×

Gana: Dasturchilar uchun 52 haftalik stajirovka; oylik 500 AQSh dollar stipendiya; bepul turar joy va oziq-ovqat beriladi!


Grant

MUHLAT

28.02.2020

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Gana

O'QILGAN

2165 marta

Xalqaro AIESEC tashkiloti va Gananing Accra shahridagi Compubank Products Limited ACCRA 18 dan 30 yoshgacha dasturlash va kompyuter fanlari sohasi mutaxassislarini Electronic Engineer stajirovka dasturida qatnashishga taklif etadi. Dastur 52 hafta davomida Gananing Compubank Products Limited korxonasida dasturlash va kompyuter bo`yicha imkonini beradi. Dasturda qatnashuvchi nomzod quyidagi vazifalarni bajaradi:

  • programing
  • computing
  • electrical engineering
  • digital computing
  • programming.

Grant kimlar uchun?

18 dan 30 yoshgacha Electronics Engineering, Computer Sciences, Software Development and Programming mutaxassislari uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Dasturda ishtirok etish inkoniyatiga ega boʻlgan nomzodlarga 52 hafta davomida bepul turar joy va oziq-ovqat, kompyuter jihozlari va oylik 500 USD stipendiya beriladi.

Dastur nomzodning transport kabi xarajatlarini qoplamaydi. Shuning uchun ularni nomzodning oʻzi toʻlaydi.

Talablar:

Nomzod quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  • Nomzod istalgan davlat fuqarosi boʻlishi mumkin.
  • Nomzod Electronics Engineering, Software Development And Programming, Electrical Engineering mutaxassisi boʻlishi zarur.
  • Nomzod 18 dan 30 yoshgacha boʻlishi kerak.
  • Nomzod kamida bakalavr/masistr diplomiga ega boʻlishi zarur
  • Nomzod ingliz tilini yaxshi bilish kerak.
  • Nomzod Electronics Engineering, Software Development And Programming, Electrical Engineering koʻnikmalariga ega boʻlishi
  • Nomzod viza talablariga javob berishi lozim.

Barcha talablar: shu yerda.

Dasturga qabul jarayoni:

  1. Dasturga hujjatlarni qabul qilish 2020-yil 28-fevralgacha.
  2. Hujjat topshirish uchun avval AIESEC saytidan account ochish kerak. Yodda tuting: accountni toʻliq toʻldirmasdan turib stajirovkaga ariza berib boʻlmaydi! Account chala toʻldirilgan holda stajirovkaga ariza berilganda tizim “Unfortunately, you do not meet the required criteria for this opportunity” (“Afsus, siz bu lavozim talablariga javob bera olmaysiz”) deb javob beradi. Shuning uchun accountni maksimal darajada toʻliq va toʻgʻri toʻldiring.
  3. Account ochish, toʻldirish va ariza berish haqida batafsil: shu yerda tanishish mumkin.
  4. Hujjat topshirishdan avval: barcha talablar bilan batafsil tanishib chiqing.
  5. Agar ma’lumotlaringiz talablarga javob bersa, ariza toʻldirish uchun “Apply now” yozuvini bosib, jarayonni boshlaysiz.

Ariza toʻldirayotganingizda quyidagi ma’lumotlar soʻraladi:

Bu grantning ariza sahifasida 5-6 bosqichli interfeys ochiladi:

  • Shaxsiy ma’lumotlar. Skills (koʻnikmalar).
  • Oʻqigan ta’lim muassasasi haqida ma’lumot.
  • Tillarni qay darajada bilishi haqida ma’lumot.
  • Experience. Ya’ni, qayerda, qancha vaqt ishlaganingiz haqida ma’lumot.
  • Arizaning “Siz nima uchun bu lavozimga munosibman, deb oʻylaysiz?” mazmunida savol beriladi. Savolga javob bering va “Apply”ni bosing. Savoldan tashqari fanga ois test berilishi ham mumkin.

Eslatma:

  • Ma’lumotlar toʻliq mos kelganda shunchaki koʻrsatilgan (skills, education, academic expirients va hokazo) ma’lumotlarni tasdiqlash va “Next”ni bosib keyingi bosqichga oʻtish lozim.
  • Hujjatlarni elektron pochta orqali joʻnatmang!
  • Dastur yuzasidan savollar tugʻilganda tashkilotchining rasmiy yordam sahifasidan yoki AIESECning LEGONdagi vakilidan lc.legon@aiesec.netmanzili orqali ma’lumot olishingiz mumkin.

Nomzodlarni saralash ularning sohaga oid bilim, malaka va koʻnikmalari, kasbiy tajribasi, til bilish darajasi kabilarga koʻra amalga oshiriladi.

Natijalar dedlayndan keyin imkon qadar tez vaqt ichida xabar qilinadi.

Murojaat uchun: onlayn chat; lc.legon@aiesec.net

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!