Fransiya davlatida joylashgan International Fashion Academy Paris (IFA Paris) 2020-yilgi bakalavr hamda magistratura bosqichlari uchun ajratilgan grant dasturiga arizalar qabul qilmoqda. Grantlar bakalavr bosqichining Fashion design and Technology yoʻnalishiga va magistratura bosqiching Master of Arts Contemporary Fashion Design yoʻnalishi uchun moʻljallangan. Dasturdan asosiy maqsad nafaqat talabalarni moddiy jihatdan qoʻllab quvvatlash, balki iqtidorli yoshlarni aniqlab ularni jahon moda olamining raqobatdosh dunyosiga olib kirishdir. Grantlar soni cheklanmagan boʻlib , belgilangan talablarga javob bera oluvchi har bir iqtidor egasi ushbu grant sohibi boʻlishi mumkin.
Grant kimlar uchun?
Bakalavriat va magistratura bosqichida oʻqishni xohlovchilar uchun
Batafsil ma'lumot uchun link
Grantning manfaatli jihatlari:
Ushbu dastur doirasida grant yutib olgan talabaga bilim darajasi hamda moliyaviy holatini hisobga olib, quyidagicha grant ajratilishi mumkin:
- Full scholarship: ushbu holatda talabaning oʻquv kontrakt toʻliq qoplab beriladi.
- Excellence scholarship: ushbu holatda oʻquv kontaktidan 40% chegirma qilinadi.
- Distinction scholarship: ushbu holatda oʻquv kontraktidan 20% chegirma qilinadi.
Talablar:
Nomzod quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:
Bakalavr bosqichi uchun talablar:
- Nomzod istalgan davlat fuqarosi boʻlishi mumkin.
- Nomzod oʻrta ta’limni toʻliq tugatgan boʻlishi lozim
- Roʻyhatdan oʻtish uchun nomzod 18 yoshga toʻlgan boʻlishi yoki IFA Paris da oʻqishni boshlaguncha belgilangan yoshga toʻlib boʻlishi lozim.
- Nomzoddan ingliz tilini bilish darajasini tasdiqlovchi sertifikat (IELTS dan kamida 5.5 ball yoki TOEFL dan kamida 65 ball) yoki oʻrta maktab ta’lim tili ingliz tilida boʻlganligini tasdiqlovchi hujjat talab qilinadi.
- Roʻyhatdan oʻtish uchun talab qilinadigan barcha hujjatlar ( oʻrta ta’lim diplomi, Rezume, motivation letter , passport oʻlchamidagi fotosur’at, passport nusxasi) ingliz tilida yoki mutaxasis tomonidan ingliz tiliga tarjima qilingan boʻlishi lozim.
- Fashion design and Technology yoʻnalishiga roʻyhatdan oʻtayotgan nomzodlar shaxsiy dizaynerlik ish namunalarini ham taqdim etishlari lozim.
- Qabul jarayonida 150 yevro toʻlovni ham amalga oshirish kerak. Nomzod bilan onlayn yoki yuzma-yuz suhbat ham oʻtkaziladi.
Magistratura bosqichi uchun talablar:
- Magistratura bosqichiga roʻyhatdan oʻtmoqchi boʻlgan nomzodlar bakalavr bosqichini Business Administration, Marketing, Media v Communication hamda Fashion Design sohalaridan birida tugatgan boʻlishi lozim.
- Nomzoddan ingliz tilini bilish darajasini tasdiqlovchi sertifikat (IELTS dan kamida 6.5 ball yoki TOEFL dan kamida 79 ball) yoki oʻrta maktab ta’lim tili ingliz tilida boʻlganligini tasdiqlovchi hujjat talab qilinadi.
- Nomzoddan sohaga oid tajriba talab etiladi (amaliyot oʻtash dasturlari ham hisobga olinadi)
- Roʻyhatdan oʻtish uchun talab qilinadigan barcha hujjatlar ( bakalavr diplomi, Rezume, motivation letter , passport oʻlchamidagi fotosur’at, passport nusxasi) ingliz tilida yoki mutaxasis tomonidan ingliz tiliga tarjima qilingan boʻlishi lozim.
- Master of Arts Contemporary Fashion Design yoʻnalishiga roʻyhatdan oʻtayotgan nomzodlardan shaxsiy dizaynerlik ishlaridan namunalar soʻraladi.
- Qabul uchun nomzodlar onlayn imtihon va suhbatdan oʻtishlari hamda 150 yevro toʻlovni ham amalga oshirish kerak.
Dasturga qabul jarayoni:
IFA Paris grant dasturi uchun hujjatlar 2020-yil 15- martgacha qabul qilinadi hamda dastur natijalari 15-aprelga qadar e’lon qilinadi.
Hujjat toprishish quyidagicha amalga oshiriladi:
- Grant uchun ariza bermoqchi boʻlsangiz, avvaliga oʻqishga: Fashion design and Technology bakalavriat kursiga hujjat topshiring.
- Magistraturada oʻqishga talabgorlar esa Master of Arts Contemporary Fashion Design magistratura kurslaridan biriga hujjat topshirishlari lozim.
- Hujjat topshirish haqida kerakli ma’lumotlar bilan tanishib chiqishingiz kerak boʻladi.
- Grantga ariza berish. IFA Paris grant dasturiga roʻyhatdan oʻtish uchun shu yer orqali shaxsiy akkaunt ochishingiz lozim.
- Toʻldirilgan ariza hamda talab qilingan hujjatlar ushbu akkaunt orqali yuboriladi. Arizani shu yerdan yuklab olishingiz mumkin.
Ma’lumot uchun: info@ifaparis.com elektron manziliga murojaat qilishingiz yoki sayt orqali onlayn soʻrovnoma joʻnatishingiz mumkin.