×

Garvard univeristeti Redklif institutida ilmiy tadqiqot o’tkazish uchun grant


Grant

MUHLAT

23.09.2015

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

AQSh

O'QILGAN

2809 marta

Umumiy ma’lumot:

Redklif institutining stipendiya dasturi olimlar jamoasidan iborat bo’lib, u yerda ishtirokchilar akademiyaning turli yo’nalishlari, sohalari va ijodiy san’at yo’nalishlari bo’yicha  yuqori darajali ta’lim olish va tadqiqot bilan shug’ullanadi. Dastur kelajagi porloq hamda yuqori natijalarga erishgan olimlarni, ilm-fan arboblarini, ijodkorlar va yozuvchilarni qabul qiladi.

Dastur ingliz tilida bo’ladi va 2016-yil sentabrdan 2017-yil may oyiga qadar davom etadi.

Ariza topshirish davrida daraja olish uchun ta’lim olayotganlar dasturda ishtirok eta olmaydi.

Kim uchun:

Gumanitar va ijtimoiy sohalar uchun: doktorantura darajasiga (2014-yilgacha) ega bo’lgan va kamida 2 ta maqolasi jurnal yoki to’plamlarda chop etilgan nomzodlar.

Ijodiy san’at sohasi uchun: doktorantura yoki magistratura darajasi talab etilmaydi.

Ijodiy yozuvchilar uchun: bir va undan ortiq kitoblari chop etilgan yoki 3 ta qisqaroq ijodiy ishi chop etilgan yozuvhchilar.

Jurnalistlar: kamida 5 yil professional jurnalistik tajribaga ega bo’lganlar.

Boshqa sohalar uchun: doktorantura yoki boshqa ilmiy daraja talab etilmaydi. Ammo o’z sohasida erishgan yutuqlari va tajribasini ko’rsata olishi lozim.

Talablarning to’liq ro’yxati SHU YERDA

Tadqiqot yo’nalishlari ro’yxati SHU YERDA.

Grant miqdori:

Dastur ishtirokchilariga bir yil uchun 75 ming dollar stipendiya to’lanadi. Bundan tashqari, ishtirokchilarning loyihalariga qarab, ular yana qo’shimcha mablag’ talab etsa, u ham dastur tomonidan qamrab olinadi. Dastur ishtirokchilariga ba’zi hollarda ko’chib kelish uchun xarajatlar ham to’lanadi. Bundan tashqari, ularga ofis yoki ijod uchun studiya ajratiladi va Garvard universitetining kutubxonasi va boshqa resurslaridan foydalanish imkoni yaratiladi.

Kino, video va vizual san’at sohalrai bo’yicha vakillar dasturga bir semestr yoki ikki semestr uchun ariza topshirishlari mumkin. Agar nomzod bir semestr ishtirok etishni istasa, stipendiya miqdori 37500 dollar bo’ladi.

Dastur ishtirokchilari o’qish davomida Boston shahrida yashashlari va universitetdagi ofis/studiyasida faoliyat yuritishlari lozim.

Ariza to’ldirish tartibi:

Onlayn arizani to’ldirish uchun SHU YERDA ro’yxatdan o’tish lozim.  Gumanitar va ijtimoy fanlar hamda ijodiy san’at sohasi vakillari uchun ariza to’ldirishning so’nggi muhlati 2015-yil 23-sentabr.

Tabiiy fanlar hamda matematika sohasi vakillari uchun ariza topshirishning so’nggi muhlati 2015-yil 15-oktabr.

To’liq ma’lumot uchun manba:  SHU YERDA 

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!