Poetry Society tashkiloti tomonidan har yili sheʼriyat sohasida ijod qiluvchi yoshlar uchun The Foyle Young Poets of the Year Award tanlovi tashkil etib kelinmoqda. Tanlovning bu yilgi mavsumiga isteʼdodli shoirlar Vanessa Kisuule va Jack Underwood hakamlik qiladi.
Ushbu tanlov 11-17 yoshdagi sheʼriyat sohasida qalam tebratuvchi yoshlarni qoʻllab-quvvatlash, isteʼdodli yoshlarni ragʻbatlantirish maqsadida tashkil etilgan. Tanlovda har yili butun dunyo mamlakatlaridan koʻplab yosh shoirlar oʻzlarining ingliz tilidagi sheʼrlari bilan qatnashadi.
Tanlovga sheʼrlar ingliz tilida qabul qilinadi.
Grant kimlar uchun?
11-17 yoshdagi sheʼr yozishga qiziquvchilar uchun
Batafsil ma'lumot uchun link
Grantning manfaatli jihatlari:
Tanlov boʻyicha har yili 100 nafar (15 ta eng yaxshi hamda 85 ta eʼtirofga loyiq) ishtirokchi taqdirlanadi. Bunda:
- Eng yaxshi 15 nafar ishtirokchining sheʼrlari gʻoliblarning bosma antologiyasida chop etiladi hamda maktablar, kutubxonalar va sheʼriyat ixlosmandlariga tarqatiladi. Antologiya internetda ham chop etiladi.
- 85 nafar eʼtirofga sazovor shoirlarning ishlari onlayn antologiyada, ismlari esa bosma antologiyada chop etiladi.
- Eng yaxshi 15 gʻolib nufuzli Arvon markazlaridan birida tashkil etiluvchi yozuvchilik kursiga taklif qilinadi yoki professional shoirdan doimiy maslahat olish imkoniyatiga ega boʻladi. Batafsil BU YERDA tanishing.
- Barcha 100 gʻoliblar Poetry Society tashkilotining bir yillik Yoshlar aʼzoligiga ega boʻladilar hamda ularga homiylar tomonidan kitoblar va boshqa qimmatbaho sovgʻalar beriladi.
- 100 nafar gʻoliblar Poetry Society tashkilotining doimiy qoʻllab-quvvatlashi va ragʻbatlaridan foydalanadi. Oʻtgan yili gʻolib ishtirokchilar BBC Radio 3, BBC Radio 4, BBC Radio 6, The Times va The Guardian telekanallarida namoyish etildi. Qolaversa, Ledberi sheʼriyat festivali, Wenlock sheʼriyat festivali, Library Club, Royal Albert Halldagi Proms Lates kabi tadbirlarda qatnashish imkoniyatiga ega boʻlishgan.
Talablar:
Tanlovda 2024-yil 31-iyul holatiga koʻra, 11-17-yosh orasida boʻlgan barcha ishtirok etishi mumkin
Tanlov qoidalari quyidagicha:
- Tanlov uchun ishtirokchilar bir nechta sheʼr joylashlari mumkin. Biroq sheʼrlarning soniga emas, sifatiga eʼtibor berish va faqat eng yaxshilarini yuborish tavsiya etiladi.
- Tanlovda qatnashish bepul va istalgan mavzudagi boʻlishi mumkin.
- Sheʼrlar 40 qatordan oshib ketmasligi kerak.
- Sheʼrlar avval hech qayerda nashr etilmagan boʻlishi kerak. Jumladan, antologiya, jurnallar, yakka toʻplamlar, maktab nashrlari, maktab xabarnomalari; onlayn saytlar, shu jumladan, bloglar va onlayn jurnallar; Twitter, Facebook yoki Instagram kabi ijtimoiy tarmoqlarda chop etilmagan boʻlishi kerak.
- Sheʼrlar biron bir mintaqaviy, milliy yoki onlayn telekanal, qolaversa, biron bir radio platformasi orqali eshittirilmagan hamda boshqa tanlovlarda tanlovda gʻolib boʻlmagan boʻlishi kerak.
- Sheʼrlar ishtirokchi tomonidan yozilgan boʻlishi shart (barcha tanlangan sheʼrlarda plagiat uchun tekshiruv oʻtkaziladi).
- Sheʼrlar ingliz tilida yozilishi kerak, lekin ishtirokchilar oʻz ona tilidagi yoki boshqa tildagi iboralardan foydalanishi mumkin. Agar ingliz imo-ishora tilida yoki Brayl alifbosida yozuv kiritmoqchi boʻlganlar, fyp@poetrysociety.org.uk email manzili orqali murojaat qilishi zarur.
MUHIM: Yuqoridagi shartlar umumiy tarzda keltirilgan. Barcha shartlar bilan batafsil tanishish uchun BU YERGA kiring.
Dasturga qabul jarayoni:
Tanlovga arizalar onlayn tarzda 2024-yil 31-iyulgacha qabul qilinadi. Onlayn arizalarni BU YERDA topshirish mumkin (“Enter” tugmasini bosing). Shuningdek, arizalarni qogʻoz shaklida pochta orqali ham yuborish mumkin. Bunda arizalar quyidagi manzilga yuborilishi kerak: FYP2024, The Poetry Society, 22 Betterton Street, London WC2H 9BX.
Bir nechta nomzodlarning sheʼrlarini birgalikda topshirishda maktablar, yoshlar guruhlari yoki individual voyaga yetgan shaxs ham yordam berishi mumkin. Bu qanday tartibda amalga oshirilishi bilan BU YERDA tanishing (Schools/Youth Groups).
Ariza topshirish boʻyicha eslatmalar:
- Tanlov uchun yuborilgan arizalar hech qanday holatda qaytarilmaydi. Yuborilgan barcha sheʼrlarni yozib qoʻyganingizga ishonch hosil qiling va faqat nusxalarini yuboring.
- Arizalar elektron pochta orqali qabul qilinmaydi. Rasmiy sayt orqali onlayn roʻyxatdan oʻtib ariza topshirishni yakunlash mumkin. Bunda biror muammoga duch kelsangiz, fyp@poetrysociety.org.uk elektron pochta manziliga murojaat qiling.
- Ushbu tanlovda ishtirok etish orqali nomzodlar oʻzlarining sheʼrlari va maʼlumotlari Poetry Society tashkiloti tomonidan, shu jumladan tadqiqot maqsadlarida ishlatilishi mumkinligiga rozilik bildiradilar.
- 11-12 yoshdagi ishtirokchilar ariza topshirish uchun uning ota-onasi yoki vasiy ruxsat berishi kerak. Ushbu ruxsatsiz siz haqingizdagi maʼlumotlar, masalan, aloqa maʼlumotlarini saqlashga ruxsat berilmaydi. Ruxsat ota-ona yoki vasiyga ruxsatnoma shaklini yuborish orqali berilishi mumkin.
- Barcha arizalar 2024-yil 31-iyulcha yuborilishi kerak. Kechiktirilgan arizalar hech qanday holatda qabul qilinmaydi.
Tanlov natijalari 2024-yil kuzida e’lon qilinadi. Tanlovning avvalgi yildagi gʻoliblari bilan BU YERDA tanishing.
MUHIM: dasturga hujjat topshirishga kirishishdan avval rasmiy eʼlon va tanlovda qatnashish qoidalari bilan yaxshilab tanishib chiqing.
Dastur bilan bogʻliq qoʻshimcha savollar bilan fyp@poetrysociety.org.uk elektron manziliga murojaat qilishingiz mumkin.