×

Fransiya: Bakalavriatda o’qish uchun Emile Boutmy Scholarships grant dasturi


Grant

MUHLAT

08.04.2019

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Fransiya

O'QILGAN

2152 marta

Emile Boutmy Scholarships Fransiyaning Nansi shahridagi Sciences Po (A World-Class University in The Social Sciences) Universitetiga qabul qilingan/qilinadigan, Yevropa Ittifoqidan tashqaridagi davlatlardan tashrif buyurgan talabalarga iqtisodiy ko’mak berish uchun tashkil etilgan dasturdir. Grant doirasida universitetning bakalavr kurslariga birinchi marta hujjat topshirgan, yuqori potensialli, iqtidorli va umidli yoshlarni moliyaviy qo’llab quvvatlash nazarda tutilgan.

Grant kimlar uchun?

Bakalavr bosqichidagi talabalar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Dastur nomzodlarning erishgan yutuqlari va ko’rsatkichlariga qarab quyidagi stipendiya turlarini ajratadi:

  1. Bakalavr kursining 3 yili davomida yiliga 3 000 yevro miqdorida kontrakt to’lovi uchun mablag’
  2. Bakalavr kursining 3 yili davomida yiliga 5 000 yevro miqdorida kontrakt to’lovi uchun mablag’
  3. Bakalavr kursining 3 yili davomida yiliga 7 300 yevro miqdorida kontrakt to’lovi uchun mablag’
  4. Bakalavr kursining 3 yili davomida yiliga 7 300 yevro miqdorida kontrakt to’lovi uchun mablag’ hamda kundalik harajatlar uchun yiliga 5 000 yevro miqdorida stipendiya.
  5. Faqat istisnoli holatlardagina 3 yillik o’qish to’lovi uchun 19 000 yevro birdaniga ajratilishi mumkin.

Emile-Boutmy Scholarship dasturi boshqa stipendiy dasturlari bilan bir vaqtda olinmaydi. Ajratiladigan stipendiya miqdori dastur hakamlari tomonidan belgilanadi.

Universitetda o’qish harajatlari bilan bu yerda tanishishingiz mumkin.

Talablar:

Nomzod quyidagi talablarga mos bo’lishi kerak:

  1. Grantga Yvropa Ittifoqiga kirmaydigan davlat vakillari hujjat topshirishlari mumkin
  2. Nomzod Sciences Po oliygohi bakalavr kurslaridan biriga qabul qilingan bo’lishi zarur
  3. Nomzod universitetga birinchi marta hujjat topshirgan bo’lishi kerak
  4. Nomzod o’zida favqulodda kuchli iqtidor va potensial namoyon etishi zarur
  5. Nomzod a’lochi bo’lishi kerak
  6. Nomzod univeritetga topshirgan arizasida mazkur grant dasturini asosiy tanlov sifatida ko’rsatishi kerak
  7. Nomzod bir vaqtning o’zida boshqa stipendiya dasturlariga ariza topshirishi mumkin emas
  8. Dasturga allaqachon oliygohda o’qiyotgan talabalar, PhD bosqichi talabalari yoki o’qishini shu universitetga ko’chirayotgan talabalar ariza topshira olmaydilar.

Dasturga qabul jarayoni:

Emile Boutmy Scholarship dasturiga alohida hujjat topshirish talab qilinmaydi. Buning uchun nomzod Sciences Po universiteti bakalavr kurslari uchun to’ldirilgan arizada shu grant dasturida qatnashishini ko’rsatib o’tishi yetarli bo’ladi.

Universitetga hujjat topshirish uchun esa, nomzod https://admission.sciencespo.fr platformasi orqali ro’yxatdan o’tishi kerak bo’ladi. Talab qilingan hujjatlarning barchasi 2019-yilniing 8-apreliga qadar universitetga pochta orqali jo’natilishi lozim.

Hujjat topshirish muddati tugagach, barcha nomzodlar dastur komissiyasi tomonidan saralash bosqichidan o’tkaziladi. Batafsil

Universitetga hujjat topshirish uchun talab qilinadigan hujjatlar:

  1. Ariza. Universitetga faqat onlayn arizalar qabul qilinadi.
  2. CV/Rezyume.
  3. Yuqori sinif, akademik litsey yoki kollejning ohirgi 3 yillik baholari.
  4. 2 ta tavsiyanoma.
  5. Passport nusxasi.
  6. Diplom va baholar nusxasi (origanal nusxasi va ingliz/fransuz tiliga tarjimasi bilan).
  7. Tilni bilish haqidagi sertifikat. Universitetda ingliz va fransuz tillari asosiy hisoblanadi. Shu sababli nomzod bu tillarning kamida bittasini B2 darajasida bilishi kerak. Ingliz tili uchun IELTS 7.0 yoki TOEFL 100 talab etiladi.

Barcha hujjatlar ingliz yoki fransuz tilida bo’lishi, tarjima qilingan hujjatlarning asl nusxasi va notarial tasdiqangan tarjimasi taqdim etilishi kerak.

Grant haqidagi to’liq ma’lumotni savol-javoblardan olishingiz mumkin.

Bog’lanish uchun:

Tel: +33 (0)1 45 49 50 50
Fax: +33 (0)1 42 22 31 26

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!