Future Scholars Camp – 2025 (NFSC25) — bu “Dolzarb 90 kunlik” loyiha doirasidagi bir kunlik bepul ta’limiy tadbir bo‘lib, unda ishtirokchilar tanqidiy fikrlash, laboratoriya tajribalari, jamoaviy mashg‘ulotlar va mini-viktorinalar orqali fanlarga bo‘lgan qiziqishni kuchaytiradi.
Loyiha 1 kun davom etadi va maktabning 7–11-sinf o‘quvchilari va kollej/litsey oʻquvchilari uchun mo‘ljallangan bo‘lib, ingliz tili, kimyo va fizika fanlari boʻyicha chuqurlashtirilgan, amaliy mashg‘ulotlar asosidagi ta’limiy tajribani taqdim etadi.
“Future Scholars Camp” o‘quvchilarga nafaqat bilim, balki o‘z ustida ishlash, mustaqil fikrlash, tanqidiy yondashuv va jamoada ishlash ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan. Darslar interaktiv shaklda olib boriladi, laboratoriya tajribalari, savol-javoblar, jamoaviy topshiriqlar orqali fanlarga bo‘lgan qiziqish yanada kuchaytiriladi.
Ushbu dastur mashgʻulotlari Namangan viloyati, Uychi tumani, Uychi tuman ixtisoslashtirilgan maktabida 2025-yil iyul oyida oʻtkaziladi (aniq kuni aytiladi). Mashgʻulotlar oʻzbek tilida olib boriladi (faqat ingliz tili yoʻnalishi ingliz tilida olib boriladi).
Loyihaning asosiy maqsadi — yoshlar orasida STEM yo‘nalishlariga bo‘lgan qiziqishni oshirish, hududlardagi iqtidorli o‘quvchilarni aniqlash va ularga zamonaviy, natijaga yo‘naltirilgan o‘quv imkoniyatlarini taqdim etishdan iborat.
54 nafar faol ishtirokchi saralash asosida qabul qilindi.
Loyiha quyidagi tashkilotlar bilan hamkorlikda amalga oshirildi:
- Namangan viloyati yoshlar ishlari boshqarmasi
- O‘zbekiston bolalar tashkiloti Namangan viloyat bo‘limi
- Namangan viloyati maktabgacha va maktab ta’lim boshqarmasi
- “Oltin Qanot” volontyorlik harakati
- Uychi tuman ixtisoslashtirilgan maktabi
Grant kimlar uchun?
Oʻzbekiston Respublikasida tahsil oluvchi 7-11-sinf maktab oʻquvchilari va kollej/litsey oʻquvchilari uchun
Batafsil ma'lumot uchun link
Grantning manfaatli jihatlari:
Dastur doirasida quyidagi imtiyoz va imkoniyatlar taqdim etiladi:
- Ariza topshirish va ishtirok etish bepul
- Bepul tushlik taʼminlanadi
- Barcha ishtirokchilarga ishtirok sertifikati taqdim etiladi
- Har bir fan yo‘nalishidan eng faol ishtirokchilar maxsus sertifikat va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanadi
- Bilim va tajribani oshirish, yangi doʻstlar orttirish imkoniyati
Eslatma: Boshqa viloyatlardan boʻlgan ishtirokchilar Namanganga borish va qaytish xarajatlari, shuningdek, agar Namanganda 1 kun yoki undan koʻp qoladigan boʻlsa, turarjoy xarajatlarini oʻzlari qoplashi kerak. Turarjoy topishda koʻmak beriladi. Maʼlumot uchun: dastur mashgʻulotlari 8:00 dan 16:00 gacha davom etadi.
Talablar:
Bu dasturga Oʻzbekiston Respublikasidagi maktablarning 7-11-sinflarida, shuningdek, kollej/litseylarda tahsil olayotgan oʻquvchilar qatnashishi mumkin.
Nomzodlar ariza topshirishda 3 ta yoʻnalish – fizika, kimyo va ingliz tilidan birini tanlashi kerak. Qabul qilinganlar tanlagan yoʻnalishi boʻyicha mashgʻulotlarda qatnashadi.
Dasturga qabul jarayoni:
Arizalar 2025-yil 30-iyun, 23:59 gacha qabul qilinadi. Nomzodlar BU YERDA onlayn tarzda ariza topshirishi mumkin.
Savollar yuzasidan telegram orqali @piimauzbot botiga murojaat qilishingiz mumkin (48 soat ichida javob beriladi).