×

Future Leaders Program 2025: Vengriyada xalqaro siyosatga qiziqqan yoshlar uchun 3 oylik amaliyot


Grant

MUHLAT

08.08.2025

QOLGAN VAQT

8 kun

HUDUD

Vengriya

O'QILGAN

629 marta

The Hungarian Institute of International Affairs (HIIA) tashkiloti tomonidan tashkil etilgan Future Leaders Program dasturi xalqaro siyosatga qiziqqan yoshlar uchun mo‘ljallangan. Dastur ingliz tilida olib boriladi va 2025-yil 15-sentabrdan 15-dekabrgacha 3 oy davomida Vengriyaning poytaxti Budapesht shahrida joylashgan HIIA bosh ofisida o‘tkaziladi.

Ushbu dasturning asosiy maqsadi tashqi siyosatga qiziqqan iqtidorli yoshlarga Vengriya Tashqi Ishlar Instituti (HIIA) faoliyatida bevosita ishtirok etish imkoniyatini yaratish hamda Vengriya tashqi siyosatining turli yo‘nalishlari bo‘yicha bilimlarini chuqurlashtirishdan iborat.

Dastur davomida ishtirokchilar professional murabbiylar rahbarligida ilmiy tadqiqot olib boradilar, tadqiqot guruhlari va loyiha boshqaruvi bo‘limlarining ishida qatnashadilar. Ular o‘zlarining tanlagan yo‘nalishlari asosida HIIA uchun ustuvor bo‘lgan strategik masalalarni tahlil qilishga o‘z hissalarini qo‘shadilar.

Shuningdek, HIIA ishtirokchilarga keng qamrovli ta’lim va kasbiy rivojlanish imkoniyatlarini taqdim etadi. Bunga tashqi siyosat bo‘yicha seminarlar, yetakchilik ko‘nikmalari, ommaviy nutq so‘zlash va media bo‘yicha treninglar kiradi. Bundan tashqari, ishtirokchilar professional jamoat muhokamalarida ishtirok etish va Vengriyaning tashqi siyosiy doiralari bilan tanishish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

Tadqiqot yo‘nalishlari:

  • Regional yo‘nalishlar: G‘arbiy Bolqon, Sharqiy Yevropa, Visegrad hamkorligi, Transatlantik munosabatlar, Yaqin Sharq, Turk davlatlari, Osiyo-Tinch okeani mintaqasi
  • Tematik yo‘nalishlar: xavfsizlik siyosati, energetika siyosati, multipolyarlik, global geosiyosiy masalalar, xalqaro kontekstdagi oilaviy siyosat, madaniy diplomatiya

Grant kimlar uchun?

30 yoshgacha bo‘lgan, xalqaro siyosatga aloqador sohalarda ta’lim olgan yosh mutaxassislar

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Qabul qilingan ishtirokchilar quyidagi imtiyozlarga ega boʻladi:

  • Dasturda ishtirok etish bepul.
  • Dastur davomida belgilangan vazifalar bajarilgach, stipendiya shaklida umumiy mablag‘ to‘lab beriladi. Ushbu vazifalar quyidagilarni o‘z ichiga oladi: ta’lim va kasbiy rivojlanish seminarlarida faol qatnashish, HIIA uchun ilmiy hisobotlar tayyorlash hamda ishtirokchining shaxsiy tadqiqot loyihasini amalga oshirish.
  • Xalqaro ishtirokchilar uchun Budapeshtga borish-kelish xarajatlari qoplab beriladi hamda har oy 200 000 HUF ( taxminan  555 AQSH dollari) turar joy uchun ajratiladi.

Eslatma: Viza olish uchun arizachi o‘zi mas’ul, biroq HIIA yordam ko‘rsatadi. Turar joyni ishtirokchi o‘zi mustaqil topishlari kerak.

Talablar:

Nomzodlar quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  • Dasturga 30 yoshdan kichik hamda kamida bakalavr diplomiga ega nomzodlar ariza topshirishi mumkin.
  • Bakalavr yo’nalishi quyidagi sohalarda bo‘lishi kerak:
    – Xalqaro munosabatlar
    – Siyosatshunoslik
    – Tarix
    – Falsafa
    – Xalqaro iqtisodiyot
    – Aloqador yo‘nalishlar individual tarzda ko‘rib chiqiladi.
  • Dastur ingliz tilida olib borilgani bois ingliz tilini yetarlicha darajada bilishi kerak. 
  • Qabul qilingan ishtirokchilardan haftasiga taxminan 30 soat davomida Vengriyaning poytaxti Budapesht shahrida joylashgan HIIA bosh ofisida (manzil: 1062 Budapest, Bajza utca 44) shaxsiy ishtiroki talab qilinadi. 

Dasturga qabul jarayoni:

Dasturda qatnashish uchun nomzodlar 2025-yil 8-avgustgacha BU YERDA onlayn ariza topshirishlari kerak. 

Ariza topshirgach, saralangan nomzodlar suhbat bosqichiga taklif qilinadi.

  • Suhbatlar: 2025-yil 11–15-avgust oralig‘ida
  • Natijalar e’lon qilinadi: 2025-yil 1-sentabr

Dasturga ariza topshirishdan oldin rasmiy e’lon bilan to‘liq tanishib chiqish tavsiya etiladi.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!