×

Deutschland Scholarship: Germaniyada bakalavriat yoki magistraturada oʻqish uchun oyiga 300 yevro stipendiya; joy – 150 ta!


Grant

MUHLAT

15.07.2024

QOLGAN VAQT

118 kun

HUDUD

Germaniya

O'QILGAN

200073 marta

Germaniyaning Mannheim universiteti (University of Mannheim) 2023-yilning kuzidan boshlab bakalavriat va magistratura bosqichida o’qishni xohlovchilar uchun Deutschland Scholarship grant dasturini taklif etmoqda. Ushbu dastur maqsadi – iqtidorli talabalarni iqtisodiy jihatdan qo’llab-quvvatlash.

Bu yili jami 140 nafar talabani ushbu grant bilan taqdirlash rejalashtirilgan.

Universitetning istalgan bakalavriat yoki magistratura kursiga ariza topshiruvchilar yoki allaqachon ushbu universitetda oʻqiyotganlar mazkur grantga hujjat topshirishi mumkin. Bu universitetning xalqaro nufuzi nihoyatda yuqoridir. Jumladan, universitet THE reytingi boʻyicha, 2024-yil mart holatida koʻra, dunyoning eng yaxshi universitetlari roʻyxatida 187-oʻrinni egallab turibdi.

MUHIM: mazkur grantga ariza topshirish uchun avval bakalavriat yoki magistrlik kursiga hujjat topshirishingiz va qabul qilinishingiz kerak. Qabul muddatlari quyidagicha:

  • Magistratura kurslariga hujjatlar 2024-yil 27-martdan 31-maygacha qabul qilinadi (baʼzi yoʻnalishlarda biroz farq qilishi mumkin).
  • Bakalavriat kurslariga hujjatlar 2024-yil 1-iyundan 15-iyulgacha qabul qilinadi.

Grant kimlar uchun?

Bakalavriat yoki magistraturada o'qishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Ushbu grantni qoʻlga kiritganlar quyidagi imtiyozlar bilan taʼminalandi:

  • Butun oʻqish davomida oyiga 300 yevro stipendiya beriladi. Biroq dastlab bu stipendiya 1 oʻquv yili uchun taqdim qilinadi va keyingi oʻqub yillarida ham stipendiyani saqlab qolishi uchun talabaning oʻzlashtirish koʻrsatkichlari talab darajasida boʻlishi kerak.
  • Moliyalashtiruvchi tashkilotlar va grant sovrindorlari orasida aloqa oʻrnatiladi. Bu talabalarga turli amaliyot dasturlari, tadbirlarga takliflar va iqtidorlarni rivojlantirish dasturlari kabi imkoniyatlarni taqdim qiladi.
  • Kuzgi semestr boshida universitet tomonidan taqdirlash marosimi tashkillashtiriladi.

Maʼlumot uchun: Yevropa Ittifoqidagi davlatlardan birining fuqarosi boʻlagan talabalar, jumladan. oʻzbek talabalar har semestr uchun 1500 yevro kontrakt toʻlaydi. Mazkur grant talabani kontrakt summasini toʻlashdan ozod qilmaydi, faqat oyiga 300 yevro stipendiya bilan ta’minlaydi.

Talablar:

Nomzod quyidagi talablarga javob berishi kerak:

  • Nomzodlar universitet taklif qiladigan bakalavriat yoki magistrlik dasturining qabul talablariga, jumladan, nemis yoki ingliz tilini bilish darajasi talablariga javob berishi, ulardan biriga ariza topshirishi va qabul qilinishi kerak. Hozirda shu universitetda tahsil olayotgan bakalavr va magistrlar ham bu dasturga ariza topshira oladi.
  • Nomzod universitetda mavjud istalgan bakalavriat yoki magistrlik kursiga topshira oladi.
  • Bu grantni ajratishda quyidagilar inobatga olinadi:
    – Oʻqish davridaga oʻzlashtirish darajasi (bu eng asosiy mezon).
    – Darsdan tashqari mashgʻulotlarda (volontyorlik, amaliyot va hk.larda) faollik, sport va boshqa sohalarda erishilgan yutuqlar.

Dasturga qabul jarayoni:

Arizalar onlayn shaklda qabul qilinadi. Bakalavriat va magistraturaga arizalar qabul qilish muddatlari farq qiladi. Ular quyidagicha:

  • Magistratura kurslariga hujjatlar 2024-yil 27-martdan 31-maygacha qabul qilinadi (baʼzi yoʻnalishlarda biroz farq qilishi mumkin).
  • Bakalavriat kurslariga hujjatlar 2024-yil 1-iyundan 15-iyulgacha qabul qilinadi.

Topshirilishi kerak boʻlgan hujjatlar quyidagilar:

  • Motivatsiya xati.
  • CV.
  • O’tilgan fanlar va ulardan olingan baholar ro’yxati.
  • Germaniyada bakalavriatda oʻqish uchun topshiriladigan bitiruv hujjati (bakalavriat uchun) yoki bakalavr bosqichini bitirganligi (magistratura uchun) haqidagi diplom.
  • Oʻqish davomida olingan baholar.
  • Turli amaliyot dasturlarida, ijtimoiy dasturlarda, kurslarda o’qiganligi haqidagi sertifikat/diplomlar (Bu hujjatlar nomzodda bo’lsa topshiriladi, nomzod bunday hujjatlarga ega bo’lmasa, topshirishi shart emas; hujjatlar olinganiga 2 yildan oshmagan boʻlishi kerak).
  • Milliy yoki xalqaro darajadagi yirik tanlovlarda taqdirlanganlik haqidagi hujjatlar (agar bo’lsa; hujjatlar olinganida 2 yildan oshmagan boʻlishi kerak).
  • Volontyorlik ishlarida ishtirok etganlik haqidagi hujjatlar (agar boʻlsa; hujjatlar olinganida 2 yildan oshmagan boʻlishi kerak).
  • Ish tajribasini tasdiqlovchi hujjatlar (agar boʻlsa).
  • Maxsus holatlarni koʻrsatuvchi hujjat (agar bo’lsa).

Barcha hujjatlar ingliz yoki nemis tilida bo’lishi lozim. Hujjatlar tarkibi va ularga qo’yilgan talablar bilan SHU YERDA batafsil tanishing.

Hujjat topshirish jarayoni 2 bosqichda amalga oshiriladi:

  1. Dastlab nomzod universitetning bakalavriat yoki magistratura dasturlaridan biriga hujjat topshirishi kerak. Bu jarayonni amalga oshirish uchun SHU YERGA tashrif buyuring.
  2. Universitetning bakavrlik yoki magistrlik dasturlaridan biriga ariza topshirgandan keyin BU YERDAGI platformada grant uchun hujjatlar topshiriladi (bu platforma magistratura/bakalavriatga qabul boshlanganidan keyin ochiladi).

MUHIM: Ariza topshirishga kirishishdan oldin ushbu dastur haqidagi rasmiy eʼlon bilan batafsil tanishib chiqing.

Savollar yuzasidan BU YERDAGI kontaktlarga murojaat qilishingiz mumkin.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!