×

Fransiya: aniq fanlar boʻyicha magistratura kursi uchun oyiga 1 000 yevrogacha stipendiya!


Grant

MUHLAT

08.01.2021

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Fransiya

O'QILGAN

2505 marta

Fransiyaning Lyon shahrida joylashgan ENS de Lyon (L’École normale supérieure de Lyon) oliygohi 2021-yil kuzda boshlanadigan magistratura bosqichiga hujjat topshirgan va magistraturaning 2-bosqichiga oʻtadigan xorijlik talabalarga MILYON Scholarship grant dasturini taklif etadi. Dastur doirasida magistraturaning Advanced Mathematics va Fundamental Computer Science yoʻnalishlari uchun grantlar ajratiladi. Dasturdan maqsad aʼlochi, iqtidorli va yuqori potensialli xorijlik talabalarni moddiy jihatdan qoʻllab-quvvatlash.

Grant kimlar uchun?

Magistraturada talabalari uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Grant doirasida gʻolib talabaga oyiga 1 000 yevro miqdorida stipendiya beriladi. Grant 1 oʻquv yili (10 oy) uchun ajratiladi. Dastur shartlari bajarilganida grant keyingi oʻquv yiliga ham uzaytirilishi mumkin.

Eslatma: boshqa moddiy taʻminot dastur(lar)i boʻyicha stipendiya oladigan talabalarga ham grant ajratiladi. Lekin har ikki (yoki undan koʻp) grant boʻyicha olinadigan oylik stipendiyaning umumiy miqdori 1 000 yevrodan oshmasligi kerak.

Talablar:

Nomzod quyidagi talablarga mos bo`lishi kerak:

  1. Nomzod istalgan davlat fuqarosi boʻlishi mumkin (chet ellik nomzodlarga ustunlik beriladi).
  2. Grant ENS de Lyon magistratura kursining 1 yoki 2- bosqichida (M1/M2) oʻqish uchun ajratiladi.
  3. Nomzod 180 ECT yoki unga tenglashtirilgan ballga ega boʻlishi kerak (magistratura kursiga hujjat topshirayotganlar uchun).
  4. Nomzod magistraturaning 1-bosqichini muvaffaqiyatli tugatishi va 240 ECT toʻplashi kerak (magistraturada oʻqiydiganlar uchun).
  5. Magistraturaning Master’s program in Advanced Mathematics va Masters in Fundamental Computer Science dasturlari uchun grantlar ajratiladi.
  6. Nomzod aʻlochi boʻlishi va bu uning baholarida aks etishi kerak.

Nomzod fransuz va/yoki ingliz tilini yaxshi bilishi kerak. Grant shartlari bu yerda.

Dasturga qabul jarayoni:

Grant dasturida qatnashish uchun nomzod 2021-yil 8-yanvargacha oliygohning Master’s program in Advanced Mathematics va Masters in Fundamental Computer Science dasturlaridan biriga hujjat topshirgan boʻlishi yoki 1-kursni muvaffaqiyatli tugatishi zarur.

Grant ajratiladigan magistratura kursiga hujjat topshrish uchun nomzod shu yer orqali onlayn arizani to’ldirishi va quyidagi hujjatlarni kerakli oʻrinlarga yuklashi zarur:

  1. CV.
  2. Motivatsion xat.
  3. 2 ta tavsiyanoma.
  4. Bakalavr diplomi (endi hujjat topshirayotganlar uchun).
  5. Baholardan ko’chirma/ diplom ilovasi.
  6. Fransuz va ingliz tillarini oʻzlashtirganlik sertifikatlari (IELTS/TOEFL va DALF/DELF/TCF – Exact Sciences yoʻnalishi uchun).
  7. Fransuz tilini bilmaslik haqidagi xat (fransuz tilini bilmaydigan nomzodlar uchun).

Natijalar 2021-yil favral oyida, barcha nomzodlarga e-mail orqali eʻlon qilinadi. Batafsil

Grant haqidagi to’liq ma’lumotni oliygohning rasmiy saytidan olishingiz mumkin. Murojaat uchun

Email: international@ens-lyon.fr
Tel: +33 (0)4 37 37 66 82
Fax : +33 (0)4 37 37 63 60

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!