×

Fransiya va Germaniya: toʻliq grant, oylik stipendiya va xalqaro bakalavr diplomini qoʻlga kiritish imkoniyati!


Grant

MUHLAT

30.06.2020

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Fransiya

O'QILGAN

5379 marta

Stephen M. Kellen Scholarship Fransiyaning Nancy shahridagi Sciences Po (A WORLD-CLASS UNIVERSITY IN THE SOCIAL SCIENCES) Universiteti va Germaniyaning Berlin shahridagi Otto-Suhr-Institut of Freie Universität oliygohlari hamkorligida tashkil etilgan bakalavr kurslari ( dual Bachelor program) uchun hujjat topshirgan yuqori potensialli, iqtidorli va umidli yoshlarni moliyaviy qoʻllab quvvatlashga qaratilgan dasturdir. Grant yuqoridagi universitetlarning law, economics, history, political science, va sociology yoʻnalishlari boʻyicha bakalavr kurslariga qabul qilingan favqulodda iqtidorli va umidli talabalar uchun moʻljallangan. Bakalavr kurslarining dastlabki 2 yili Fransiyada va qolgan 2 yili Germaniyada boʻlib oʻtadi. Dastur nihoyasida bitiruvchiga Sciences Po universitetining Bachelor Degree darajasi hamda Freie Universität Berlin universitetining Bachelor in Political Science darajasi beriladi. Batafsil

Grant kimlar uchun?

Bakalavr bosqichi uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

  1. G’olib Yevropaning ikki yetakchi oliygohida uch tilda (ingliz, fransuz, nemis) tahsil olish hamda Fransiya va Germaniya madaniyati bilan yaqindan tanishish imkoniyatiga ega boʻladi.
  2. Fransiyadagi 2 yillik oʻqish uchun kontrakt puli 100 foiz toʻlab beriladi.
  3. Dastlabki 2 yil davomida kundalik harajatlar uchun yillik 6 000 AQSH dollari miqdorida stipendiya ajratiladi.
  4. Germaniyadagi qolgan 2 yillik oʻqish davomida kundalik harajatlar uchun yiliga 7 000 AQSh dollari miqdorida stipendiya ajratiladi.

Talablar:

  1. Grantga barcha davlat vakillari hujjat topshirishlari mumkin.
  2. Nomzod Sciences Po va Germaniyaning Otto-Suhr-Institut of Freie Universität oliygohlari hamkorligida tashkil etilgan bakalavr kurslariga qabul qilingan boʻlishi zarur.
  3. Nomzod oʻzida favqulodda kuchli iqtidor va potensial namoyon etishi zarur.
  4. Nomzod a’lochi boʻlishi kerak.
  5. Nomzod kelgusidagi maqsad va rejalarini oʻz esseyida yoritib berishi kerak.
  6. Nomzod doim yordamga shay va boshqalarga koʻmaklashishdan mamnun boʻlishi kerak.
  7. Nomzod arizasida Sciences Po Dual Degree Programme with Freie Universität Berlin dasturini oʻzining birinchi tanlovi sifatida, Nancy campusidagi European Programme dasturini ikkinchi tanlovi sifatida koʻrsatishi kerak.
  8. Nomzod fransuz tilini kamida B2, nemis tilini B2 va ingliz tilini B1 darajasida bilishi kerak.

Dasturga qabul jarayoni:

Grant dasturiga hujjat topshirish uchun toʻldirilgan ariza shakli scholarship@usscpo.org manziliga 2020-yilning 30-iyunidan kechiktirmasdan e-mail orqali yuborilishi kerak.

Hujjat topshirish muddati tugagach, barcha nomzodlar dastur komissiyasi tomonidan saralash bosqichidan oʻtkaziladi. Saralash bosqichida Anna Maria va Stephen Kellen Foundation jamg’armasidan bir va’kil, Sciences Po American Foundation jamg’armasidan bir va’kil va Sciences Po oliygohidan bitta va’kil ishtirok etishadi.

Grant uchun kerakli hujjatlar:

  1. Ariza
  2. Shaxsiy bayonot (1000 soʻzdan iborat).
  3. Esse “Please comment the European Green Deal. Will it have an impact?” mavzusida (ingliz tilida, 1500 soʻzdan iborat).
  4. Tilni bilish haqidagi sertifikat.

Fransiyaning Sciences Po va Germaniyaning Otto-Suhr-Institut of Freie Universität oliygohlari hamkorligidagi qoʻshma bakalavr kursiga hujjat topshirish jarayoni haqidagi beatafsil maʼlumot shu yerda va shu yerda.

Universitet uchun kerakli hujjatlar (umumiy):

  1. CV/Rezyume.
  2. Yuqori sinif, akademik litsey yoki kollej diplomi
  3. Ohirgi 3 yillik baholar.
  4. 2 ta tavsiyanoma.
  5. Passport nusxasi.

Barcha hujjatlar ingliz, fransuz yoki nemis tilida boʻlishi zarur. Boshqa tildagi hujjatlar ingliz, fransuz yoki nemis tilidagi tarjimasi bilan birga topshirilishi kerak. Nomzodning qoʻshma bakalavr dasturiga qabul qilinishi haqidagi qarorni ikki universitet vakillari tomonidan birgalikda qabul qilinadi.

Grant haqidagi toʻliq ma’lumotni grant beruvchining rasmiy saytidan hamda savol-javoblardan olishingiz mumkin.

Bog’lanish uchun: Frank Stadelmaier

e-mail:  frank.stadelmaier@sciencespo.fr

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!