×

Filippin: Osiyo Taraqqiyot Banki ofisida 26 haftagacha amaliyot dasturi; oylik 2 070 AQSh dollar stipendiya!


Grant

MUHLAT

15.09.2019

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Filippin

O'QILGAN

2059 marta

Osiyo Taraqqiyot Banki Filippinning Manila shahrida joylashgan shtab-kvartirasi axborot texnologiyalari muhandisligi va muhandislik sohasi mutaxassislarini Intern – Solutions Delivery Division, OIST stajirovka dasturida qatnashishga taklif etadi. Dasturda qatnashuvchi nomzod Filippinning Manila shahrida joylashgan shtab-kvartirasida amaliyot oʻtaydi. Dastur 2020-yil yanvarda boshlanadi va 10-26 hafta(koʻpi bilan56 kalendar kun)gacha davom etishi mumkin. Dasturning aniq sanasi tashkilotchi tomonidan ma’lum qilinadi. Nomzod ayni vaqtda kompyuter yoki fanlararo texnika boʻyicha magistratura/PhD kursida oʻqiyotgan boʻlishi kerak. Amaliyot mavzusi: “Implementation of a Data Governance Framework and a new data platform”. Amaliyot davomida ishtirokchilar quyidagi vazifalarni bajaradi:

  • Review and maintain the inventory of the Critical Data Elements.
  • Review the defined data management standards and processes.
  • Participate in the implementation of the Master Data Management tool.
  • Participate in the implementation of the new Data Warehouse.
  • Participate in the migration of the existing reports and dashboards to the new data platform.

Grant kimlar uchun?

IT va kompyuter fanlari mutaxassislari uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Dasturda ishtirok etish inkoniyatiga ega boʻlgan nomzodlarning xarajatlari uchun kunlik 69 USD(oyiga taxminan 2 070 USD) stipendiya beriladi.

Talablar:

Nomzod quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  1. Nomzod ADB a’zosi boʻlgan istalgan davlat fuqarosi boʻlishi mumkin.
  2. Nomzod IT muhandisligi/muhandislik/matematika/statistika/ kabi mos keladigan turdosh soha boʻyicha bakalavr/magistr diplomiga ega boʻlishi zarur.
  3. Nomzod IT/kompyuter texnologiyalari boʻyicha ish tajribasiga ega boʻlishi lozim.
  4. Nomzod ingliz tilini yaxshi bilishi va erkin soʻzlasha olishi kerak.
  5. Dastur tugaganda nomzod oʻz vataniga qaytib ketishi kerak.
  6. Nomzod ayni vaqtda IT muhandisligi/muhandislik/matematika/statistika/ kabi mos keladigan turdosh soha boʻyicha magistratura/PhD kursida oʻqiyotgan boʻlishi kerak.

Barcha talablar: shu yerda.

Dasturga qabul jarayoni:

  1. Dasturga hujjatlarni qabul qilish 2019-yil 15-sentabrgacha.
  2. Hujjat topshirishdan avval: barcha talablar bilan batafsil tanishib chiqing.
  3. Hujjat topshirish uchun avval ADB(ACES) saytidan roʻyxatdan oʻtish kerak.
  4. Agar ma’lumotlaringiz talablarga javob bersa, Apply for this Vacancy yozuvini bosib, ariza toʻldiring.
  5. ““Attachments””ga soʻraglan hujjatlarni yuklang.
  6. Jarayonda biror savol yoki muammo tugʻilsa: shu yerga murojaat qiling.

Ariza toʻldirayotganingizda quyidagi ma’lumotlar soʻraladi (taxminiy):

  • CV/resume.
  • Ayni vaqtda magistratura/PhD kursida oʻqiyotganlik haqida ma’lumotnoma.
  • Bakalavr/magistr diplomi va diplom ilovasi.
  • Esse. Har bir savol boʻyicha 1500 tagacha soʻz hajmda esse yozib MS Word yoki PDF formatda tizimga joylaysiz. Esse mavzulari:
  1. Describe one example of your experience that demonstrated your interest in working in ADB.
  2. Highlight your qualifications that will help accomplish this internship assignment (e.g., coursework, research, work experience, etc.).
  • Shaxsiy ma’lumotlar soʻralishi mumkin.
  • Tillarni qay darajada bilishi haqida ma’lumot talab qilinishi mumkin.
  • Ish tajribasi haqida soʻralishi mumkin.

Nomzodlarni saralash ularning sohaga oid bilim, malaka va koʻnikmalari, kasbiy tajribasi, til bilish darajasi, suhbat kabilarga koʻra amalga oshiriladi.

Natijalar dedlayndan keyin imkon qadar tez vaqt ichida xabar qilinadi.

Murojaat uchun:  shu yerga murojaat qiling, yoki:

6 ADB Avenue, Mandaluyong City 1550, Metro Manila, Philippines

Telefon:  +63 2 632 4444; +63 2 636 2444

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!