×

Ko‘p so‘raladigan savollar


Ro‘yxatdan o‘tish uchun “Ro‘yxatdan o‘tish” tugmasini bosib, so‘ralgan joylarga telefon raqamingiz, parolingiz va ism familiyangizni kiritib “Saytga a’zo bo’lish” tugmasini bosing. Bundan tashqari agarda sizning Facebook, Google, Instagram, Mail.ru, Odnoklassniki, Twitter, VKontakte va Telegram ijtimoiy tarmoqlari orqali ham ro’yxatdan o’tishingiz mumkin.

Agar Siz kalit so‘zini(parolingizni) unutgan bo‘lsangiz, “Kirish” tugmasini bosing va pastdagi “Parolni unutdingizmi?” tugmasini bosing va ro‘yxatdan o‘tgan email manzilgingizni kiriting. Elektron pochtangizga parolingizni tiklash uchun havola yuboriladi. Yoki istalgan vaqtda (agarda saytimizda ro’yxatdan o’tgan email orqali kirgan bo’lsangiz) ijtimoiy tarmoq orqali kirishingiz mumkin.

Oylik tarif obunachi ulangandan boshlab, 30 kunni tashkil etadi.

Yarim yillik tarif faollashtirilganda 180 kun davomida amal qiladi.

Bir yillik tarif xarid qilinganda uning amal qilish muddati 365 kun hisoblanadi.

Obuna amal qilish muddatidan boxabar bo‘lish uchun shaxsiy sahifangizning “Mening balansim” bo’limiga kirishingiz kerak. Bu yerda “Joriy obuna holati” chizig‘ida obunangizning muddati ko‘rasatiladi.

Saytimizda beriladigan grantlarga hujjat tayyorlashga ko‘maklashish xizmatimiz mavjud. Bu bo‘yicha jamoamizning ko‘p yillik tajribaga ega bo‘lgan alohida vakillari xizmat ko‘rsatishga tayyor.

Barcha seminarlarimizning video yozuvlari saytimizning “Video seminarlar” bo‘limida mavjud. Shuningdek, ularni ofisimizdan sotib olib ketishingiz ham mumkin.

Avvalo, biz mazkur masalada jismoniy va yuridik shaxslar bilan hamkorlik qilishdan hamisha mamnunmiz. Buning uchun siz saytimizning “Grant taklif qilish” bo‘limiga yoki info@grantlar.uz elektron pochtamizga xabar yuborish orqali biz bilan aloqa o‘rnatishingiz mumkin. Reklama nashri uchun “Reklama xizmati” bo‘limi bilan batafsil tanishib chiqishingiz maqsadga muvofiq.

Biz respublika va xalqaro miqyosdagi grantlar haqida ma’lumot beruvchi va berilgan grantlarga o‘rnatilgan tartibda pullik xizmat ko‘rsatish qobiliyatiga egamiz, xolos.

Ha, premium obunachilarga bir grant doirasida savollarga javob beramiz. Buning uchun shaxsiy sahifangizdagi “Xabarlar” bo’limi orqali murojaat yo’llashingiz mumkin. Afsuski, biz har bir murojaatchiga bir qancha turdagi grantlar yuzasidan maslahat berish imkoniga ega emasmiz. Biz har oyda Toshkentda Premium obunachilar uchun seminarda ishtirok etish yoki mazkur seminarning video variantini tomosha qilib, o‘zingizga kerakli ko‘nikmalar olish imkoniga egasiz.

Bunday vaziyatga tushmaslik uchun avvalo, belgilangan amallarni to‘g‘ri bajarganigizga ishonch hosil qiling. Ketma-ketliklar adashishlarsiz birinchi galda to‘lov, so‘ngra pochta to‘lov tasdig‘i bo‘lishi shart. Barcha amallar xatosiz amalga oshirilib hisobdan mablag‘ yechilsa-yu, lekin premium obuna faollashtirilmagan bo‘lsa bu xususda saytimizning info@grantlar.uz  elektron pochtasiga xabar yuborishingiz mumkin.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!