The Business School for the World INSEAD Biznes Oliy maktabi deyarli butun dunyoda oʻz kampuslariga ega. Oliy maktabning Fransiya, Singapur, Abu-Dabi kabi davlatlarda kampus-filiallari bor. Oliy maktab biznes, iqtisodiyot va boshqaruv sohalari boʻyicha MBA mutaxassislari tayyorlaydi. Oliygoh 2021-2022-oʻquv yili uchun talabalarga INSEAD Alumni Association (IAA) Endowed Scholarship Fund grant dasturini taklif etmoqda. Grant magistratura bosqichiga oʻqishga kirgan talabalar uchun moʻljallangan. Grant bir yilga beriladi. Grant oʻqish pulini qisman qoplaydi.
Grant kimlar uchun?
Magistraturada oʻqishni xohlovchilar uchun
Batafsil ma'lumot uchun link
Grantning manfaatli jihatlari:
INSEAD magistratura yoʻnalishlarida kontrakt 2020-oʻquv yili uchun taxminan 85 500 dan 87 000 yevrogacha kontrakt toʻlanadi.
Grant yutib olgan nomzodnin kontraktidan 25 000 yevro chegirma qilinadi.
Dasturlar grant yutib olgan nomzodning boshqa xarajatlarini va kontraktning qolgan qismini qoplamaydi. Shuning uchun ularni nomzodning oʻzi toʻlaydi. Grant dasturi haqida yanada toʻliq ma’lumot: shu yerda.
Talablar:
Nomzod quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:
- Barcha davlatlardan nomzodlar ariza bera oladi.
- Nomzod Oliy maktabning MBA kursiga oʻqishga kirgan boʻlishi kerak.
- Nomzod bakalavr diplomiga ega boʻlishi zarur.
- Nomzod aʼlochi boʻlishi zarur.
- Nomzod GMAT kamida 70-75% yoki shunga teng GRE sertifikatiga, soʻzlashuv qismidan esa 85% koʻrsatkichga ega boʻlishi talab qilinadi. Aniq ma’lumotni tanlangan kurs sahifasidan aniqlang.
- Nomzod ingliz tilini yaxshi bilish kerak. Odatda IELTS kamida 7.5 boʻlishi talab qilinadi.
- Nomzod liderlik qobiliyatiga ega boʻlishi lozim.
- Yuqorida koʻrsatilgan grantlarning sahifasida qoʻshimcha talablar berilgan. Grantga nomzod shu talablarga mos kelishi kerak.
Dasturga qabul jarayoni:
Grant Oliy maktabning barcha MBA kurslarda oʻqish uchun beriladi. Shuning uchun nomzod oʻzi tanlagan kursga onlayn tarzda ariza berishi kerak. Ayni vaqtda 2021-yilning dekabr oyida boshlanadigan kurslar uchun oʻqish va grantga ariza berish muddati ochiq. Oʻqishga kirishga ariza: Apply Online sahifasi orqali amalga oshiriladi.
Grantga onlayn tarzda ariza beriladi. Grant dasturi uchun bir nechta dedlayn muddatlari mavjud. Ayni vaqtda eng yaqin muddat – 2019-yil 6dan 23-dekabrgacha.
Hujjat topshirishdan avval Scholarship Application Guide bilan batafsil tanishib chiqing.
Kerakli hujjatlar tarkibi (umumiy):
- Bakalavr diplomi va diplom ilovasi nusxasi.
- Ish tajribasi haqida ma’lumotnoma. Ish tajribasi kamida 2 yil boʻlishi talab qilinadi.
- Ingliz tili testi (IELTS kamida 7.5 yoki roʻyxatda berilgan ekvivalent) sertifikati.
- GRE yoki GMAT sertifikati. Baholar kamida 75%, soʻzlashuv qismi esa kamida 85% boʻlishi kerak.
- Esse/insho.
- 2 ta yoki 3 ta tavsiyanoma. Tavsiyanomalar soni tanlangan kurs va grantga bogʻliq. Shuning uchun ma’lumotni tanlangan grant va kurs sahifasidan aniqlash kerak boʻladi.
- Roʻyxatdan oʻtish uchun 250 yevro badal toʻlanadi. Toʻlov qogʻozi topshirilmasa hujjatlar koʻrib chiqilmaydi.
- Hujjatlar topshirib boʻlinganda videosuhbatdan oʻtiladi.
Qaysi kursga hujjat topshirayotganligingizga qarab boshqa hujjatlar ham soʻraladi. Shu sababli oʻzingiz tanlagan kurs maʻlumotlarini puxta oʻrganib chiqing. Umumiy talablarni esa: shu yerdan koʻrish mumkin.
Nomzodlar grantga aʼlo baholari, yuqori akademik koʻrsatkichlari, ish tajribasi, ijtimoiy faolligi, intiluvchanligi, moliyaviy madadga muhtojligi asosida saralanadilar.
Natijalar dedlayn muddatidan keyin iloji boricha tez fursatda elektron pochta orqali xabar qilinadi.
Maʻlumot uchun: shu yerga murojaat qiling.