari.

Grant kimlar uchun?

BAKALAVRNI TAMOMLAGANLAR UCHUN

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

  • Barcha o’qish xarajatlari qoplanadi.

Talaba yashash xarajatlari, tibbiy sug’urta, turar-joy va safar xarajatlarini o’z bo’yniga oladi.

Talablar:

Kim uchun:

  • Bakalavr diplomiga ega;
  • Ingliz tilini bilishini tasdiqlovchi test natijasiga ega (IELTS 5.5, TOEFL iBT 75) nomzodlar.

Dasturga qabul jarayoni:

Ariza to’ldirish tartibi:

  • To’ldirilgan onlayn ariza SHU YERDA;
  • Dasturda ishtirok etishdan maqsadlarini ifodalagan qisqa insho;
  • Diplom va uning baholar kitobchasining original rasmiy nusxasi;
  • Diplom va uning baholar kitobchasining ingliz tiliga rasmiy tarjimasi;
  • Ingliz tilini bilishini tasdiqlovchi test natijasi (Test markazi tomonidan yuborilishi kerak);
  • Pasportning barcha betlaridan nusxa.

Ariza natijasi haqida 2016-yilning iyun oyida xabar beriladi.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!